“Maktabim” I. Muslim she’ri F. Nazarov musiqasi Ilyos Muslim


Download 271.24 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2022
Hajmi271.24 Kb.
#623146
  1   2   3
Bog'liq
maktabim
Kurs ishi Fonetika, Мирзаев Ш Истеъмолчи танлови(1), Мирзаев Ш Истеъмолчи танлови(1), Fizik kim shippi, 1-мавзу, 1. Amaliy mashg, 5. Qishloq xo‘jaligi masalalarida regressiya tenglamasini tuzish., Холида Опа Богча, 2-sinf Tarbiya, Аттестация ҳужжатлари, Аттестация ҳужжатлари, Хакимжонова Адиба режа, Хакимжонова Адиба режа, jegalkin kophadi, ruza. MULOHAZA

“Maktabim”
I.Muslim she’ri
F.Nazarov musiqasi
Ilyos Muslim
Bolalar uchun asarlar yaratishni oʻzi uchun bir baxt deb bilgan, sermashaqqat va qutlugʻ bu ishga umrini bagʻishlagan Ilyos Muslim 1909 yilning 2avgustida Qirgʻizistonning Bishkek shahrida choʻyan quyuvchi – hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda shahardagi Narimonov nomli 1-boshlangʻich oʻzbek maktabiga kiradi. Maktabda oʻzbekcha, qirgʻizcha va ruscha kitoblarni sevib oʻqiydi. Atrofda boʻlayotgan oʻzgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va sheʼrlarini maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.
1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1930 yilda uni muvaffaqiyatli tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabogʻ tumanidagi Shaman, Qirgʻiz va Sherozi qishloqlarida oʻqituvchilik qiladi.
Hayoti
Ijodi
1931–1932-yillarda Ilyos Muslim Oʻzbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Oʻsuv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi toʻplami, 1934 yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938 yilda esa “Sheʼrlar” toʻplami maydonga keladi.
Ilyos Muslim 30 yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning oʻsishi, dehqon taqdiri va ona-Vatanga mehr kabi oʻsha davr masalalari toʻgʻrisida fikr yuritadi. 
Ilyos Muslim oʻzining “Miqti keldi” (1933) poyemasi bilan 30 yillar oʻzbek bolalar dostonchiligini boshlab berdi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida ochib beriladi.
Ilyos Muslim 1942–1947 yillarda harbiy xizmatda boʻladi. Ikkinchi jahon urushida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash olib boradi. Birinchi Belorussiya frontida harbiy muxbir boʻlib ishlaydi. “Yovni tutday toʻkamiz”, “Adolat jangi”, “Marshrut – Berlin!”, “Toʻpchilarga”, “Yashna, Vatan!” va boshqa oʻnlab sheʼrlari shu davr ijodining mahsulidir.
1947 yilda harbiy xizmatdan boʻshagan Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning “Turnalar”, “Bizning maktab”, “Sening sovgʻang”, “Tilla qoʻngʻiz”, “Ishchan asalarilar”, “Oylar aytishuvi”, “Oyxon va rayhon”, “Koʻrik”, “Birinchi sovgʻa” kabi kitoblari hozirgi oʻzbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa boʻlib qoʻshiladi. Bu toʻplamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy, estetik tarbiyasida yetakchi oʻrin egallaydi.
Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda davrimizning bolalar adabiyoti oldiga qoʻygan vazifalari, kichkintoylar oldida turgan muhim ishlar tasvir markaziga qoʻyilganini koʻrish mumkin. Masalan, “Maktabim” asarida dunyoda maktabdan aziz, moʻtabar joy yoʻq, goʻyoki “ona kabi mehribon” bir makon, kishining savodini chiqaradigan, oʻzini oʻziga tanitadigan, ongi va aqliga aql qoʻshadigan ulkan maskan, degan gʻoya ilgari suriladi. Shuningdek, asarda bolaning maktabdan behad minnatdorligi, oʻzining oldida turgan bir qator vazifalar, el-yurtga sodiq xizmatkor boʻlish uchun avvalo maktabda yaxshi va namunali oʻqish kerakligi sodda va ravon misralarda ifodalab berilgan:
Aʼlo oʻqishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!

Download 271.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling