Malakaviy amalliyot hisoboti


Download 111.07 Kb.
bet1/7
Sana28.05.2022
Hajmi111.07 Kb.
#720328
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Malakaviy amalliyot hisoboti
2 5352678103028073880, obrazec rez, SWIMMING2, SWIMMING2, Kirish Mavzuning dolzarbligi, Laborotoriya ishi 3, Tajriba ishi №3 Mavzu Tovushning havoda tarqalish tezligini o’l, Dasturlash tillari, mavzu taxlilga, 2 5264854001874109978, public class MyCalculator, Kasblar, vcxvxcvxcv, O, 2.06 Информатика

MALAKAVIY AMALLIYOT HISOBOTI

Amaliyot ob`ekti – AT Aloqabank Termiz XKXKM

Kirish:


  1. Amaliyot ob`ektining shakllanish tarixi va umumiy ma`lumot

  2. Amaliyot ob`ektining boshqaruv strukturasi.

  3. Amaliyot ob`ektining ichki va tashqi aloqalari.

  4. Amaliyot ob`ektining iqtisodiy ko`rsatkich taxlili.

  5. Amaliyot ob`ektining iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo`llari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


Kirish

Respublikamizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash tizimida ham tub o`zgarishlar qilinishini taqozo qilmoqda. Chunki, o`z yo`nalishi bo`yicha zarur bilim malakalarni chuqur egallab, bir so`z bilan aytganda, vatan taraqqiyoti yo`lida kuyib yonadigan kadrlar ushbu islohotlarni yanada jonlantirib, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishi uchun o`z xissasini qo`sha oladi. Zamon talablariga javob beradigan bilimdon va yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash oliy maktabning dolzarb vazifasidir.


Shu munosabat bilan oliy talabalarini tanishuv, ishlab chiqarish, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlariga jalb qilinmoqda. Bundan maqsad talabalar o`z yo`nalishlari bo`yicha amaliyot davrida mutaxasisliklari bo`yicha bir qancha tajriba va ko`nikmalarga ega bo`lishadi. Shu sababli biz ham universitetimiz tomonidan malakaviy amaliyotga yo`naltirildik. Biz “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo`nalishi II-boshqich magistrantlari ham amaliyotni yaxshi tajribalar orttirish uchun 12 hafta mobaynida amaliyotda bo`ldik. Men “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo`nalishi II-bosqich magistrantiChoriyev Tolib A’zamovich, nazariy bilimlarimni amalda qo`llash maqsadida 2022 yil 14-fevraldan 2022 yil 28 - mayga qadar AT “Aloqabank” Termiz XKXKM (keying o`rinlarda bank deb yuritiladi)da amaliyot o`tadim. Bu vaqt mobaynida men bankning har bir bo`limida ularning ishlarini o`rgandim. O`rganganlarimni tahlil qilib hisobot ko`rinishida havola etaman. Hisobotni quyidagi rejalar asosida batafsil yoritib ketiladi.
“Obyektning shakllanish tarixi” bunda amaliyot joyimni qanday tashkil topgani haqida qisqacha ma`lumotlar bilan to`ldirilgan.
Har bir korxonani boshqaruvsiz tasavvur qilib bo`lmagani uchun har bir tashkilot, korxona, muassasa, va banklarda ham bu narsa albatta border. Bularni “Obyekt boshqaruv strukturasi” da batafsil yoritib o`tdim.
“Obyekt ichki va tashqi aloqalari” amaliyot obyektining qanchalik iqtisodiy aloqalari yaxshiligini shunda aks ettiriladi.
Amaliyotning asosini tashkil etuvchi omil bu iqtisodiy tahlili hisoblanadi. Amaliyot obyektining iqtisodiy faoliyatini “oxirgi 3 yil malumotlari asosida obyektning iqtisodiy faoliyatiga umumiy baho berish” da yoritib boriladi.
Amaliyot obyektining iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo`llari. Bilamiz har bir korxona yoki tashkilotning kelajakda rivojlanishi uchun strategiyasi bo`ladi. Shu sababli ham bu strategiyaga o`z xisammni qo`shish maqsadida bir qancha bankning faoliyatini yaxshilash uchun takliflar berib o`tdim.
Shu o`rinda albatta hisobotga xulosa berib o`tiladi.




  1. Download 111.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling