«Maktabgacha ta'limni rivojlantirishning konseptual asoslari» modulidan testlar


Download 163.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2020
Hajmi163.51 Kb.
#149829
Bog'liq
1.1. МТМ----30 та
ЭЪЛОН, 2 5285085174738979830, Umumiy sport pedagogik asoslari 204-guruh Tolibjonova Marjona, sultonova zilola devonul lug'atit turk bmi, Документ Microsoft Word, 1attestatjavobi02042021, pdf, 08-12 10-22, 08-12 10-22, 08-12 10-22, 09-12 07-19, 1. Shaxs psixologik fenomen sifatida Shaxs psixologiyasining fan, xotira bilan bogʻliq hodisalar Abdusattorova, svetovoy-dizayn-v-gorodskoy-srede1

«Maktabgacha ta'limni rivojlantirishning konseptual asoslari» modulidan 

testlar 

 

1.  Maktabgacha  ta'lim  muassasalariga  qamrab  olinmagan  bolalarni 

maktabga tayyorlashda qisqa muddatli tayyorlov guruhlarining roli muhim 

sanaladi.  Shu  sababli  kelgusida  bolalarni  maktabga  tayyorlashda  nechta 

qisqa muddatli guruhni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda? 

*a) 6100 ta 

b) 2200 ta 

c) 4200 ta 

d) 3100 ta 

 

2.  Respublikada  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  maktabgacha  ta'lim 

muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichi necha foizni tashkil etadi? 

*a) 27% 


b) 29% 

c) 31% 


d) 35% 

 

3.  2016  yilga  ko‘ra  689  ming  nafari  bola  maktabgacha  ta'lim 

muassasalariga qamrab olingan. Shundan necha foizi qishloqda, necha fozi 

shaharda? 

*a) 40 foizi qishloq, 60 foizi shahar 

b) 30 foizi qishloq, 70 foizi shahar 

c) 50 foizi qishloq, 50 foizi shahar 

d) 60 foizi qishloq, 40 foizi shahar 

 

4. Maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olishda nima uchun shahar 

va qishloq muassasalari o‘rtasida tafovut mavjud? 

*a)  olis  tuman  va  qishloqlarida  ijtimoiy  infrastrukturaning  talab  darajasida 

emasligi,  qishloq  hududlaridagi  maktabgacha  ta'lim  muassasalari  binolarning 

eskirganligi,  malakali  kadrlar  yetishmasligi,  sifatli  oziq-ovqat  ta'minotining 

pastligi kabilar 

b) qishloq hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari binolarining aholi uy-

joyidan  uzoqligi,  malakali  kadrlarning  yetishmasligi  oqibatida  maktabgacha 

ta'lim muassasalariga nisbatan ota-onalar ishonchining yo‘qolishi 

c)  malakali  kadrlar  yetishmasligi,  ota-onalarni  farzandlari  bilan  doim  band 

bo‘lishi, ishsizlar qatlamini ko‘pligi 

d)  Oziq-ovqat  ta'minotini  yetishmasligi,  MTM  xodimlarini  doim  jamoat 

ishlariga jalb etishi. 



 

5.  Maktabgacha  ta'lim  muassasalaridagi  mavjud  muammoli  holatlarni 

bartaraf etish va MTMlarga bolalar qamrovini oshirish maqsadida 2016 yil 

29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini qanday nomdagi qarori 

qabul qilindi? 

*a)  “2017-2021  yillarda  maktabgacha  ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli 

b)  “Maktabgacha  ta'lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli 

c)  “Maktabgacha  ta'lim  tizimi  boshqaruvini  tubdan  takomillashtirish  chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli 

d)  “O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  ta'lim  vazirligi  -  faoliyatini  tashkil 

etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli 

 

6.  “Maktabgacha  ta'lim  tizimini tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori qaysi sanada qabul qilingan? 

*a) 2017 yil 9 sentyabrda 

b) 2016 yil 29 dekabrda 

c) 2017 yil 30 sentyabrdagi 

d) 2017 yil 29 sentyabrdagi 

 

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasi 

Maktabgacha  ta'lim  vazirligi  -  faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  PQ-

3305-sonli Qarori qaysi sanada qabul qilingan? 

*a) 2017 yil 30 sentyabrda 

b) 2017 yil 29 sentyabrda 

c) 2017 yil 9 sentyabrda 

d) 2016 yil 29 dekabrda 

 

8.  Mamlakatimizda  kelgusi  besh  yillikda  nechta  maktabgacha  ta'lim 

muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan? 

*a) 2200 ta 

b) 1200 ta 

c) 2000 ta 

d) 3000 ta 

 

9. 

“2017-2021 

yillarda 

maktabgacha 

ta'lim 

tizimini 

yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarorga  ko‘ra  qishloq 

joylardagi  maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  ota-onalar  badal  to‘lovini 

necha foizgacha kamaytirish nazarda tutilmoqda? 

*a) 30 foizgacha 

b) 50 foizgacha 

c) 40 foizgacha 

d) 60 foizgacha 

 


10.  Xalq  ta'limi  vazirligining  2016  yil  yakuniy  ma'lumotlariga  ko‘ra, 

respublikada nechta maktabgacha ta'lim muassasalari mavjud edi? 

*a) 4916 ta 

b) 6000 ta 

c) 194 ta 

d) 5715 ta 

 

11.  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi qaysi yillarga mo‘ljallangan? 

*a) 2017-2021 yillarda 

b) 2016-2020 yillarda 

c) 2018-2022 yillarda 

d) 2017-2027 yillarda 

 

12.  Harakatlar  strategiyasini  qaysi  ustuvor  yo‘nalishida  demokratik 

islohotlarni  chuqurlashtirish  va  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda 

parlamentning  hamda  siyosiy  partiyalarning  rolini  yanada  kuchaytirish 

masalasi berilgan? 

*a) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

b) Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 

c) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 

d) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

 

13.  Harakatlar  strategiyasini  qaysi  ustuvor  yo‘nalishida  sud  jarayonida 

tortishuv  tamoyilini  to‘laqonli  joriy  etish,  yuridik  yordam  va  huquqiy 

xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash masalasi berilgan? 

*a) Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 

b) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 

c) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

d) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

 

14. 

Harakatlar  strategiyasini  qaysi  ustuvor  yo‘nalishida  milliy 

iqtisodiyotning 

raqobatbardoshligini 

oshirish, 

qishloq 

xo‘jaligini 

modernizatsiya qilish masalasi berilgan? 

*a) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 

b) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

c) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

d) Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 

 

15.  Harakatlar  strategiyasini  qaysi  ustuvor  yo‘nalishida  aholi  bandligi  va 

real  daromadlarini  izchil  oshirib  borish,  ijtimoiy  himoyasi  va  sog‘lig‘ini 

saqlash tizimini takomillashtirish masalasi berilgan? 

*a) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 



b) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

c) Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 

d) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 

 

16. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishga tegishli band 

qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?  

*a) Ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish 

b)  O‘zbekistonning  yon-atrofida  xavfsizlik,  barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik 

muhitini shakllantirish 

c) Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi 

kurashish 

d) Davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish 

 

17.  Xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglikni  ta'minlash, 

chuqur  o‘ylangan,  o‘zaro  manfaatli  va  amaliy  ruhdagi  tashqi  siyosat 

yuritishga oid vazifalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 

*a)  Davlatimiz  mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  O‘zbekistonning 

yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish 

b)  Sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  hamda  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash 

c)  Makroiqtisodiy  barqarorlikni  mustahkamlash  va  yuqori  iqtisodiy  o‘sish 

sur'atlarini saqlab qolish 

d) Arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va 

ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish 

 

18.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoev  qaysi 

ma'ruzasida  “Ayni  paytda  farzandlarimiz  tarbiyasida  eng  asosiy  bo‘g‘in 

hisoblangan  maktabgacha  ta'lim  tizimining  zamon  talablariga  mos 

kelmasligi ham sir emas….” degan fikrni aytib o‘tdi? 

*a)  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  25  yilligiga 

bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida  

b)  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga 

bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida  

c)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati  va  Qonunchilik  palatasi 

deputatlariga qilgan murojaatida  

d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi yil yakunlariga bag‘ishlab 

o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zlagan ma'ruzasida  

 

19. Quyidagi vazirliklardan qaysi biri 2017 yilda tashkil etildi? 

*a) Maktabgacha ta'lim vazirligi 

b) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 

c) Xalq ta'limi vazirligi 

d) Moliya vazirligi 


 

20.  Respublikamizda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  ro‘yobga 

chiqarilishini kim ta'minlaydi? 

*a) Vazirlar Mahkamasi 

b) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 

c) Vazirliklar va amahalliy hokimyat organlari 

d) Barcha ta'lim muassasalari va jamoa tashkilotlari 

 

21.  Harakatlar  strategiyasini  nechta  bosqichda  amalga  oshirish  ko‘zda 

tutilgan? 

*a) Besh bosqichda 

b) Uch bosqichda 

c) Ikki bosqichda 

d) Olti bosqichda 

 

22.  Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirishda  2017-2021  yillarda  nechta 

investitsiya  loyhasini  nazarda  tutuvchi  tarmoq  dasturlari  ro‘yobga 

chiqarish ko‘zda tutilgan. 

*a) 649 ta 

b) 567 ta 

c) 637 ta 

d) 754 ta 

 

23.  “Katta  yoshli  avlodni  qullab-quvvatlash,  ijtimoiy  nafaqalar  berish 

tartibini  takomillashtirish,  sog‘liqni  saqlash  sohasini  isloh  qilish” 

masalalari Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga tegishli? 

*a) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

b) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

c) Qonun ustivorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 

d) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 

 

24.  “O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoni 

qachon qabul qilingan? 

*a) 2017 yil 7 fevral 

b) 2016 yil 7 dekabr 

c) 2017 yil 12 yanvar 

d) 2017 yil 30 mart 

 

25.  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  takomillashtirish”  bandi  Harakatlar 

strategiyasini qaysi ustuvor yo‘nalishida keltirilgan? 

*a) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

b) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 


c) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

d) Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 



 

26.  Harakatlar  strategiyasini  to‘rtinchi  ustuvor  yo‘nalishi  qanday 

nomlanadi? 

*a) Ijtimoiy sohani rivojlantirish 

b) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 

c) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 

d) Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 

 

27.  Jamoatchilik  boshqaruvi  tizimini  takomillashtirishga  oid  masalalar 

Harakatlar strategiyasini qaysi ustuvor yo‘nalishida belgilangan? 

*a) birinchi 

b) ikkinchi 

c) uchinchi 

d) to‘rtinchi 

 

28.  Ijtimoiy  sohani  rivojlantirish  ustuvor  yo‘nalishlarining  qamrab  olgan 

masalalari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 

*a) xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 

b)  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  tizimi 

samarasini oshirish 

c)  «Elektron  hukumat»  tizimini  takomillashtirish,  davlat  xizmatlari  sifati  va 

samarasini oshirish 

d)  hududlar,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  holda  ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiy ettirish 



 

29.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosati 

to‘g‘risida”gi  Qonunining  nechanchi  moddasida  yoshlarga  oid  davlat 

siyosatning asosiy yo‘nalishlari sanab o‘tilgan? 

*a) 5 


b) 6 

c) 7 


d) 8 

 

30.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  2016-yilda 

nashr etilgan kitobini aniqlang 

*a) Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz 

b)  Tanqidiy  tahlil,  qat'iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar 

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak 

c) Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz 

d) Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq 



farovonligining garovi 

Download 163.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling