Ma’muriy huquq Reja


Download 84.83 Kb.
Sana28.11.2020
Hajmi84.83 Kb.
#154265
Bog'liq
Ma’muriy huquq

Ma’muriy huquq

Reja:

  • 1.Ma’muriy huquq tushunchasi va uning man’balari.
  • 2.Ma’muriy huquq va ma’muriy jazo.
  • 3. Ma'muriy jazo va uning turlari.

Ma'muriy huquq- Konstitutsiyaviy, fuqarolik va jinoyat huquqlari bilan bir qatorda huquqning asosiy tarmoqlariga kiradi.

  • Ma'muriy huquq- Konstitutsiyaviy, fuqarolik va jinoyat huquqlari bilan bir qatorda huquqning asosiy tarmoqlariga kiradi.
  • «Ma'muriyat» so’zi lotincha «administratio» so’zidan olingan bo’lib, «boshqarish» ma'nosini bildiradi. Shu bois ma'muriy huquq ko’pincha boshqaruv huquqi yoki boshqarishga oid huquq deb ta'riflanadi.
  • Huquq tarmoqlari bir-biridan, avvalo, huquqiy boshqaruv predmeti va usuli bilan farq qiladi. Ma'muriy huquqning O’zbekiston Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog’i sifatidagi ijtimoiy munosabatlarning asosiy xususiyati shundaki, u davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya'ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Ma'muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan, quyidagilardan iborat:

  • Ma'muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan, quyidagilardan iborat:
  • -Tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunadigan davlat organlari (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan vazirliklar, qo 'mitalar, hokimliklar ) o 'rtasidagi munosabatlar;
  • bir-biriga bo 'ysunmaydigan davlat boshqaruv organlari (ikki vazirlik, ikki hokimlik ) o’rtasidagi munosabatlar;
  • davlat boshqaruv organlari va ularga bo 'ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o 'rtasidagi munosabatlar;
  • davlat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va boshqalar) o'rtasidagi munosabatlar;
  • davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar.

Ma’muriy huquq manbalari.

Ma’muriy huquq manbalari.

  • Konstitutsiya
  • O’zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi qonun.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari.
  • Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks.
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari.
  • Vazirliklar,davlat qo’mitalari yo’riqnomalari.
  • Joylardagi hokimyat idoralari qarorlari

Ma'muriy javobgarlik — ijro etuvchi va sud hokimiyatining maxsus vakolatli organlari va mansabdor shaxslari aybdorga belgilaydigan ma'muriy jazolar tizimi.

  • Ma'muriy javobgarlik — ijro etuvchi va sud hokimiyatining maxsus vakolatli organlari va mansabdor shaxslari aybdorga belgilaydigan ma'muriy jazolar tizimi.
  • Ma'muriy javobgarlikni qo’llash uchun asos vazifasini ma'muriy huquqbuzarlik bajaradi.Ma’muriy_huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan g’ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlikka aytiladi.Ma'muriy huquqbuzarliklar, xuddi jinoyatlar kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi.
  • Ma'muriy huquqbuzarlik "sodir etilgan paytga kelib 16 yoshga to’lgan shaxslar ma'muriy javobgarlik subyektlari boiishi mumkin.

Ma'muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy huquqbuzarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, g’ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar jinoyatlardan ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi.

  • Ma'muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy huquqbuzarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, g’ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar jinoyatlardan ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi.
  • Ma'muriy huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardir:
  • jamiyatga qarshi xususiyat;
  • g’ayriqonuniyligi;
  • aybliligi;
  • qilmishning jazoga loyiqligi

Ma'muriy huquqbuzarlik tarkibining belgilari quyidagilardan iborat:

  • Ma'muriy huquqbuzarlik tarkibining belgilari quyidagilardan iborat:
  • obyekt;
  • obyektiv tomon;
  • subyekt;
  • subyektiv tomon.
  • Ma'muriy huquqbuzarlikning obyektini normalari bilan tartibga solingan va ma'muriy huquqbuzarlik choralari bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
  • Obyektiv tomon ma'muriy huquq bilan taqiqlangan harakati yoki harakatsizlikdan iborat.
  • Ma'muriy huquqbuzarlikning subyektlari sifatida jismoniy shaxslar hamda mansabdor shaxslar tan olinadi.16 yoshga va muomala layoqatiga ega bo’lgan shaxslar tortilishi belgilab qo’yilgan.
  • Ma'muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni subyektning g’ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikka va uning oqibatlariga ruhiy munosabatidan iborat. U qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida ifodalanishi mumkin.

Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 23-moddasida

  • Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 23-moddasida
  • ma'muriy jazoning quyidagi turlari belgilab qo’yilgan:
  • jarima;
  • ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita predmeti bo’lgan narsani pul evaziga olib qo’yish;
  • ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita predmeti bo’lgan narsani musodara qilish;
  • shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqi, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
  • ma'muriy qamoq..

Jarima — ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsga belgilanadigan va davlat foydasiga olinadigan pul undirish (MJK 25-moddasi). Fuqarolarga belgilanadigan jarimaning eng ko’p miqdori O’zbekiston Respub-likasining qonunlarida belgilangan eng kam ish haqining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan ortiq bo’lishi mumkin emas.

  • Jarima — ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsga belgilanadigan va davlat foydasiga olinadigan pul undirish (MJK 25-moddasi). Fuqarolarga belgilanadigan jarimaning eng ko’p miqdori O’zbekiston Respub-likasining qonunlarida belgilangan eng kam ish haqining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan ortiq bo’lishi mumkin emas.
  • Haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish — ma'muriy huquq-buzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlangan holda topshirishdan iborat (MJK 26-moddasi).
  • Musodara qilish — ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o’tkazishdan iborat (MJDK 27-moddasi).
  • Maxsus huquqdan mahrum qilish — muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi bo’lib, uch yilgacha bo’lgan muddatga qo’llaniladi. Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo’lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum qilish chorasi qo’llanilishi mumkin emas (8-modda).
  • Ma'muriy qamoq — ma'muriy huquqbuzarlikning ayrim turlari uchun 3 sutkadan 15 sutkagacha bo’lgan muddatga qo’llaniladi.

Download 84.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling