FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
ANIQ VA TABIIY FANLAR KAFEDRASI
Bajardi: Maktabgacha ta’lim yo’nalishi III kurs 19.21 - guruh
Talabasi _______________________________________________ ning
MALAKAVIY AMALIYOT KUNDALIGI
Tekshirdi: ___________________________________
FARG’ONA – 2022
Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari
Pedagogik amaliyotining maqsadi – ta’lim muassasalarida o’quv tarbiyaviy ishlarni tashqil etish va ularni o’tkazish bo’yicha amaliyotda talabalarning kasbiy-metodik bilim va malakalarni shakllantirish, pedagogik faoliyatga yo’naltirish, ularni xar qanday o’quv tarbiyaviy ishlarni mustaqil bajarishga tayyorlashdir.
Pedagogik amaliyotning vazifalari:
amaliyotchi talabalarni o’qituvchi, ustoz, gurux murabbiysi va tarbiyachilarning asosiy faoliyatlari bilan tanishtirish xamda ularni to’ғri bajarish ko’nikmalarini hosil qilish;
o’qituvchi, ustoz va gurux murabbiysi rolida talabalarni mustaqil ravishda pedagogik faoliyatga moyilligini o’rganish va uni amalga oshishiga yordam berish;
talabaning kasbiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirib, ularda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish va mustaxkamlash;
talabalarda o’qituvchilar va ularning ota-onalari, ustoz-o’qituvchilar bilan bo’ladigan muomala madaniyatining shakllanishiga, ziddiyatli vaziyatlardan oson chiqa olish kabi xislatlarni egallashlariga yordam berish;
ijtimoiy-siyosiy, pedagogik-psixologik va maxsus fanlarni, maxsus bilimlarni mustaxkamlash, chuqurlashtirish, hamda boyitish, mahlum pedagogik masalalarni hal qilishda ulardan foydalanish;
-talabalarda mutaxassislik fanlari buyicha o’qituvchilik kasbiga qiziqish va muxabbatni, o’z pedagogik malakasini oshirib borishga extiyojni tarbiyalash;
-o’quv-tarbiya muassasalardagi mahnaviy-mahrifiy, xamda tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda katnashish;
-talabalarni mutaxasisilik fanlariga qiziqtirish asosida o’zlari tanlagan kasblariga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytirish, pedagogik faoliyatga ijodiy yondashishni tarkib toptirish.
Talabalarga pedagogik amaliyot davrida auditoriyada olib boriladigan o’quv tarbiyaviy ishlarga o’rgatish;
darsni pedagogik-psixologik jixatdan taxlil qilish;
o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashqil etish, ko’nikmalarni hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |