Markaziy insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o`choqlaridan biri


Download 18.8 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi18.8 Kb.
#266449
  1   2   3
Bog'liq
Sharof


  1. Markaziy insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o`choqlaridan biri

Sivilizatsiya tushunchasi; paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza asri, temir asri antropogenez jarayoni, davlatchilik tushunchasi, diniy e’tiqod, zardo`shtilik.
1 savol. Xozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e’tibor nixoyatda kuchaygan bir davrda, O`zbekiston xududi eng qadimgi davrlardan boshlab jaxon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanlagiga xech qanday shubxa qolmadi. Undan tashqari, nafaqat O`zbekiston, balki, butun O`rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari xam Vatanimizning jaxon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o`rnini yana bir bor ta’kidlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarida erishgan yutuqlari xamda taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishini sivilizatsiya tushunchasi deymiz. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
O`rta Osiyo sivilizatsiyasi turli xududlarda turli davrlarda paydo bo`ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dexqonchilikka o`tib, unumdor xo`jalikni rivojlantirgan bo`lsa, bu davrda shimoliy xududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va o`zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin. Bu o`rinda O`rta Osiyoning cho`l va dasht xududlari xamda tog`oldi va daryo voxalari xududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko`rish (Kopetdog`, Xisor, Zarafshon tog` oldi xududlari xamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon voxasining dasht xududlari) muximdir.
Undan tashqari O`rta Osiyoda turli tuman madaniyat yaratgan qadimgi axolining neolit davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi munosabatlari va bu axolining Sharqdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o`choqlari bilan uzviy bo`lishi xam maxalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatgan.
O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgoxlari Farg`ona vodiydagi Selung`ur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan.
Ilk poleolit davri odamlari jismoniy jixatdan xam, aqliy jixatdan xam xozirgi odamlardan farq qilishgan. Tabiat oldida ojiz bo`lib, unda tayyor bo`lgan maxsulotlarni o`zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dexqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O`rta paleolit davri makonlari Toshkent voxasidagi Obiraxmat, Xo`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Obiraxmat makoni yoysimon shaklda bo`lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o`tkir uchli sihchalar, qirg`ichlar uchraydi, shuningdek, turli xayvonlar suyaklari ham ko`pchilikni tashkil etadi. Yana bir mashxur yodgorlik Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va xayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo`yilgan. O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib turmushida yangi unsurlar paydo bo`la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to`dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar o`choqlar atroflarida to`planib ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo`lib ov qilish paydo bo`ldi.
So`ngi paleolit qadimgi tosh asrining so`ngi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohongorondagi Ko`lbuloq, Toshkentning g`arbidagi Bo`zsuv 1, hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg`ichlar, kesgichlar, sihchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li xududlarda emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutug`i urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir.



  1. Download 18.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling