Mamatova mayramxon


Download 19.59 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi19.59 Kb.
#105559
Bog'liq
Mamatova Mayramxon


MAMATOVA MAYRAMXON
Qo'shiq o'rgatish orqali o'quvchilarda chin

insoniy fazilatlarni kamol toptirish.


REJA:

1. Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rni.

2. Shaxsning shakllanishida musiqaning ahamiyati.

3. Musiqa o‘qituvchisining ma’naviy axloqiy qiyofasi va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar.

4. Sharq mutafakkirlarini musiqa san’atini rivojlantirish haqidagi nkrlari.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko‘plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi.

Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy g‘oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi.

Maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish.

Maktabda musiqa darslarini o‘qitishning asosiy vazifaiari quyidagtlardan iborat:

- o‘quvchilani musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;

- musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o‘quvi,

- ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his-tuyg‘ularini o‘stirish;

- musiqiy asariami badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;

- musiqa darslarida o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish.

Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish o‘qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday san’atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi pedagogika, psixologiya, boialar fiziologiyasi, musiqa o‘qitish va metodikasi hamda o‘z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs bolishi lozim. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so‘zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo‘l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg‘u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo‘lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson boiishi kerak. “Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ulami qanday tarbiya olishiga bog’liq. Chunki ma’naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo‘ladi” !. deb takidlaydi o‘z asarlarida yurtboshimiz I.A.Karimov.

Ona allasi zamirida milliy madaniyat, milliy mafkura, milliy ma’naviyat yotadi. Chaqaloq ruhiga u asta-sekin singdirilib boriladi. Buyuk zotlarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Muhammad Bobur, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy singari buyuk allomalardan bahramand bo’lganlar. Allalardagi mazmun bolaga katta tarbiya vositasi ekanligini har birimiz bilib olishimiz lozim. Allalar zamirida buyuk qadriyatlarimiz borligi, tarbiya o’chog’I nimadan boshlanishi, alla ham tarbiyaning asosoi ekanligi bizga sir emas albatta.

Muaiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va musiqiy estetik tarbiyasining muhim vositasi hisoblanadi.

Qo’shiqchilik san’ati o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodnining musiqiy-estetik tarbiyasidagi eng kuchli vositalaridan biridir. Kuy, musiqa , ashula matni, ijrochi maxoroti uyg’unlikda insonga har tomonlama ta’sir qilishni ta’minlaydi. Kuy va uning musiqiy ifodasi insonning hissiyotiga, matn esa uning sezgilari va ongiga ta’sir etadi. Qo’shiqchilik san’ati o’zbek xalqining barcha qatlamlariga singib ketgan. Xalqimizning qayg’u hasratlariga, xursandchiligiga, kelajakka bo’lgan go’zal intilishlari kabi hissiyotlariga hamroh bo’lib kelgan.

O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari shunchalar xilma-xilki, ular orqali bolalarni ma’naviy va axloqiy dunyosini har tomonlama o’stirish, oliyjanob fazilatlarini kamol toptirish mumkin. Bunday asarlarga misol qilib, “Alla”, lapar,lirik termalar, bolalar qo’shiqlari, “Yomg’ir yog’oloq”, “Lolacha”, “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Sust xotin”, “Lola I”, “Lola II”,mehnat qo’shiqlari, katta ashula, lirik, epic qo’shiqlar, mumtoz asarlarni aytib o’tish mumkin. Mutafakkirlarimiz Ibn Sino, AL Farobiy, Axmat Yassaviy musiqa san’ati haqida o’z fikrlarini bildirganlar. Buyuk shoir g’azallar mulkining sultoni Alisher Navoiy musiqani-nodir san’at g’oyat katta iste’dod va malaka talab qiladigan deb takidlaydi. Musiqa o’z ta’sirini oshiruvchi ijodiyot olamiga behad ta’sir etuvchi kuchdir, - deydi. Prezident I.A.Karimov o’z nutqlarida “Jamiyatimizning eng muhim fazifalaridan biri o’zidan ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni tarbiyalab voyaga yetkazish bizning asosiy maqsadimizdir”-deb bejizga aytmagan edilar.

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, o’quvchilarni iloji boricha tetikroq ommaviy va to’garak ishlariga jalb etib ularni dunyo qarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o’stirish tabiatga, Ona Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirish kerak. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarida musiqa darslaridan foydalangan holda to’garaklar tashkil etishdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikkita shakli mavjud;


  • Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli.

  • Musiqa tarbiyasining to’garak shakli.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o’quvini tekshiruvidan o’tkazmay, yangi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga qo’shimcha bayramlar, “Musiqa haftaligi”, “O’zbekiston vatanim mani,”, “Ilhom chashmalari” ko’rik tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertlarga sayohat “Alifbo” bayramlari, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Bolalarning qiziqishiga, yoshiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib amalga oshirish chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etishi lozim. Musiqa o’qituvchisining ommaviy musiqiy ishlar rejasi, musiqa o’qituvchisi va maktab, tarbiyaviy va ma’naviy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda o’quvchilarning yoshi, qiziqishiga bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o’quvchilarning musiqiy o’quvi, qobilyati hisobga olinmaydi. Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning ommaviy shaklining mavzusi aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog’i lozim. Bunda har bir tadbir mavzusi, asosiy maqsadi va vazifalariga qarab o’quvchilar jalb etiladi, to’garak ishlarni rejasini esa musiqa o’qituvchisining o’zi o’z imkoniyatiga qarab mustaqil tarzda tuzadi. O’qituvchi to’garak ishlariga o’quvchilarni musiqiy qobilyati, hoxish-istagi, qiziqishi ovoziga qarab tanlab oladi va turli xil to’garaklarga jalb etadi. Haftasiga ikki, uch bor to’garakni guruhlarga bo’lib ishlaydi. To’garak ishining asosi musiqa darsidir. To’garak ishlariga qobilyatli, musiqa darslarida faol qatnashadigan o’quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning loyaqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to’garagiga jalb etiladi. To’garak faoliyatini faollashtiradigan narsa bu maktab sahnasidir. O’quvchilar tadbirlarda qo’shiqlar, raqslar ijro etib maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, tuman, shahar respublika ko’rik tanlovlarida qatnashadilar. Bularni o’z mehnatidan zavqlanish his-tuyg’ularini Ona Vatanga muhabbat tuyg’usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o’qituvchi o’z imkoniyatlariga qarab turli to’garaklar tuzilishi mumkin.

Xor san’ati uzoq tarixga egadir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytish deyarli hamma xalqlarning mehnat faoliyati an’anaviy marosimlari, ularni hayoti bilan bog’lanib ketgan. Xor grekcha “Xoros”-yig’ilish degan ma’noni bildiradi; Xor-uyushgan jamoa bo’lib , u ma’lum ovozga ega bo’lgan ijrochilardan tashkil topadi. Uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri o’ziga xos tembridir. Insonning ovoz apparati o’ziga xos murakkab “musiqa asbobi” bo’lib, u o’zining rang barang tembrga boyligi nihoyatda nozik musiqani ifodalash xususiyatiga egaligi bilan hamma musiqa asboblaridan ustun turadi. Chunki inson ovozi kuy va so’zni organic payvandlash natijasida natijasida musiqiy nutqini asl ma’nosini ochib beradi. Bu boroda inson ovoziga teng keladigan birorta ham cholg’u asbobi yo’q.


Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish yo’llari mavzusida tajriba – sinov ishlarini o’tkazish.

Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib, u o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning his-tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda, musiqa san’ati hayotni o’rgatadi, tasvirlaydi va ifodalaydi. Shu bois, musiqa o’quvchilarda nafosat hissiyotlarini tarbiyalash orqali ularning ma’naviy, g’oyaviy va axloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirishda, ularda oliyjanob fazilatlarni kamol toptirishda ta’sirchang vosita bo’lib xizmat qiladi.O’quvchilarni hayot tajribasi, aql-idrokini o’sib borishi Vatan tuyg’usini kundalik odatdan iymon-e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodga aylanishi, har bir inson qalbida ichki ma’naviyatning ifodasi belgilab beradi. Milliy Vatanparvarlik deganda esa, biz o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, vijdon, shafqat, or-nomus ona yurtiga, o’z eliga sadoqat, axloqiy, manaviy qadriyatlar, g’oyalar, qarashlar yig’indisi tushuniladi. Umumiy ta’lim maktablarida vatanparvarlik musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Bunda musiqa ta’limining milliy asosi muhim rol o’ynaydi. Bunda ayniqsa, vokol-xor mashqlari sifatida xalq kuy va qo’shiqlardan parchalar berilishi maqsadga muofiqdir.Musiqaning bu fazilatlaridan har bir sinfda o’quvchilarning yosh xususiyati, hayotiy tajribalari, musiqiy bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda foydalaniladi. O’rta sinflarda o’quvchilarni hayotiy tajribalari boyigan, aniq (konkret) fanlarni o’raganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bo’ladi. Xalq musiqa ohanglari o’zbek kompozitorlarimiz ijod etgan Ona Vatanimiz, jonajon Respublikamiz go’zalligini ularga mehr-muhabbatni madh etishga bag’ishlangan xilma-xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Vatanparvarlik eng avvalo kindik qoni to’kilgan joyga, qarindosh –urug’, el-yurt ona zaminga bo’lgan hurmat, e’tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari; bayroq, gerb, madhiya, milliy konstitutsiyamiz o’quvchilarni o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi.Umumuta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida vatanparvarlik tarbiyasi kuy va qo’shiqlar yordamida shakllanadi. Vatanparvarlik – millat g’ururi, fidoyilik, o’z xalqi tarixi, uning madaniyati bilan faxrlanishi insonga xurmat extirom inson ma’naviyatiga borib taqaladi. Ma’naviyat eas bugungi kunda erishgan mustaqilligimiz poydevori, tayanchi bo’lib hisoblanadi. O’z el-yurtini saqlagan uni mashhur qilgan buyuk sarkarda Amir Temur “Lashkarlari, fuqorolari sadoqatli va fidoyiligi bu qudratli davlat”-deb bejizga aytmagan. Ana shunday fidoiy odamlar qancha ko’p bo’lsa, davlat shunchalik qudratli va boy bo’ladi. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, avvalo ularda milliy qadriyatlarimizga xurmat va extirom his tuyg’ularini o’rgatishdan boshlanadi. Milliy qadriyatlar deganda yosh avlodni ma’naviy pok, halol, mehnatsevar, ishbilarmon, iymonli, aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, shuningdek, milliy ma’naviyat tuyg’usini anglab oladigan fazilatlarni, tuyg’ularni tushunamiz. Shunga ko’ra “qadriyat” degan tushuncha ham “qadr – qimmat” degan ma’noni anglatadi. Musiqa o’quvchilarni vatanparvarkil ruhida tarbiyalashning samarali va tasirchang vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa darsi avvalo tarbiya darsidir.

Hozirgi kunda yangi pedagogic tehnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Chunki pedagogic texnologiya5 va interfaol metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.


XULOSA

Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o’tish uchun o’qituvchi o’zining nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish lozim. Musiqa darsini zamonaviy pedagogic texnologiya bo’yicha qiziqarli va mazmunli o’tkazish uchun, musiqa ijodkorligi, obrazli tasavvur qilish, “jonli” ijro qilish, tarqatma materiallar, kartochkalar, musiqiy cholg’u asboblar va texnik vositalardan (disk, magnit tasmalar, video tasmalar va boshqalar) qo’llaniladi. Bu o’quvchilarni nutqini o’stirishda, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda, mustaqil fikrlash qobiliyatini dunyoqarashini shakllantirishda va musiqaga qiziqish uyg’otishga faol ta’sir etadi.
Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling