Maqsad va vazifalari Etika. Umumiy tushunchalar


Download 23.71 Kb.
bet1/3
Sana16.05.2022
Hajmi23.71 Kb.
#668944
  1   2   3
Bog'liq
Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati.
Shlak va shlakli sementlar., Atom va yadro fizikas, 2 5462881006723797575, Mavzu Ma\'naviyat asoslari fanining predmeti va vazifalari, Reference-304201108885 (1), “Chiroyli raqamlarga chegirmalar” aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlari-1, 8-sinf test 4--chorak, Zamonaviy stomotologik dastaklar-www.hozir.org, Optik nazorat usullari, ahmad TSQI MI, 9-tema.OLIYMAT (3), Metodika fani o`qituvchisining o’quv me`yoriy, 4, Мактабгача ёшдаги болалар жисмоний тарбияси

Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati.


Reja:
1. «Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursining

maqsad va vazifalari

2. Etika. Umumiy tushunchalar




1. «Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursining

maqsad va vazifalari


Kasb odobi (etikasi) bu insonlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardan biridir. Kasb odobi – jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas odob-axloq yo‘q. Odobaxloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Yillar o‘tishi bilan ishlabchiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan odob-axloq qoidalari va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topadi. Shunday qilib, kasb odobining paydo bo‘lishi uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan odob-axloq bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan, mazkur kasb-hunar vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar berishi bilan; ikkinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu odob-axloq baho omillariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasb-hunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin:

  • o‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi;

  • tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi;

  • huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi;

  • xizmat ko‘rsatish ixtisosligiga qarab – xizmat ko‘rsatish odobi va hokazo.

Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bunda o‘zini ham ayamasligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod burchi unga har qanday vaziyatda ham qiyinchiliklarga qaramasdan, ba’zi hollarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham bemorga yordam berishga undaydi.
Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, avvalambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyojini qondirishga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi.
«Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursining maqsad va vazifalari avvalambor xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb odobi umuminsoniy axloq qonunlarini, tamoyillari va me’yorlarini, estetik qadriyatlarini aholiga xizmat ko‘rsatish, muomala qilish hamda ularga axloqiy tarbiya berish, estetik madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
Odob-axloq me’yorlari axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi va axloqiy ong shakllarida mavjud bo‘ladi.
Odob-axloq tamoyillari – umumlashgan axloqiy tushunchalar bo‘lsa, odob-axloq me’yorlari axloqiy tamoyillarga rioya qilish uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini ko‘rsatadi.
Xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb axloqi me’yorlariga quyidagilar kiradi: xushmuomalalilik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, sobitqadamlik, ochiq ko‘ngilillik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiy, sipolik, kattalarni hurmat qilish va boshqalar.

Download 23.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling