Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yichahisobo t


Download 27.65 Kb.
Sana14.04.2020
Hajmi27.65 Kb.
#99248
Bog'liq
Hisobot


Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha h i s o b o t

Reja:


1. Kirish

2. Amaliyot o’tilgan korxona haqida qisqa ma’lumot

3. Texnika xavfsizlik qoidalari

4. Amaliyot davomida bajarilgan omillar bayoni

5. Xulosa

Kirish.


Barchamizga ma’lumki har bir olingan bilim mustahkam bo’lishi uchun uni amaliyotda sinab ko’rish talab etiladi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim Vazirligi hamda Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirliklari qaroriga asosan biz talabalar olgan bilimlarimizni ishlab chiqarish amaliyotida qo’llab bilim, ko’nikma va malakamizni yanada oshirishga erishdik. Bizga amaliyot davomida yetuk bilimga ega bo’lgan ishchi xodimlarga biriktirildik.

Amaliyot o’tilgan korxona haqida qisqa ma’lumot



Navoiy issiklik elektr stansiyasi - Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyasi. "Oʻzbekenergiya" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan. 1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962 yil fevralda ishga tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi, ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi.

St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta blok), 8 bugʻ qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm. bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi.

Navoiy issiklik elektr stansiyasie.s. Oʻzbekistonning gʻarbiy-jan. hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan asosiy manbadir. St-ya Qizilqumdagi togʻ-kon va gaz sanoati korxonalariga, Navoiy "Elektrkimyozavodi", "Qizilqumsement" korxonasiga, AmuBuxoro, Qarshi magistral kanallaridagi nasos stansiyalariga, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon shaharlari isteʼmolchilariga elektr energiyasi beradi. Shuningdek, Navoiy shahridagi korxonalarni va kommunal-maishiy ehtiyojlarni issiq suv bilan taʼminlaydi. Elektr styasi kuchlanishi 220 ming voltli elektr uzatish liniyalari bilan Urganch shahridagi taqsimlash qurilmasi orqali Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasiga, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand shaharlaridagi taqsimlash qurilmalari orqali Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi ("Energiya" birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2002 yilda 5931,5 mln. kVt-s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 3042 ming Gkal issiklik yetkazib berildi.[1]
2015 yilning yanvar oyida energotarmoqqa 820 556 600 kVt.soat elektr energiyasi, issiqlik energiyasi iste’molchilariga 2 039 856 gigakaloriya issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Stansiya qurilishi avvaliga Navoiy tog’ metallurgiya kombinati tarkibida boshlanib, 1965 yildan korxona O’zbekiston energetika Vazirligi tasarrufiga o’tkazildi.

Stansiyaning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlari quyidagilarda iborat: har biri 25 MVtdan, umumiy quvvati 50 MVt 1- va 2-energobloklar (2 ta TGM-151 rusumli bug’ qozoni va 2 ta VPT-25-4 rusumli turboagregatlari); har biri 150 MVtdan, umumiy quvvati 300 MVt – TGM-94 rusumli bug’ qozoni va PVK-150-130 rusumli turboagregatli 3- va 4-energobloklar; har birining quvvati 50 MVt dan – R-50-130 rusumli 2 ta turboagregat, quvvati 60 MVt bo’lgan – PT-60-130 rusumli bitta turboagregat, TGM-84 rusumli 4 ta bug’ qozoni; har birining quvvati 160 MVtdan, umumiy quvvati 320 MVt – TGM-94 rusumli bug’ qozoni va K-160-130 rusumli turboagregatli 8- va 9-energobloklar; umumiy quvvati 420 MVt, har birining quvvati 210 MVtdan – TGMYe-206 rusumli bug’ qozoni va K-210-130 rusumli turboagregatli 11- va 12- energobloklar. 2012 yilning to’rtinchi choragidan boshlab quvvati 478 megavatt bo’lgan bug’-gaz qurilmasi ham ishga tushdi.

Texnika xavfsizlik qoidalari

Elektr tokining kishiga qanchalik zarar yetkazishi tanadan o’tgan tokning miqdoriga bog’liq. 0, 05 amperdan ortiq tok yoki 36 voltdan ziyod kuchlanish kishi hayoti uchun xavfli . 0,1 amper va bundan ortiq tok kishini o’ldiradi.

Insonni quyidagi hollarda tok o’ldiradi:

A) elektr ustanovkasining tok o’tib turadigan qisimlariga tegilsa;

B) elektr ustanovkasining tok o’tmaydigan, lekinavariya paytida tok o’tishi favfi bo’lgan qismlariga bevosita tegilsa;

V) elektr ustanovkasining yuqori kuchlanishli tok o’tib turadigan qismlariga yaqin borilsa yoki tegilsa;

G) elektr ustanovkasining avariya vaqtida yuqori kuchlanishli tok ta’sirida bo’ladigan qismlariga yaqin borilsa.

Tok o’tishi havfini yo’qotish uchun elektr ustanovkalarining tok o’tmaydigan yoki kuchlanish ta’sirida bo’lmaydigan barcha metal qismlari yerga ulanishi lozim. Gaz tadbirni yerga ulash (zazemleniye) deyiladi. Elektr ustanovkalari quyidagicha yerga ulanadi.

Chilangarlik o’quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnoma.




I. Ish jarayonida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavf.

a) Quyidagilar oqibatida kelib chiqadi:

1. Ћimoya to’siqlarining nosozligi yoki mavjud bo’lmasligi:

2. Detal yoki asbobning mustahkam o’rnatilmaganligi.

3. Kesuv asboblar nosozligi yoki o’tmaslashib qolganligi.

4. Ћarakat uzatuvchi tasmani stanok ishlab turgan vaqtida o’rnatish olish.

5. Elektr jihozlari nosozligi, xususan yerga ulashning noto’g’ri bajarilganligi.

6. Ish o’rnidagi tartibsizlik.

b) quyidagi oqibatlarga olib keladi:

1. Qo’l va barmoqlarning jarohatlanishi.

2. Bilak suyagining sinishi.

3. Soch yoki boshqa a’zolarni o’rab ketishi.

4. Mo’rt metallarga ishlov berishda chiqqan uchqundan jarohatlanish. 

II. Ish boshlangunga qadar quyidagilar bajarilishi kerak:

1. Maxsus ishchi kiyim to’g’ri kiyilishi;

a) yeng uchidagi tugmani qadab olish, uni bog’ich bilan bog’lamaslik.

b) sochlarni bosh kiyim tagiga olish.

2. Himoya moslamalari mavjudligi va ishonchliligi, stanok korpusining yerga ulanishi to’g’riligini tekshirish.

3. Stanokni erkin holatda ishlatib ko’rish.

4. Asbob va namunalarni tegishli taglik yoki moslamada muayyan tartib asosida joylashtirish;

5. Ishlov beriladigan namuna yaroqliligini tekshirish ko’rish;

6. Keskich va ishlov beriladigan materialni mustahkam o’rnatish;

7. Stanok ishini erkin yuritib sinab ko’rish, ishga tushirish qutisi sozligini tugmachalar bosish va richaglarni harakatlashtirish yo’li bilan tekshirish.



Ish vaqtida

1. Keskichni ishlov beriladigan namunaga bir tekis yaqinlashtirish, qirindi chiqishini oshirib yubormaslik kerak. Stanokdagi detalni egov yoki qattiq tutqichga o’rnatilgan qum qog’oz bilan tozalash. Tutqich saqlash gardishiga ega bo’lish, ish vaqtida qo’l bilan tutib turilishi kerak.

2. Stanokni to’xtatishdan oldin keskich namunadan uzoqroqqa olinadi. Gayka va bolt kallaklariga mos keluvchi kalitlardan foydalanish. Ishlov beriladigan sim stanokdan chiqib turmasligi kerak. Tarmoqda elektr toki uzilsa, darhol stanokni ishdan to’xtat, tugmasini bosib qo’y.

3. Jarohatlanishning ldini olish maqsadida quyidagilar ta’qiqlanadi:

- boshni patron yoki ishlov berilayotgan namunaga haddan ziyod yaqin egish;

- stanokning aylanayotgan qismlari ustidan buyumlarni uzatish va olish;

- stanokka suyanish yoki o’tirib olish, unga asboblarni qo’yish;

- stanok ishdan to’liq to’xtamagunga qadar ishlov berilayotgan detal o’lchash, moylash, tozalash va qirindilarni olish;

- kesuvchi asbob yoki ishlov beriladigan detalni latta yoki boshqa buyum bilan sovitish;

- stanok ishi patronni qo’l bilan ushlab to’xtatish;

- stanokni o’chirmagan holda qoldirib ketish;

- ishlov berilayotgan detalni ushlash yoki tutib turish;

- boshqa xalaqit beruvchi ish yoki suhbatga berilish. 

IV. Ish tugaganidan so’ng

1. Stanok ishchi qismlarini dastlabki holatiga qaytarish, motorni o’chirish.

2. Stanokda qolgan qirindilarni tegishli asboblar bilan tozalash.

3. Stanokni artish, moylash, asbob va himoya vositalarini tartibga keltirish, o’qituvchi yoki navbatchiga topshirish.. 

4. Amaliyot davomida bajarilgan omillar bayoni

Biz amaliyot davomida o'zimizning soxa ya'ni mashinasozlik texnologiyasi bilan bog'liq stanok va qurilmalarda ishlashni o'rgandik.

Parmalash dastgohida yo'nib kengaytirish ishlarini qildik.

Teshik ochish dastgohida detallarga teshik ochdik va ishlov berdik.

Stanoklarni boshqarishni o'rgandik va bir qancha detallar yasab, ularga ishlov berdik.

Xulosa


Xulosam o'rnida shuni aytmoqchimanki "Navoiy IES" aksiyadorlik jamiyatida men o'zim bilmagan ko'plab yangi ma'lumotlar va ishlarni o'rgandim. Texnika xavfsizligi qoidalari va ishni muhofaza qilish bo'yicha kerakli yo'l-yo'riqlarni o'rgandim. "Navoiy IES" AJ xodimlari har bir savolimizga individuval tarzda yondashdilar va o'rgatdilar.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling