Maktoiqtisodiyot
Download 1.43 Mb.
|
Inflyatsiya turlari kurs ishi
davlat byudjeti, davlat byudjeti, labaratoriya 2, Doc1, Замена переменной в определенном интеграле. Интегрирование по частям, узбектилионлинедарс, Лаборатория ишлари(1)(1) 100420204802, Лаборатория ишлари(1)(1) 100420204802, 59(1-darajali), Polymeric materials - structure properties applica, 1574339799, 2 topshiriq, 1 topshiriq, 6-лек.Сомон йўли галактикасининг тузилиши ва таркибий қисмлари, 6-лек.Сомон йўли галактикасининг тузилиши ва таркибий қисмлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- RO‘YXАTGА OLINDI “____” _______2021 y.
- Kurs ishi tаqrizgа topshirilgаn sаnа “____” _______2021 y.
- ____” _______2021 y.
- __________________ __________________ TOSHKENT – 2021 Mаvzu: Inflyatsiya turlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI TOSHKENT MOLIYА INSTITUTI “MAKTOIQTISODIYOT” KАFEDRАSI “ Bank ishi” fаnidаn KURS ISHI MАVZU: Inflyatsiya turlari Bаjаrdi: Bаnk ishi fаkulteti, BI-50 guruhi tаlаbаsi Tohirov Akbar Tekshirdi: Siddiqov S.
TOSHKENT – 2021 Mаvzu: Inflyatsiya turlari Rejа:
Kirish Inflyatsiya tushunchasi, uning mohiyati va kelib chiqish sabablar Inflyatsiya turlari Inflyatsiya va unga ta’sir qiluvchi omillar Xulosа Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda inflyatsiya muammosi iqtisodchi olimlarning qayd etishicha rivojlanmagan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar hamda iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar Hukumatlarining ham asosiy diqqat eʼtiborida turgan umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Shu bois, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi”da bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish, barqarorligini taʼminlash, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada oshirishda inflyatsiyani jilovlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolishning ustuvor yoʼnalishlari sifatida eʼtirof etilgan . Shu bois, biz tijorat banklari likvidliligining salbiy tebranishlarga nisbatan oʼzgarishini oʼrganamiz. Bu borada, Respublikamizda 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga moʼljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlarida keltirilgan iqtisodiyot rivojlanishning bazaviy stsenariyasiga asosan 2019 yil yakunlari boʼyicha inflyatsiya 13,5-15,5 foiz oraligʼida boʼlishi prognoz qilinmoqda. Bunda, tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ikkilamchi taʼsiri koʼlamining kengayishi, yaʼni energiya resurslari uchun xarajatlarning oshishi sababli ichki tovarlar va xizmatlar tannarxining qimmatlashishi bilan 2019 yilning boshida nisbatan oʼsuvchi inflyatsion muhit kutilmoqda. Yillik inflyatsiyaning eng yuqori qiymati 2019 yilning birinchi choragida yuzaga keldi. Bundan tashqari, biznes subʼektlarining soliq toʼlashning yangi sharoitlariga moslashishi davrida inflyatsiyaning qisqa muddatli tebranishi kuzatildi. Bunday holat aniqroq prognozlarni ishlab chiqishni birmuncha qiyinlashtiradi. Аyni vaqtda, respublikamizda tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining oʼsish surʼatlarini yuqori ekanligi, shuningdek, respublikamizda inflyatsion targetlashning prognozlash amaliyoti qoʼllanilayotganligi Markaziy bankning inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining samaradorligini oshirishga toʼsqinlik qilmoqda. Yuqorida qayd etilgan holatlar ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – boʼlib, Oʼzbekistonda inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: - inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari, turlari va unga qarshi kurashning nazariy asoslarini yoritib berish; - inflyatsiyaga monetar omillar taʼsirining oʼziga xos xususiyatlarini ; - inflyatsiyani tartibga solishning xorij tajribasini oʼrganish; - Oʼzbekistonda inflyatsion targetlashni joriy etish bilan bogʼliq boʼlgan jarayonlarni oʼrganish; - Mamlakatimizda inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati va uning joriy holatini tahlil qilish; - Oʼzbekistonda inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatidagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʼllari oʼrganildi. Bitiruv malakaviy ishining obʼekti boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmetini inflyatsiyaga qarshi kurash jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati shundaki, ulardan “Monetar siyosat” va “Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish” fanlarini oʼqitishda hamda Markaziy bankning inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi quyidagilardan iborat. Ish kirish, uchta asosiy bob, 8 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati hamda 1 ta jadval, 9 ta rasmdan iborat boʼlib, jami 63 betda mujassamlashgan. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ahamiyati va yangiligi, nazariy va uslubiy asoslari koʼrsatilgan. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida inflyatsiya va uni barqarorlashtirishning nazariy asoslari oʼrganilgan. Malakaviy ishning ikkinchi bobida Oʼzbekistonda inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining oʼziga xos xususiyatlari va uni amaldagi holati tahlil qilingan. Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida Oʼzbekistonda inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati va uni takomillashtirishning oʼziga xos xususiyatlari oʼz ifodasini topgan hamda xulosa va takliflar berilgan.
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling