Mantiqut-tayr (I- qism) Farididdin Attor
Download 147.79 Kb.
|
mantiqut-tayr i- qism
Mantiqut-tayr (I- qism) Farididdin Attor Mantiqut-tayr (I- qism) Farididdin Attor Fariduddin Attor Ma’naviy Merosi Qaysi qush, Qofi fano anqosi ul Jumlai qushlar tili donosi ul. Kashfi asrori haqoyiqda farid, Nutqidin ahli haqiqat mustafid... Alisher Navoiy Sho‘rolar davrida muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni o‘zbekchaga tarjima qilib, nashr etishni, Rasululloh SAV hayotnomalarini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy, imom al-Motirudiy meroslarini o‘rganishga yo‘l yo‘q edi. Kim diniy qadriyatlarimiz jamlangan kitoblarni, hadisi shariflarni nashr etish tugul, o‘qisa ham, jazoga tortilar edi. Ming bor shukrki, Istiqlolga erishdik. Qur’oni karim, hadislar ma’naviy hayotimizda yana yuksak qadrini topdi, diniy-falsafiy xazinalarimizni o‘rganishga keng yo‘l ochildi. Abu Nasr Forobiyning «Madinat ul-fozila», imom al-Buxoriyning «Jomi’ as-sahih», «Adab al-Mufrad», imom G‘azzoliyning «Kimiyoi saodat» (muxtasari), Aziziddin Nasafiyning «Zubdat ul-haqoyiq», Fariduddin Attorning «Ilohiynoma», Jaloliddin Rumiyning «Fihi mo fih» («Ichindagi ichindadir»), «Masnaviyi ma’naviy», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvati sultoniya», Abul-Lays Samarqandiyning «Bo‘ston ul-orifiyn», «Tanbeh ul-g‘ofiliyn», So‘fiy Olloyorning «Sabot ul-ojiziyn», at-Termiziyning «Sunani Termiziy», «Shamoyili Muhammadiya», Alixon To‘ra Sog‘uniyning «Tarixi Muhammadiy» kabi durdona asarlari Istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy mulkiga aylandi. Jahondagi buyuk so‘fiy faylasuflardan biri Fariduddin Attorni daho o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarida bunday ta’riflaydi: «Qushlar tilini tushunish olamda faqat bir zotga, Sulaymon payg‘ambarga nasib etgan edi. So‘ng uning vaziri Osaf tushundi-yu, ammo hech kimga tushuntirmadi. Shundan so‘ng charx aylanib, ming yillar o‘tib, olamga bir zot keldi. U qush tili (falsafiy ramzlar)ni tushuntirishda Sulaymon nabiydan ham, vaziri Osafdan ham o‘zib ketdi. Qushlar tilni go‘yo undan o‘rgandilar. Haq taolo muning nutqini go‘yo (bulbul) ayladi. Nukta deb anjom ila og‘ozdin, oncha gavhar sochti ganji rozdin». Navoiy aytadiki, bu ilohiy sirlarni forsiy tilni bilganlar tushundilar. Attor asaridagi ganjlarning sirlarini turkiy tilli xalqlar ham tushunsin deb, kamina bu xazinalarni turkiy tilda kashf etishga kirishdim. Barcha mumtoz ulamolar fikricha, Allohni tanimagan, Uning ma’rifatini bilmagan odam ilohiy olam sirlarini hech qachon tushunolmaydi. Agar odam Allohni-Haqni bilsa, o‘zining ham naqadar aziz, sharafli zot ekanligini tushuna boshlaydi. Buni tushuna boshlagach esa odam o‘zidagi yomon fe’l-atvor, tuban qiliqlar, baxillik, ichi qoralik, badnafslik, boshqa insonlarga jabr-zulm qilish, kibru havo, jahl-g‘azab bilan kamtarin, sofdil odamlarning dilini og‘ritish — inson ishi emasligini, odam tabiatiga nomunosib ekanligini tushuna boshlaydi. Alisher Navoiy bolalik chog‘larida maktabga qatnab yurganida hayotini barcha tengdoshlaridan boshqacha qilib, tubdan o‘zgartirib yuborgan bir voqea sodir bo‘ldi. Uning qo‘liga Chingizxon davrida yashagan mo‘g‘ul kofirlari qo‘lida shahid ketgan shayx Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush tili mantiqi») kitobi tushib qoldi. Turli nodir hikoyatlar va tamsillarga boy bu asar yosh Alisherning ruhiy olamini cheksiz darajada boyitib yubordi, uning dilini ilohii olam sirlariga oshno qildi. Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida o‘ta kamtarin-lik bilan, o‘zini tuproq bilan tenglab, ma’naviy ustozi Fariduddin Attorni ilohiy sirlarning kashfiyotchisi deb, ko‘klarga ko‘taradi: «Qushlar tiliga yo‘l topganlardan biri Sulaymon payg‘ambar edi. Keyin vaziri Osaf undan ta’lim olib, qushlar tilini o‘rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor etmadi... Boshqa odamlar (shoirlar ham) qush tilini bilmaganlari uchun, uning fahmiga yetmae edilar. Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan necha ming yilni o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng chiqqan sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o‘tkir aqlli, omadi yurishgan bir qush (Fariduddin Attorni aytmoqchi) maydonga chiqdi. Uni qush dema, balki, Fano Qofining anqosi de, barcha qushlar tilining donosi de! U, bu yo‘lning boshlovchisi va avliyo qiblasi bo‘lib, ko‘ngli haq yo‘lni ko‘rsatish uchun jilolangandi. U, haqiqat sirlarini kashf etishda farid. yagona va tengi yo‘qdir, nutqidan haqiqat ahli bahramand...» Navoiy jon quydirib aytishicha, Download 147.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling