Markaziy issiqlik punkti Issiq suvlarni sarf bo‘lishini hisoblash


Download 251.47 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2022
Hajmi251.47 Kb.
#623042
  1   2   3   4
Bog'liq
issiqlik 9
3. Tipik rostlagichlarni xossalarini o’rganish, BOLAM DARS QILYAPTI..., mustaqil ish, 2-maruzaga 2-amaliy (3), Информатика фанидан аттестация тестлари, 1-мавзу, 6-мавзу маъруза , 18-листдан, 18 , 18 , 18 , Қурилиш материаллари, Қурилиш материаллари, Қурилиш материаллари, Қурилиш материаллари

Mavzu: Mazkaziy issiqlik punktlari. Issiqlik punktlarining vazifalari va jihozlari. Suv-suvli qizdirgichlarning issiqlik hisobi. Issiqlik punktlarini avtomatlashtirish
Reja:

  1. Markaziy issiqlik punkti

  2. Issiq suvlarni sarf bo‘lishini hisoblash

  3. Uzatuvchi quvurlarning hisobi

Markaziy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minoti odatda 2-20 binoga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallaniladi. Guruhli isitgichlar (yopiq tizimlarda) va aralashtirgichlar (ochiq tizimlarda) markaziy issiqlik punktlarda issiqlik tarmoqlariga xuddi mahalliy issiqlik punktlaridagidek ulaniladi. Markaziy issiqlik punktidan issiq suv kvartal tarmoqlari bo‘yicha kvartalning har bir binosining mahalliy punktiga uzatiladi. Mahalliy issiqlik punktlarida esa binoning issiq suv ta’minoti boruvchi va sirkulyasion tirgaklar orqali markaziy issiqlik punktidan yotqizilgan quvurlarga ko‘p hollarda uyning erto‘la qismida ulanadi.
Issiq suvning markaziy issiqlik punktida guruhli tayyorlanishining afzalliklari bilan bir qatorda ko‘pgina kamchiliklari ham mavjud. Jiddiy kamchiliklarga issiq suv ta’minoti tizimining tirgaklarining markaziy issiqlik punktidan kelgan kvartal quvurlariga bevosita ulanishi kiradi. Bevosita ulaninish boruvchi va sirkulyasion quvurlar oralig‘ida tutashtiruvchi quvurlarning sonini ko‘payishiga olib keladi, bu hol issiq suvning binoda va binolar o‘rtasida tirgaklar bo‘yicha bir tekis taqsimlanishiga qiyinchilik tug‘diradi. Uzoo‘dagi va yaqindagi tutashtiruvchi quvurlardagi gidravlik qarshilik tengsizligi tufayli markaziy issiqlik punktidan binolarning uzoqlashgani sari tutashtiruvchi quvurlardagi suvning sarfi ko‘pincha ko‘p miqdorda kamayib ketadi. Issiq suvning har bir binoda hisobli sarfini tiklash uchun mahalliy issiqlik punktida qo‘shimcha rostlovchi armatura, misol uchun, sarf rostlagich, shaybalarni o‘rnatish talab qilinadi. Bu esa o‘z navbatida tizim ishlashi va xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borishini murakkablashtiradi.
Issiq suv ta’minti tizimlarida tezkor va hajmli suv isitgichlar keng qo‘llaniladi.
Tezkor seksiyali suv isitgichlar (6.4-rasm) tashqi diametri 57-325 mm bo‘lgan standart po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Korpus ichida 7 dan 140 donagacha hamda diametri 16/14,5 va 16/13,2 mm bo‘lgan latun yoki po‘lat quvurchalar joylashgan bo‘ladi. Po‘lat quvurchali seksiyalar vodoprovod suvida tez korroziyaga uchraydi, shuning uchun doimiy sifatli suv bilan to‘ldirilgan bog‘liq bo‘lmagan isitish tizimlarida qo‘llaniladi. Latun quvurchali seksiyalar korroziyaga chidamliligi sababli issiq suv ta’minoti tizimlarida keng foydalaniladi. Isitgichning kerakli isitish yuzasi bir necha sekitsiyalarning birlashtirilishi yordamida amalga oshiriladi. Seksiyalar o‘zaro isituvchi suv harakati bo‘yicha flanetslar yordamida patrubkalar bilan, isitilayotgan suv harakati bo‘yicha qayirilgan qism yordamida ulaniladi. Isitilayotgan suvni quvurchalar ichidan o‘tkazish taviya qilinadi, bu hol quvurchalar ichini tozalashni va suvning ruxsat etilgan tezligi (2 m/s gacha)ni tanlashni engillashtiradi.





Download 251.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling