Mamlakatimizda ushbu munosabatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga kelayotganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin


Download 6.99 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi6.99 Kb.

Axborot asri deb atalayotgan hozirgi kunda ommaviy axborot vositalariga nafaqat axborot olishning oddiy vositasi sifatida, balki jamiyatdagi ijtimoiy qarashlarni shakllantira oladigan kuch sifatida ham qarash o‘rinli bo‘ladi.
Prezidentimiz 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.
Fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti sifatida ommaviy axborot vositalarining mavqeini belgilashda, ularning davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari qaysi yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda ushbu munosabatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga kelayotganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Birinchidan, ma’lumki, davlat jamiyat hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquq normalari yaratish orqali tartibga solib boradi. OAV ham o‘z faoliyatini muayyan huquq normalari asosida amalga oshiradi. Davlat bunda OAVni tashkil etish, tugatish, ular faoliyatini litsenziyalash va kafolatlash kabi masalalarga oid huquq normalarini belgilab beradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida OAV mulkchilikning turli xil shakllari ko‘rinishida tashkil etiladi hamda ular bozor qonuniyatlari asosida faoliyat yuritadilar. Shu bilan birga, davlat OAVning barqaror faoliyat yuritishi hamda muayyan ijtimoiy funk­tsiyalarni amalga oshirishlari uchun ularga har tomonlama yordam beradi.
Uchinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlatimiz o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda hamda ularning mazmun va mohiyatini aholiga yetkazishda OAVdan asosiy vosita sifatida foydalanmoqda.
Davlatning rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati hamda mazkur jarayonlar to‘g‘risida umumiy xabardorlik darajasiga bog‘liq. Chunki, qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari hamda davlat tomonidan olib borilayotgan siyosatning mohiyatini fuqarolarga yetkazish hamda jamiyatda qonun normalarini hurmat qilish va unga qat’iy rioya etishni ta’minlashga erishish huquqiy davlatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bunda davlat bilan OAVning samarali hamkorligi va OAVning davlat organlari hamda mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘rtinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida ishtirok etmoqda.
Beshinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarining huquq ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida jamiyat siyosiy tizimining eng muhim tarkibiy bo‘­g‘inlari sifatida qaraladigan davlat hokimiyati organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida samarali munosabatlar tizimini takomillashtirish va bu boradagi muammolarni hal etish o‘z navbatida, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Download 6.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling