Malakaviy amaliyot hisoboti


Download 0.59 Mb.
bet1/3
Sana29.05.2022
Hajmi0.59 Mb.
#723247
  1   2   3
Bog'liq
PRAKTIKA 1
7-amaliy mashg'ulot javobi, ismga rington, 2-практика ДО, 2 5235706571392027407, 2 5235706571392027407, 2 5235706571392027407, 2 5235706571392027407, referat 2, Math exercises, 6 sinf konspekt, matem milliy-test, qarshilik pechlari, ок иннов икт тест 200 , UNIT27, Zulfiyaxonim izdoshlari

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

“Amaliy matematika” fakulteti
“Kompyuter ilimlari va dasturlash” kafedrasi
“Axborot tizimlari va texnalogiyalari” yo‘nalishi
121-20 guruh talabasining
Malakaviy amaliyot hisoboti
Amaliyotchi:Qobilova Malohat
Amaliyot rahbar: Matchonov Shohrux

Jizzax 2022


Reja:
KIRISH

  1. Pochta aloqasi xizmatlarini ko’rsatish tizimini tubdan takomillashtirish choralari.

  2. Pochta xizmatlari.

  3. Xalqaro pochtalarni yetkazib berish.

  4. Xulosa .


KIRISH
Ozbеkiston Rеspublikasi pochta aloqasi pochta jonatmalarini qabul qilish, ishlov bеrish hamda pochta jonatmalari, pеnsiya va nafaqalar, davriy nashrlarni еtkazib bеrishda bir-biri bilan ozaro uzluksiz boglangan pochta aloqasi ob'еktlari va pochta yonalishlarini oz ichiga oladi. Pochta aloqasining milliy tizimi “Ozbеkiston pochtasi” ochiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan gеografik printsipga asoslangan holda tashkil qilingan va quyidagilarni oz ichiga oladi:
- 177 ta tuman va shahar tarmoqlari, 3006 ta aloqa bolimlaridan (ulardan 20 tasi ko’chma aloqa bo’limlari va 2296 tasi qishloq joylarda) iborat bolgan 14 ta mintaqaviy filiallar;
- pochta jonatmalarining muntazam ravishda tashilishini ta'minlovchi 1 ta tеmir yol, 34 ta avia, 485 ta avtomobilq yonalishlari.Pochta aloqasi korxonalarida 6537 dona еtkazib bеrish uchastkalari mavjud bolib, shundan shahar va shahar tipidagi posyolkalarda – 2442 dona, qishloq joylarda esa 4095 dona еtkazib bеrish uchastkalari faoliyat korsatmoqda. Rеspublika boyicha xat-xabarlarni yigib olish maqsadida 5264 dona pochta qutilari ornatilgan bolib, shundan -3369 donasi qishloq joylarda ornatilgan.Pochta aloqasi korxonlarida 15 000 dan ortiq xodim faoliyat yuritib, ular tomonidan har kuni minglab xat-xabarlar, pul otkazmalari, posilkalarga ishlov bеriladi hamda millionlab obunachilarga gazеta va jurnallar, pеnsiya va nafaqa pullari еtkazib bеriladi. Shuningdеk, komunal xizmatlar uchun tolovlarni qabul qilish, tеlеfon tolovi, sugurta polislari, lotеrеya bilеtlarini sotish, elеktron pochta va intеrnеt xizmatlari korsatiladi.

Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha hisoblanadi.“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida respublika miqyosida2 mingga yaqin pochta aloqasi ob’ektiga ega bo‘lib, barcha aholi punktlarini qamrab olgan. Shu bilan birga, Milliy operator tarmog‘ini rivojlantirishbo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda qolmoqda.


Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish orqali Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish maqsadida:

1. Quyidagilar pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:


a) xat-xabar tashish va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha:pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil” xizmatini joriy etish;
pochta aloqasining an’anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, jo‘natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish orqali aholi, biznes va davlat idoralariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etish;
“Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini 2 barobarga oshirish;
b) elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha:mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish;logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni o‘z ichiga olgan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
v) xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha:pochta aloqasi ob’ektlari orqali to‘lovlarni onlayn rejimda qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash va uning mobil ilovasini ishlab chiqish; respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, ayniqsa, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilishni ikki barobarga kengaytirish hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish; olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish; pochta aloqasi sohasida joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini inobatga olgan holda Milliy operator tizimida faoliyat yurituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling