Mantiq dalil keltirish va xulosa chiqarish prinsiplarini oʻrganuvchi falsafiy tadqiqotdir. Mantiq


Download 78.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.12.2021
Hajmi78.97 Kb.
#520208
  1   2
Bog'liq
Mantiq - Vikipediya
fizika 10 uzb, 1-tema, 1-tema, G, ATTESTATSIYA JILD, Tibbiy biologiyadan javoblari, Tibbiy biologiyadan javoblari, Tibbiy biologiyadan javoblari, Tibbiy biologiyadan javoblari, МБ 101 Абдужалилова Ситора, МБ 101 Абдужалилова Ситора, 5-6 sinflar, 5-6 sinflar, 5-6 sinflar, 5-6 sinflar


Mantiq

Bu maqola falsafa ostsohasi haqidadir. Matematika ostsohasi uchun 

Matematik mantiq

maqolasiga qarang.

Mantiq 

dalil


 keltirish va 

xulosa


 chiqarish prinsiplarini oʻrganuvchi 

falsafiy


 tadqiqotdir.

Mantiq, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M.

oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq

mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Qadimda M. falsafa tarkibida

boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab

Parmenidning "Tabiat toʻgʻrisida" asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u

yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida

Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga

sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi

boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning "Kategoriyalar", "Talqin haqida",

"Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Sofistik raddiyalar haqida", "Topika" nomli asarlari M.

masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni "maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi",

"chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi" fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar

maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi

inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta

Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan

sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi

buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining "Mantiqqa kirish", "Ilmlarning kelib

chiqishi va tasnifi" asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha,

M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va

ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va

isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning "Kitob

ashshifo", "Kitob annajot", "Donishnoma" asarlarida M.ga doir fikrlari bayon etilgan. "M. bilingan

(bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va



haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab

beradigan ilmdir", degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni

egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino,

Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida M.

masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida oʻrganildi.

Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa M. ilmi turli yoʻnalishlarining

yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy

tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini

tafakkur tashkil etadi. M.ning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini

oʻrganishdir.

M. tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi

aloqadorlikni koʻrsatadigan qonun qoidalar yigʻindisini oʻrganadi. M.ning vazifasi — chin fikrni,

haqiqatni aniqlash. M. ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkurdir Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha,

hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va

ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar

(mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda

ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan

toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb

ataladi (qarang 

Isbot


). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina

erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang 

Ayniyat qonuni

Ziddiyat qonuni



Yetarli asos qonuni

,

Uchinchisi istisno qonuni



) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi

mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan,

xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish

mumkin. Bularning barchasi M. ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang

Induksiya

Deduksiya



) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.

Hozirgi paytda M.ning formal M., dialektik M., matematik M. kabi yoʻnalishlari bor. Formal M.

tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan

mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq

qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik M. tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida

hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik M. tafakkurni matematik metodlar yordamida

tadqiq etadi. U hozirgi zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori

darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-asrda noanʼanaviy M.ning

turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Y. Lukasevich, Geyting ,

Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va

shahrik.), konstruktiv M. lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal M. kabi

nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.




Oʻzbekistonda M. masalalari bilan dastlab M. M. Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov

shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va

boshqa M.ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.

Xayrullayev M. M., Haqberdiyev M., Logika, T., 1984; Sharipov M., Fayzixoʻjayeva D., Mantiq

(maʼruzalar matni), T., 2001.

[1]


Formal fan

 sifatida mantiq 

abstrakt

 unsurli tizimlarni tadqiq etadi, bu unsurlar taʼkid yoki

argumentlar boʻlishi mumkin. Mantiq muammolari oʻzi ichiga 

paradokslar

xatolar


sabab


 va

oqibatlar

 orasidagi bogʻlarga oid savollarni oladi.

Deduksiya (mantiq)

Induksiya (mantiq)

Falsafiy Mantiqqa Kirish (http://www.galilean-library.org/int4.html)

, Paul Newall 

(ingl.)


Download 78.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling