Mantiqiy Savollar !!! Uch qishloq


Download 215.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2020
Hajmi215.58 Kb.
#135680
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 MANTIQIY SAVOLLAR


Ozod SAYMOV                                                                                              Tel: 93 609-99-55 

Mantiqiy Savollar !!! 

Uch qishloq 

Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan 

Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida 

faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. 

To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:  

-Bizning qishloqqa o't ketdi.  

-Siz qayerda yashaysiz ?  

-"Aralash" qishlog'ida.  

Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?  

 

Pirog taqsimlash  

Quyidagi rasmda berilgan pirogni uch kesishda teng sakkiz bo'lakka bo'ling. 

 

 



Matematik necha yoshda ? 

Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan 

so'radi: 

- Hozir necha yoshdasiz ? 

ikkinchi matematik javob berdi: 

- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi. 

Savol: Matematik necha yoshda ?  

 

Soat 

Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt ketadi ?  

 

Bozorda 

Qassob 1 000 000 so'm bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. 

Sotuvda sigir, g'oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so'm, g'oz 10 000 so'm va tovuq 2 500 so'm 

turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart.  

Qassob nimalarni sotib oladi ?  

 

Ona va bola 

Onaning yoshi o'z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so'ng ona qizidan 4 baravar katta 

bo'lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.  

 

Qahvaxonada 

Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 

20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga ko'pi bilan nechta mineral suv ichish 

mumkin ?  

 


Ozod SAYMOV                                                                                              Tel: 93 609-99-55 

Tejamli kesim 

Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo'lakka bo'lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib 

bo'lib berish mumkin ?  

 

Mushuklar nechta ? 

To'rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o'tiribdi. Har bir 

mushukning qarshisida uchtadan mushuk o'tiribdi. Xonada hammasi bo'lib nechta mushuk 

o'tiribdi ?  

 

Narx 

Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so'ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga o'zgaradi ?  

 

Guruh talabalari 

Guruhda 10 ta talaba o'qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo'l berib ko'rishsa, qo'l 

berib ko'rishishlar soni nechta bo'ladi ?  

 

foiz 

10 ning 5%i kattami, 5 ning 10%i kattami ?  

 

Tenglama 

ikkita sonning yig'indisi 10 ga teng, ularning ko'paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ?  

 

Hovuzni to'ldirish 

Hovuzni 2 ta quvur orqali suv bilan to'ldirish kerak, Agar Birinchi quvurning o'zi 5 minutda 

to'ldirsa , ikkinchi quvurning o'zi 10 minutda to'ldirsa, ikkala quvur birgalikda necha minutda 

to'ldiradi ?  

 

Harorat 

Harorati -3 C bo'lgan 2 litr suvga, harorati -5 C bo'lgan 10 litr suvni qo'shsak, Bu suvning 

harorati qanday bo'ladi ?  

 

Ustunlar orasidagi masofa 

Uzun yo'l bo'ylab ketma-ket 10 ta ustun ornatilgan, har bir ustundan keyingisigacha oralig'i 1 

km. masofa. Birinchi ustundan o'ninchi ustungacha necha km. masofa ?  

 

Bo'shliq qayerdan keldi ? 

Quyidagi rasmda 2 ta bir xil uchburchak chizilgan. yuqoridagi Uchburchaning yuzasi 3 ta turli 

xildagi shakl bilan to'ldirilgan, pastda esa shu shakllarning o'rni almashtirilgan. Pastdagi rasmda 


Ozod SAYMOV                                                                                              Tel: 93 609-99-55 

bo'sh katakcha qayerdan hosil bo'ldi ? 

 

 

Kutilmagan vaziyat 



Har biri 40 tadan vagonni tortib ketayotgan A va B paravozlar bitta temir yo'lda duch kelib 

qolishdi.(rasmga q.) Ularning orasida bor yo'g'i paravoz bilan birgalikda 20 ta vagon sig'adigan 

boshi berk tarmoq yo'l bor. Qanday manevr qilib poezdlar bu kutilmagan vaziyatdan qutilib, o'z 

yo'nalishlarida harakatni davom etishlari mumkin ? 

 

 

Hovuzdan suv olish 



5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin ?  

 

Kumush zanjir 

Sayyoh bir shaharda bir hafta turish niyatida karvonsaroydan joy band qilmoqchi bo'ladi. 

Karvonsaroy sohibi undan har kuni bir tangadan berishni so'raydi. Sayyoh, o'zida bu yurtning 

tangalari yoqligini, lekin 7 ta halqali kumush zanjiri borligini (rasmga q.) aytadi va har kuni 

ertalab bittadan halqa to'lashni taklif etadi. Karvonsaroy egasi rozi bo'ladi, faqat halqalarni 

imkoni boricha kam joyidan qirqishini tayinlaydi. Buni amalga oshirish uchun nechta halqani 


Ozod SAYMOV                                                                                              Tel: 93 609-99-55 

qirqishga to'g'ri keladi ?  

 

 

Ikki qabila 



Bir orolda ikkita - rostgo'ylar va yolg'onchilar qabilalari yashaydi. Birinchi qabiladagilarning 

hammasi faqat rost, ikkinchi qabiladagilarning hamasi faqat yolg'on gapiradi. Orolga kelib 

qolgan sayohatchi orolliklardan birini ko'rib qolib uning kimligini so'raydi. Orollik o'zini 

yolg'onchilar qabilasidan ekanligini aytadi.  

Savol: orollik sayyohni aldamayaptimi ? Aslida u qaysi qabiladan ?  

 

Pifagor va uning shogirdlari 

Pifagordan "shogirdlaringiz nechta" -deb so'rashganda, u shunday javob berdi : 

"shogirdlarimning yarmi matematikani, to'rtdan biri tabiatni o'rganishyapti. ularning yettidan biri 

vaqtini mulohaza yuritish bilan o'tkazyapti, qolgan qismini esa, 3ta qiz tashkil qiladi."  

Pifagorning shogirdi nechta ?  

 

Uch kaptar 

Tep tekis yerda donlab yurgan uch kaptar "gur" etib osmonga ko'tarildi. Ayting-chi ular qachon 

yana bir tekislikda bo'lishadi ?  

 

Kofe 

Tabiiy kofe tarkibidagi kofeinning 97 foizi ajratib olingandan so'ng, qolganidan ichimlik 

tayyorlanadi. Tabiiy kofedan tayyorlangan bir piyola ichimlikdagi kofein miqdoricha kofein 

iste'mol qilish uchun bu tayyorlangan ichimlikdan necha piyola ichish kerak ?  

 

Shahar aholisi 

Toshkent shahridagi aholining 85 foizi o'zbekcha so'zlasha oladi. 75 foizi esa ruscha so'zlasha 

oladi.Agar shahardagi har bir fuqaro kamida bu ikki tildan birini bilsa, Har ikkila tida so'zlasha 

oladiganlar necha foizni tashkil qiladi?  

 

Ekvator bo'ylab 

Agar yer yuzini ekvator bo'ylab piyoda aylanib chiqishimiz mumkin bo'lganda edi, boshimiz 

tovonimizga qaraganda ko'proq yo'l bosgan bo'lar edi. Aytingchi, bu farq sizningcha nimaga teng 

?  

 

Metroda 



Metroning o'ziyurar zinapoyasida ikki kishi zinapoya yo'nalishida yugurib chiqishyapti ularning 

biri ikkinchisiga qaraganda tezroq yugurmoqda. Savol: ularning qaysi biri yuqoriga 

ko'tarilguncha ko'proq zinapoya pog'onalarini sanaydi ?  

 

Ahil sinf 

Bizning sinfda 35 o'quvchi bor. har birimiz roppa-rosa 11 ta sinfdoshimiz bilan do'stmiz.  

-Buning bo'lishi mumkin emas, -dedi darhol Ahmad o'rtog'iga.  

Va u haq edi. Nega?  

 

Eynshteyn topishmog'i 

Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, 

boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.  

Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar: 

1. Ingliz qizil uyda yashaydi. 

2. Shved kuchuk boqadi. 

3. Daniyalik choy ichadi. 



Ozod SAYMOV                                                                                              Tel: 93 609-99-55 

4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ... 

5. ...uning egasi kofe ichadi. 

6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi. 

7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi. 

8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi. 

9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi. 

10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi. 

11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi. 

12. Winfield chekuvchi pivo ichadi. 

13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida. 

14. nemis Rothmans chekadi. 

15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi. 

Savol: Kim baliq boqadi ? 



Quyoshli kunda 

Quyoshli kunda daraxt soyasining uzunligiga qarab daraxtning balandligini qanday aniqlasa 

bo'ladi ?  

 

Sartarosh 

Bir sartaroshni oldiga mijoz kelibti sochini oldirgach sartaroshni pul turadigan qutisidagi pul 

qancha bo'lsa shuncha tashlabti va qaytimiga 20 so'm olib ketibti..  

ikkinchi mijoz ham kelib huddi shunday qilibti yani qutida qancha pul bo'lsa shuncha tashlabti 

va 20 so'm olib ketbti.. 

uchunchisi ham yuqoridaga voqeyani takror qilibti va natijada sartaroshni qutisida mutlaqo hech 

narsa qolmabti yani puli tugabti hosh savol birinchi mijoz kelganida sartarosh qutisida qancha 

pul bo'lgan va ular qanchadan bergan?  

 

Bakteriya 

1ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko'payadi. O'sha 1ta bakteriyani bir bonka(idish)ga solganimizda 

1 soatta liq to'ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi ?  

 

Vaznsizlik 

Kosmik kemada vaznsizlik holatida, qum soat, prujinali soat, mayatnikli soatning qaysi biridan 

foydalanish kerak ?  

 

G'ildirak 

Quyidagi rasmda g'ildirak va uning ustida taxta turibdi. Agar g'ildirak v tezlik bilan harakatlansa 

uning ustidagi taxta qanday tezlik bilan oldinga harakatlanadi?  

 

 

ustunlar 



uzun yo'l bo'ylab 10 ta ustun o'rnatilgan, har bir ustundan keyingisigacha 1 km masofa. Sportchi 

birinchi ustundan o'ninchigacha yetib bordi va yana birinchi ustuga qaytib keldi. Sportchi qancha 



masofa yo'l bosdi ? 

Download 215.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling