Mard qushcha
Nogahon qoʻndi yozgi ayvonga,
Noxush koʻrdim, qandaydir qushcha.
Hayot unga shuni anglatdi:
Mitti, ammo jasur boʻlishga.
Oʻyladim, yana uchib ketar,
Shunchaki qushcha, koʻrmagan ozor.
Bilmadim, unga mardlik mezonmi?
Yoki yuragimi kelgan junbishga?
Togʻlar, qanotingda zalvor toʻkadi,
Ular axir senga yelkadosh.
Qorlar mangumas, erib bitadi,
Dardlaringiz bir, boʻlasiz sirdosh.
Senga eslatayin ayni bolalik,
Xuddi sendek xayol surardi.
Balandparvoz, senga yetmas tanholik,
Taqdir qanotidan mahkam quchardi.
Tumshugʻingda hayajon bormi kutishga?
Vujudingni ojiz sezganda biroq,
Tutar qoʻllarimni eski qaltiroq,
Bormi sabab endi uchishga?
Nogahon uchdi yana yuksakka,
Buyuk parvoziday shohona aytdi:
Meni kutmang, bormang yigʻiga!
Insonsiz, mehringiz bering insonga!
08.02.2020. Muallif Nodir Madraxim
Do'stlaringiz bilan baham: |