Maqola va uning janrlari Rejasi


Download 51 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi51 Kb.
#1455843
Bog'liq
12-mavzu. Maqola va uning janrlari Rejasi


Maqola va uning janrlari
Rejasi:

    1. Maqola tushunchasi

1.2Maqola va uning turlari
Maqola —publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola., muammoli maqola. keng qoʻllanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo’lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targʻibot maqola ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda maqola janri tarixi, asosan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida M.ning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashirdir.
Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqola adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.

  2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.

  3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Ilmiy maqola yozish uslubiyoti haqida yozishdan oldin maqola o’zi nima degan savolga to’xtalsak. Adabiyotshunoslikda maqola publistik janr hisoblanadi. Janrda ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati va iqtisodiyoti, texnika fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.
Endi ilmiy maqola tushunchasi haqida to’xtalamiz. Ilmiy maqola bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qiladi. Ilmiy maqola vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish o’quvchining intellektual saviyasini oshirishdan iborat. Ilmiy maqola yozishdan oldin maqola nima uchun yoziladi, ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi, maqoladan qanday xulosa chiqarish kerak, degan sayollarga javjb o’ylash lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko’zlash kerak bo’ladi. Ilmiy maqola yozishda birinchi bo’lib, mavzuni belgilash, uning tahlili, reja, tezislarni tuzish kerak. Maqolalar ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqola faqat uchinchi shaxs tomonidan yozilishi shart. Maqola bayoni o’quvchi uchun qulay bo’lgan ketma-ketlikda olib borilishi, bu quyidagicha bo’lishi kerak: umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga qarab fikrlar bildiriladi. Maqolaning mantiqiy tuzilmasi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Kirish qismida mavzu asoslanishi, ilmiy nazariy jihatdan uning istiqboli (perespektivligi) berilishi, bugungi kun talablari asosida ko’rib chiqilishi kerak. Asosiy qismda dalillar, ilgari surilgan ilmiy xabarni tasdiqlaydigan faktlar bo’lishi, bunda induksiya va deduksiyadan foydalanish, ya’ni aniqdan umumlashtirishga, umumiydan batafsil ko’rib chiqishga o’tish lozim bo’ladi. Xulosada asosiy fikrni ixchamlab tezislar shaklida bayon qilinishi, ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan umumlashmalar berilishi va muammoning davomiyligini ko’rsatish kerak.
Maqola mazmuni mavzuga muvofiq bo’lishi maqolaning asosiy tezisi aniq, lo’nda bo’lishi va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilgan bo’lishi, maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan mutanosib (proporsional) bo’lishi, mantiqlikning buzilishlari bo’lmasligi, ish ilmiy uslub talablariga javob berishi, nutqiy xatolar bo’lmasligi lozimdir va bular maqola yozishning asosiy talablaridir. Masalan, Qo’qon DPI BTM kafedrasi dotsenti Zokirjon Isaqovning “SHe’rning lisoniy tahlili xususida” maqolasida (Ilmiy to’plam. Т., .2014), Qo’qon DPI katta o’qiluvchisi Dilorom Saliyevaning “O’quvchilarda o’zini o’zi anglash orqali o’quv mustaqilligini ta’minlash” (“Xalq ta’limi” j.2014 yil 5-son), TDPU dotsenti Nargiz Nishonovaning “Farzand tarbiyasida mutaffakrlarimiz merosidan foydalanish yo’llari” (“Xalq ta’limi” j. 2014 vil 5-son) maqolalari bunga misol bo’la oladi.
Xulosa qilib aytganda ilmiy xabar va ilmiy maqola zamon talabiga mos, tushunarli ilmiy tilda yozilgan, ilmiy yangilikka ega yaxlit tugallangan ilmiy asar bo’lishi lozim.
Ilmiy-ommabop maqolalarning o`z o`rni bor. O`quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo`lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to`g`risada mushohada yuritishga ko`nikma hosil qiladilar. Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari, ulug` allomalar hamda ma’naviyatimiz o`zanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy ahamiyatga molik maqolalar yosh avlod dunyoqarashida o`ziga xos burilish yasaydi. Ya’ni, ularning tafakkur olami boyishi, shiddat bilan taraqqiy etayotgan ona-Yurtimizga nisbatan yuksak faxr-iftixor uyg`onishiga zamin hozirlaydi. Qolaversa, bunday maqolalarning janriy xususiyatlariga e’tibor qaratish yanada muhim. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida ilmiy ommabop maqolalar rang-barang mavzularda o`z ifodasini topayotir. Unda o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida muhim tushunchalar berib boriladi. O`quvchilar o`zlari tu`g`ulib o`sgan ona-Vatani, ona tilini qadrlashi, milliy xalq qadriyatlari, turmush tarzi va mehnati, fidoyi zamondoshlarimiz haqida ana shunday maqolalar orqali tanishib boradilar.
Ilmiy-ommabop matn va maqolalar ifodasi har bir sinfda o`ziga xos talqinga ega. Masalan, mustaqillik mavzusi 1-2-sinf O`qish kitobida kichik hajmdagi, ixcham matnlarda bayon etilsa, 4-sinfda esa bu publitsistik maqolalar tarzida beriladi.
Ta’kidlash joizki, ilmiy-ommabop maqolalarni o`rganishda pedagogik texnologiyaning barcha interfaol usullaridan keng foydalanish mumkin. Faqat bunda ijtimoiy real voqelik, ijtimoiy hayotdagi hozirjavoblik hissi ustunligiga ko`ra, ma’lumotlar yangilanib, almashtirib borilishini e’tibordan soqit qilmaslik zarur.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling