Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim- tarbiyaga rahbarlik qilish


Download 191.99 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi191.99 Kb.

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim- tarbiyaga rahbarlik qilish

Reja:

  • Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o‘rni
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish Davlat talablari
  • Bolalarni maktabga tayyorlash masalalari
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim / berishning o‘ziga xosligi
  • Metodik ishlarga rahbarlik qilish

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o‘rni

  • Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Natijada bola o‘zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.
  • Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi.

Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L.S. Vigotskiy) bilan bog‘liq bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va h.k.)

  • Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L.S. Vigotskiy) bilan bog‘liq bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va h.k.)

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish Davlat talablari

  • Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari aniq, bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlami belgilaydi. Ushbu hujjat, birinchi navbatda, oilaga bolaning tolaqonli rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalaming teng huquqliligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo‘naltirilgan.

Bolalarni maktabga tayyorlash masalalari

  • Maktabdagi majburiy ta’lim bolaga ma’lum talablarni qo‘yadi. Ma’lumki, bola ta’lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini bajara oladigan rivojlanish darajasiga yetishi kerak, faqat shundagina bolani maktabga berish mumkin.
  • Bog‘cha bolasi kun bo‘yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo‘lgan turli xil faoliyatlar bilan shug‘ullanadi. Bola asosan, o‘z xohishi bo‘yicha oVnaydi yoki ish bilan shug‘ullanadi. Maktabda esa kunning birinchi qismini tartibli (sistemali) o‘qitish egallaydi, bundan tashqari kunning ikkinchi qismida ham ma’lum vaqtni darslami tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola o‘z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg‘ulotlar chegaralangan.
  • Bolaning yaxshi o‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasawur, xotira va tafakkur fimksiyalari hamda aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish odatlari ta’sir qiladi. Bola tahlil qilishni, ya’ni narsalarni (predmetlami) idrok etganda muhim va muhim bo‘lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash kabilami o‘rganishi kerak. Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil bo‘lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi

  • Ta’lim maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bilish qobiliyatlarini muntazam-rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalami shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki, ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlami aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
  • Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. U jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada bolalarga madaniygigiyenik ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy-axloqiy qoidalarni o‘zlashtirib oladilar.
  • Bolaning rivojlanishiga qarab, ulaming ijodiy o‘yinlari tobora rejali xususiyat kasb etadi: bolalar o‘yinning mazmuni haqida, o‘yinchoqlardan foydalanish va h.k.lar to‘g‘risida kelishib oladilar. Shu yo‘l bilan o‘yin davomida bolaning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan tafakkurning rejalashtiruvchi vazifasi tarkib topadi.

Metodik ishlarga rahbarlik qilish

  • Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy masalalami kollegial ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir. Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
  • Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilami qiziqtiruvchi mavzulaming kengligini, dolzarbligini ta’minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo‘ladi.

E`tibor uchun rahmat

E`tibor uchun rahmat


Download 191.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling