Mard askar -yoshlarga namuna


Download 0.72 Mb.
Sana23.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1223851
Bog'liq
“Mard askar –yoshlarga namuna”


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Mard askar –yoshlarga namuna” shiori ostida talaba yoshlar bilan uchrashuv
Bayonnomasi
Olmaliq sh. 16.12.2022
Y оshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ularni harbiy qismlarda, oliy harbiy ta’lim muassasalarida yaratiladigan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Mard askar –yoshlarga namuna” shiori ostida talaba yoshlar bilan uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etilmoqda. Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik F.M.Sirochev, harbiy sinovchi-uchuvchi podpolkovnik V.M.Milenchuk, afg‘on urushi qatnashchisi mayor S.M.Mirzaxmedov, filial profilaktika inspektori mayor A.A.Xaydarov ishtirokida TDTU Olmaliq filialida bo‘lib o‘tgan tadbirda yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi harbiy kuchlari, harbiylar hayoti haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir talabalarga o‘zlarining bilimlarini oshirishga, jamiyatda sog‘lom, o‘zaro hurmat munosabatlarni saqlab qolish uchun mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot olishga ko‘mak berdi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktorning
birinchi o‘rinbosari B.Djamiyev
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling