Maqolalari Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega.Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi.Ilk maqolalaridanoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan.,,,Oyna ''jurnalining ilk sonidayoq,, lkki emas to'rt til lozim ''degan maqola chop etilgan. Shuningdek adabiy tanqidga katta ahamiyat bergan va masala xususida ko'p maqolalar chop ettirgan.
Nashr qilingan asarlari,,Padarkush'',,Sharq yulduzi'' gazetasi 1989-yil,,Ehtiyoji millat'',,Sovet O'zbekiston'' gazetasi 1989-yil,,Bayoni haqiqat'',,Fan va turmush'' gazetasi 1992-yil,,Yoshlarga murojaat'',,Tafakkur '' jurnali 1994-yil,,lkki emas to'rt til lozim'',,Tafakkur'' jurnali 1994-yil
Jadidchi, jonkuyar, fidoiy adibimiz haqida qancha gapirmaylik,maqolalar yozmaylik hayotlik chog'larida qilgan ishlarini ta'riflab bo'lmaydi.Butun umrini jaholat va zulmatni ilm-fan,ma'rifat yog'dusi bilan yoritishga bag'ishlagan Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va faoliyati bugungi biz yoshlarga o'rnak bo'lishga arziydi. O'z zamonasida ziyolilarning yetakchisi,ma'rifat fidoiysi millatparvar sifatida tanilgan Behbudiy 1919-yil 25-martda Shahrisabzda qatl qilinadi.
Mahmudxo'ja Behbudiyning xotirasiga bag'ishlab juda ko'plab allomalarimiz marsiyalar yozishdi. Misol tariqasida: Fitratning,,Behbudiyning sag'anasini izladim '' Ayniyning,,Behbudiy ruhiga ithof '' Cho'lponning,,Mahmudxo'ja Behbudiy xotirasi '' Ayniyning,,Behbudiy afandini esga tushurib, qatl va qatlgohiga '' Ingeborg Baldaufning,,Mahmudxo'ja Behbudiy Falastinda ''
Do'stlaringiz bilan baham: |