Malakaviy bitiruv ishi


Download 68.79 Kb.
bet1/8
Sana14.06.2022
Hajmi68.79 Kb.
#755954
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o\'xshatish
ЗЎРЛИК ИШЛАТИБ СОДИР ЭТИЛАДИГАН ЖИНОЯТЛАРНИНГ КРИМИНОЛОГИК ТАВСИФИ ВА УЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ (1), KUNDALIK DAFTARI (2), 5-sinf Tarix fanidan nazorat ishi 1, 5-sinf Tarix fanidan nazorat ishi 1, konstitutsiyaviy huquq (2), SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY, МЕТОДЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ, ariza onlayn, ariza onlayn, yuqumli kasalliklar faniga kirish, 2-variant 3-test, 5-sinf Aralash kasrlar, 05 01 07 Кириш имтихонлари дастури new, 05 01 07 Математик моделлаштириш малакавий, 05 01 07 Кириш имтихонлари дастури new

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
Mavzu: O’ZBEK TILIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI


MALAKAVIY BITIRUV ISHI




Bajardi: Begimova N.
Ilmiy rahbar: dots.Usmonov Q. Malakaviy bitiruv ishi o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarildi.
Kafedraning 2011–yil 20-maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnomasi № )

Kafedra mudiri: prof.A.Abdusaidov


Malaviy bitiriv ishi YaDAKning 2011-yil ----- iyundagi majlisidahimoya qilindi va ----- foizga baholandi (bayonnoma № )
YaDAK raisi:
A’zolari:


SAMARQAND - 2011

Reja:


Kirish
Ishning umumiy tavsifi.


I bob
Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish.

    1. Uslubiyatdagi badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan o’rni;

    2. Ko’chimlar. Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish va uning qo’llanilishi;



II bob
O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar.

    1. O’tkir Hoshimov va uning tilshunoslikda tutgan o’rni;

    2. Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va ularning tahlil talqini;



Umumiy xulosalar


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Til-millatning qalbi. Uni asrab-avaylash har bir
kishining insoniy burchidir. Til qudratli qurol, mohirona foydalanilsa,u mo’jizalar
yaratadi.
G’afur G’ulom


Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Til millatning qalbi bo’lib, u o’zgaruvchan, doimiy harakatdagi hodisadir. Tilning o’zgarishi nutq jarayonida, qo’llanilishda, pragmatik imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi.
Keyingi yillarda tilshunoslikda badiiy tasvir vositalari gullab yashnadi.Uslubiyat mazmunan boyidi va ko’p qirralari tilshunos olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida ochib berildi.
Til katta-kichikligi, eski-yangiligidan qat’iy nazar har qanday millat o’zligining mustahkam qurg’onidir. Milliy o’ziga xoslik ko’proq tilda namoyon bo’ladi. O’zbek tilimizning davlat tili martabasini olishi millatning mustaqilligiga erishish sari qo’yilgan ilk qadam bo’ladi.
O’tgan asr oxirida o’zbek xalqi hayotida ikki muhim voqea yuz berdi. Biri 1989-yili 21-oktabrda til mustaqilligiga, ikkinchisi 1991-yil 1-sentabrda davlat mustaqilligiga erishdi. Til mustaqilligi xalqimiz ong-shuurini yangi o’zanga solib yubordi. O’zligimizni anglay boshladik. Barcha sohalarda o’zbek tilida darslik va qo’llanmalar yozish mumkinligi isbotlandi.
Tasviriy vositalarning vujudga kelishi tilning pragmatik xususiyatlaridan biridir. Badiiy asarning til vositalarini o’rganish, til boyliklari, shu jumladan yozuvchining uslubini o’rganish bilan chambarchas bog’liqdir. Badiiy asarda
so’z faqat ifoda vositasi bo’lmay, balki u hayot haqiqatini obrazli ko’rsatish, tasvirlanayotgan voqeani estetik baholash uchun ham xizmat qiladi, shu sababli so’z badiiy matnda faqat asarning mazmunini bayon etish hodisasi bo’lmay, ayni paytda muhim tasviriy vosita vazifasini bajaradi.
Shunday tasvir vositalardan biri o’xshatish faqat she’riyatda emas,nasriy asarlarda ham keng qo’llanilishi isbotlandi.Shuning uchun men O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”asaridagi o’xshatishlarni to’liq o’rganishni vazifa qilib oldim va bu hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi isbotlandi.
Biz yashayotgan dunyo so’ngi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqelar yuz berdi, mamlakatimiz mustaqilikka erishib, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanladi, rivojlanishning o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashini tubdan o’zgartirish, eski aqidalardan tamoman vos kechish, istiqlol mafkurasini shakillantirish, xalq manaviyatini yuksaltirishni taqazo etmoqda. Bunda ijtimoy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimov to’g’ri ta’kidlaganidek, ,,Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyo qarashi shakillanishida ma’rifatning xususan ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatda tilshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi-ularning barchasi odamning intellektual kamolatga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega’’1.
Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so’ng til va tilshunoslikni rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
Jahon tilshunosligi taraqqiyoti tarixini ko’zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik an’analarni rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog’liq.



1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ этиқоди ва буюк келажакка ишончдир// «Фидокор» газетаси мухбири саволларига жавоблар. –Тошкент:Ўзбекистон , 2000, 33-бет.

      1. tilshunoslik yutuqlariga nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatlarga barham berildi;

      2. strukturalizm va uning ko’rinishlariga ijtimoiy yondashuv vujudga keldi;

v) hozirgi zamon tilshunosligining ko’pgina hal qilinmagan muammolarini o’rganish uchun o’tmish tilshunosligi yutuqlarini tanqidiy nuqtai nazardan ko’zdan kechirish lozimligi amaliy jihatdan isbotlandi;
Tilshunoslik tarixi shundan dalolat beradiki, lingvistik nazariyalar taraqqiyoti eng muhim falsafiy oqimlar rivojiga antik davrdan to shu kunga qadar asosan mos keladi.2

Download 68.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling