Mamlakat aholisining farovonlik darajasini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlaridan biri aholi daromadlari hisoblanadi


Download 41.67 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi41.67 Kb.
#173671
Bog'liq
iqtisod


1-modul;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni joriy yilda davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi, 2019-yilga mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, byudjet-soliq siyosatining asosiy yo'nalishlari muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar keltirilganidek, yig'ilishda joriy yil yakuni bo'yicha davlat byudjeti daromadlari 74,5 trillion so'm, xarajatlari esa 78,5 trillion so'mni tashkil etishi, mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so'm yoki o'tgan yilga nisbatan 6 barobar ko'p mablag' qolishi kutilayotgani qayd etilgan.

  Mamlakat aholisining farovonlik darajasini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlaridan biri aholi daromadlari hisoblanadi. Aholining umumiy daromadlari - majburiy to'lovlar va boshqa ajratmalarni amalga oshirishga qadar bo'lgan yalpi daromadni ifoda etadi. Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar kiradi. Aholining umumiy daromadlari -  64,9 trln.so’m Aholi umumiy daromadlarining real o’sish sur’ati - 108,6 % Aholi jon boshiga umumiy daromadlari - 1 948,9 ming so’m Aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o’sish sur’ati - 106,6 %Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Toshkent shahri (14,6 %) va Qoraqalpog'iston Respublikasiga (9,0 %) to`g`ri keladi. Shuningdek, Buxoro (7,0 %) hamda Surxondaryo (6,7 %) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromad ko'rsatkichlarining real o'sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.




Download 41.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling