Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui. Ta‘lim


Download 16.78 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.78 Kb.
#221891
Bog'liq
2-amaliy ish


  1. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida.

Didaktika (grekcha didasko –

o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va

shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega.

Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar,

hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.



Ta‘lim-o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim,

ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini

o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot

bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa

ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir.

Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish

bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish

kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi.



  1. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi tarixini ta’riflang

Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi

Yan Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika»

(1632y yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya

jarayonlari, o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya

ishlarini tashkil qilish kabi masalalarni ishlab chiqdi.

Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir

qancha asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli

kabi masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil»,

Abu Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid

kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida,

Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos»

kabi asarlari shular jumlasidan.



  1. Hozirgi davrda boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari

Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi Qonun ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi zimmasiga tushadi. Bular: 1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yangi pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarur; 2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim imkoniyatlari o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish; 3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin fikrlashga o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun vazifasi. Chunki boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatib bo‘lmaydi. 4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari asosida tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega, bilimdon, pedagogik mahoratli bo‘lishlariga erishish.

  1. O‘qitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligi ta’rifi

O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas kismi sifatida, insonning tevarakatrofdagi dunyoni bilishning umumiy konunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli shaxsni o‘kitish, tarbiyalash, barkamol avlod kilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O‘kituvchi kachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo‘lgandagina uni samarali boshkarish, o‘kitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘kitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muxim masalalarini nazariy va amaliy jixatdan to‘gri xal kilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Download 16.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling