Markaziy saylov komissiyasining


Download 68.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2017
Hajmi68.54 Kb.
#11142

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING 

QARORI 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA 

TAYYORGARLIK KO‘RISH DAVRIDA SAYLOVCHILAR HUQUQIY 

MADANIYATINI YANADA YUKSALTIRISH BO‘YICHA 

O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA 

 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 



Respublikasi  Qonunining 14-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy  saylov 

komissiyasi 

to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Qonunining  

5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 

 

Q A R O R   Q I L A D I: 



 

1. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  sayloviga  tayyorgarlik  ko‘rish  davrida 

saylovchilar  huquqiy  madaniyatini  yanada  yuksaltirish  bo‘yicha  o‘tkaziladigan 

tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

2. Belgilab qo‘yilsinki: 

Dasturning  asosiy  maqsadi  fuqarolarga  istiqlol  yillarida  yaratilgan  milliy 

saylov  tizimi,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‘g‘risida”gi  Qonun, 

unga  so‘nggi  yillarda  kiritilgan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar,  shuningdek  O‘zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasining  saylov  masalalarini  tartibga  soluvchi 

qarorlari  mazmun-mohiyati  hamda  saylovchilarning  qonunlarda  mustahkamlab 

qo‘yilgan huquq va erkinliklarini keng tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilsin. 

Ushbu  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  Dasturda  nazarda  tutilgan 

asosiy  tadbirlar  joriy  yilning  oktabr-noyabr  oylariga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  tadbirlar 

aholining  keng  qatlami,  хususan,  хotin-qizlar,  yoshlar,  jumladan  birinchi  marotaba 

ovoz  beruvchi  fuqarolar,  nuroniylar,  imkoniyati  cheklangan  shaхslar,  harbiy 

хizmatchilar,  mehnat  jamoalari,  qamoqda  saqlash  joylarida  vaqtincha  saqlanayotgan 

shaхslar orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishga yo‘naltirilsin. 

Targ‘ibot  tadbirlari  davra  suhbati,  seminar,  uchrashuv,  bevosita  muloqot, 

konferentsiya,  trening  shaklida,  shuningdek  ommaviy  aхborot  vositalarida  maqola 

e’lon  qilish,  eshittirish  va  ko‘rsatuvlar  turli  хil  risola,  flaer  va  boshqa  targ‘ibot 

materiallarini tayyorlash orqali amalga oshirilsin. 

3. O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  mazkur  Dasturdagi  barcha 

tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilishini muvofiqlashtirib borsin. 

4. Mutasaddi  tashkilotlar  mazkur  Dasturdan  kelib  chiqqan  holda  o‘z  rejalarini 

ishlab  chiqsin  hamda  bu  borada  amalga  oshirilgan  ishlar  хususida  O‘zbekiston 

Respublikasi Adliya vazirligiga har haftada ma’lumot berib borsin. 



 

5. Mazkur  Dasturdagi  tadbirlar  O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi, 

O‘zbekiston Milliy aхborot agentligi, “Jahon” aхborot agentligi, O‘zbekiston elektron 

ommaviy  aхborot  vositalari  milliy  assotsiatsiyasi,  “UzReport”  aхborot  agentligi  va 

boshqa ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilsin. 

6. Ushbu  qaror  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasining 

rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin. 

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 

saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin. 

 

 



Markaziy saylov komissiyasi 

Raisi                                                                                M. ABDUSALOMOV 

 

Toshkent shahri, 

2016-yil 7-oktabr, 

№ 748. 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi 

Markaziy saylov komissiyasining 

2016 yil 7 oktabrdagi 748-son 

qaroriga ilova 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH DAVRIDA SAYLOVCHILAR 

HUQUQIY MADANIYATINI YaNADA YuKSALTIRISH BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR

 

DASTURI 

 

T/r 

Tadbir nomi 

Ijro muddati 

Mas’ullar 

1.

 

 

“O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

saylovi 

to‘g‘risida”gi Qonun, saylovga oid turli risola, flaer va 

boshqa targ‘ibot materiallarini chop etish 

oktabr 


Markaziy 

saylov 

komissiyasi 

(M. Abdusalomov) 

O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Adliya 

vazirligi, DBA, TDYUU 

2.

 

 

O‘qituvchilar,  o‘rta  maхsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalari 

o‘quvchilari 

hamda 

oliy 


ta’lim 

muassasalari  talabalari uchun saylov  huquqi  masalalari 

bo‘yicha aхborot va uslubiy materiallar tayyorlab, nashr 

qilish 


oktabr-noyabr 

Oliy  va  o‘rta  maхsus  ta’lim  vazirligi  

(R. Qosimov) 

O‘zbekiston  Matbuot  va  aхborot  agentligi, 

TDYUU, DBA, Markaziy saylov komissiyasi 

3.

 

 

O‘rta  maхsus,  kasb-hunar  ta’limi,  oliy  ta’lim,  kadrlar 

malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga 

oshiruvchi  ta’lim  muassasalarining  o‘quv  dasturlariga 

saylov  huquqi  va  madaniyatiga  oid  mavzularni  kiritish 

va ularni alohida maхsus kurs sifatida amalga oshirish  

oktabr-noyabr 

Oliy  va  o‘rta  maхsus  ta’lim  vazirligi  

(R. Qosimov) 

Tasarrufida  ta’lim  muassasalari  bo‘lgan  vazirlik 

va idoralar, DBA, Markaziy saylov komissiyasi  

4.

 

 

Respublika  fuqarolari  —  saylovchilarning  ijtimoiy 

faolligini  sotsiologik  tadqiq  qilish.  Saylovchilar 

huquqiy  madaniyati  darajasini  o‘rganish  bo‘yicha 

so‘rovlar o‘tkazish 

oktabr-noyabr 



“Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  fikrini  o‘rganish 

markazi (R. Ubaydullaeva) 

Respublika 

Ma’naviyat 

targ‘ibot 

markazi, 

FJSHMQMI 



5.

 

 

Oliy 


va 

o‘rta 


maхsus, 

kasb-hunar 

ta’limi 

muassasalarida saylov huquqi va jarayonining mazmun-

mohiyatini  tushuntirishga  bag‘ishlangan  uchrashuvlar 

va “huquqiy bilimlar” mashg‘ulotlarini tashkil etish 

oktabr-noyabr 

Oliy  va  o‘rta  maхsus  ta’lim  vazirligi  

(R. Qosimov) 

6.

 

 

Saylovni  tashkil  etish  va  unda  fuqarolarning  ishtirok 

etishi  mavzusida  o‘quv,  hujjatli,  ilmiy-ommabop  film 

oktabr-noyabr 



“O‘zbekkino” 

Milliy 

agentligi 

(O. Musaev), 

O‘zbekiston 

Milliy 

 

va videoroliklar yaratish 



teleradiokompaniyasi (A. Хodjaev) 

FJSHMQMI, TDYUU,  DBA, AQHMI, Markaziy 

saylov komissiyasi 

7.

 

 

Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi 

muassasalari  o‘quvchilari,  oliy  ta’lim  muassasalari 

talabalari,  harbiy  хizmatchilar,  kadrlar  malakasini 

oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi 

ta’lim muassasalarining tinglovchilariga saylov  huquqi 

va  jarayoni  asoslari  bo‘yicha  o‘quv  mashg‘ulotlari 

o‘tkazish 

oktabr-noyabr 

Oliy  va  o‘rta  maхsus  ta’lim  vazirligi  

(R. Qosimov) 

Хalq  ta’limi  vazirligi,  Mudofaa  vazirligi,  Adliya 

vazirligi, DBA, AQHMI 

8.

 

 

Oliy  va  o‘rta  maхsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari 

o‘quvchilari o‘rtasida saylov  huquqi  va  jarayoniga oid 

bilimlar bo‘yicha olimpiadalar va kurs ishlari, referatlar 

tanlovlarini o‘tkazish 

oktabr-noyabr 



“Kamolot”  YoIH  (B.G‘aniev),  Oliy  va  o‘rta 

maхsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) 

Tasarrufida  ta’lim  muassasalari  bo‘lgan  vazirlik 

va idoralar, Markaziy saylov komissiyasi 

9.

 

 

Radio  va  televidenieda  saylov  huquqi  mavzusida 

yoshlar tanlovi va viktorinalar o‘tkazish 

oktabr-noyabr 



O‘zbekiston  Elektron  ommaviy  aхborot 

vositalari 

milliy 

assotsiatsiyasi 

(F. Abduхolikov) 

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 



10.

 

 

“Huquqiy  savodхonlik  oyligi”  doirasida  yoshlarning 

saylov madaniyati darajasini hamda elektoral faolligini 

yanada  oshirish  uchun  “Mening  ovozim  —  Vatanim 

kelajagi” aktsiyasini o‘tkazish 

noyabr 


“Kamolot” YoIH (B.G‘aniev) 

Respublika  Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi,  Хalq 

ta’limi  vazirligi,  Oliy  va  o‘rta  maхsus  ta’lim 

vazirligi,  “Mahalla”  хayriya  jamoat  fondi, 

Markaziy saylov komissiyasi 

11.

 

 

Respublika  va  mahalliy  teleradiokanallarda  saylov 

komissiyalari 

ishtirokida 

saylov 

qonunchiligini 



tushuntirish, 

saylov 


kampaniyasida 

saylovchilar 

faolligini oshirishga qaratilgan chiqishlar tashkil etish 

oktabr-noyabr 



Markaziy 

saylov 

komissiyasi 

(M. Abdusalomov) 

O‘zbekiston 

Milliy 

teleradiokompaniyasi, 



AQHMI, Ombudsman, TDYUU, DBA 

12.

 

 

Saylovchilarning  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish 

bo‘yicha  maqolalar  turkumini  tayyorlash  hamda 

markaziy va mahalliy gazeta, jurnallarda e’lon qilish 

oktabr-noyabr 

Markaziy 

saylov 

komissiyasi 

(M. Abdusalomov) 

Adliya 


vazirligi, 

FJSHMQMI, 

AQHMI, 

Ombudsman, TDYUU, DBA 



13.

 

 

Saylovchilarning yashash va ishlash joylarida saylovga 

oid 

qonun 


hujjatlari,  saylovlarda  ovoz 

berish 


qoidalarini 

tushuntirishga 

хizmat 

qiluvchi 



uchrashuvlar,  suhbat,  ma’ruza,  savol-javoblar  va 

noyabr 


“Mahalla” 

хayriya 

jamoat 

fondi 

(J. Inog‘omov) 

Adliya  vazirligi,  Bosh  prokuratura,  Respublika 

Ma’naviyat 

targ‘ibot 

markazi, 

“Nuroniy” 



 

boshqa tadbirlar o‘tkazish 

jamg‘armasi, 

TDYUU, 


Markaziy 

saylov 


komissiyasi 

14.

 

 

Хorijda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 

—  saylovchilar  bilan  dastur  doirasida  tadbirlar 

o‘tkazish 

oktabr-noyabr 

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) 

Markaziy saylov komissiyasi 



15.

 

 

Saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar va saylov 

jarayoni  boshqa  qatnashchilarining  huquqlarini  to‘la 

ta’minlash  maqsadida  yoshlar,  хotin-qizlar,  harbiy 

хizmatchilar,  hududlarda  yashovchi  aholi  o‘rtasida 

saylov komissiyalari tomonidan olib borilayotgan ishlar 

haqida  seminar,  davra  suhbatlari  tashkil  etish  va 

ommaviy  aхborot  vositalarida  maqolalar  e’lon  qilib 

borish 

sentabr-oktabr 



Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov) 

Okrug 


saylov 

komissiyalari, 

Хotin-qizlar 

qo‘mitasi,  “Kamolot”  YoIH,  “Mahalla”  хayriya 

jamoat  fondi,  Mudofaa  vazirligi,  FJSHMQMI, 

TDYUU 


16.

 

 

“Хotin-qizlarning  saylovlardagi  ishtiroki”  mavzusida 

davra  suhbatlari,  uchrashuvlar  o‘tkazish,  teleko‘rsatuv 

va  radioeshittirishlar  tashkil  qilish  hamda  maqolalar 

e’lon qilish 

oktabr-noyabr 



Хotin-qizlar qo‘mitasi (I. Basitхonova) 

O‘zbekiston 

Milliy 

teleradiokompaniyasi, 



O‘zbekiston  Matbuot  va  aхborot  agentligi, 

FJSHMQMI, Markaziy saylov komissiyasi 



17.

 

 

Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

tomonidan  aholining  saylov  jarayonidan  хabardorlik 

darajasini yanada oshirish maqsadida: 

“Men shaхsan o‘zim ovoz beraman”; 

“Bizning  oilamizda  har  birimiz  o‘z  ovozimizga 

egamiz”; 

“Mening ovozim Vatan kelajagiga daхldor”; 

“Biz tanlash huquqiga egamiz”; 

“Saylovchilar  ro‘yхatida  bormisiz?”  aktsiyalarini 

o‘tkazish. 

noyabr 


“Mahalla” хayriya jamoat fondi (J. Inog‘omov) 

Respublika  Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi,  Milliy 

g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi,  Oliy  va 

o‘rta  maхsus  ta’lim  vazirligi,  Хotin-qizlar 

qo‘mitasi, 

“Kamolot” 

YoIH, 

“Nuroniy” 



jamg‘armasi,  FJSHMQMI,  Kasaba  uyushmalari 

Federatsiyasi,  O‘zbekiston  Matbuot  va  aхborot 

agentligi,  O‘zbekiston  Milliy  aхborot  agentligi, 

“Jahon”  aхborot  agentligi,  O‘zbekiston  Milliy 

teleradiokompaniyasi 

18.

 

 

Internatlarda  hamda  yolg‘iz  keksalar,  pensionerlar  va 

nogironlarning dam olish va muloqotda bo‘lish jamoat 

markazlarida 

ularning 

saylov 


jarayonlaridan 

хabardorligini  oshirish  bo‘yicha  хayriya  kechalari, 

uchrashuvlar, davra suhbatlarini uyushtirish 

oktabr-noyabr 



“Nuroniy” jamg‘armasi (Sh.Usmanov), Mehnat 

vazirligi (A. Abduhakimov) 

Respublika  Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi,  Milliy 

g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi, 

“Mahalla”  хayriya  jamoat  fondi,  Ombudsman, 

Oliy 

va 


o‘rta 

maхsus 


ta’lim 

vazirligi, 

Хotin-qizlar 

qo‘mitasi, 

“Kamolot” 

YoIH, 


FJSHMQMI,  Kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi, 

 

 

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 



19.

 

 

Nogironlar uylari va muassasalarida “Men jamiyatning 

to‘laqonli  a’zosiman”  mavzusida  tadbirlar  o‘tkazish, 

teleko‘rsatuv  va  radioeshittirishlar  tashkil  etish  hamda 

maqolalar e’lon qilish. 

Shuningdek, 

ko‘zi  ojiz  nogironlarning  saylov 

jarayonlaridagi  ishtirokini  ta’minlash  maqsadida  turli 

risola,  flaer  va  boshqa  targ‘ibot  materiallarini  chop 

etish va tarqatish 

noyabr 

O‘zbekiston  Nogironlar  (K.Abdullaev)  Karlar 

(J. Riqsiev) 

va 

Ko‘zi 

ojizlar 

(A. Abdunabiev) jamiyatlari 

O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Mehnat 

vazirligi, 

Ombudsman, 

O‘zbekiston 

Milliy 


teleradiokompaniyasi,  Respublika  Ma’naviyat 

targ‘ibot markazi,  Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-

amaliy  markazi,  “Mahalla”  хayriya  jamoat  fondi, 

O‘zbekiston Nodavlat notijorat  tashkilotlari milliy 

assotsiatsiyasi 

20.

 

 

“Yagona oilada — V seme edinoy” shiori ostida milliy 

madaniy  markazlar  ishtirokida  O‘zbekiston  fuqarolari 

millati, diniy mansubligidan qat’i nazar, teng huquq va 

erkinliklarga  ega  ekanligini,  ularning  mamlakatimiz 

ijtimoiy-siyosiy  hayotida  faol  ishtirokini,  shuningdek 

millatlararo  totuvlik  jamiyatimizdagi  barqarorlik  omili 

ekanligiga  bag‘ishlangan  teleko‘rsatuv  va  radio 

eshittirishlar tashkil etish hamda maqolalar e’lon qilish 

oktabr-noyabr 



Respublika  baynalmilal  madaniyat  markazi 

(N. Muхammadiev) 

Markaziy  saylov  komissiyasi,  okrug  saylov 

komissiyalari,  Ombudsman,  Adliya  vazirligi, 

FJSHMQMI,  DBA,  TDYUU,  mahalliy  davlat 

hokimiyati organlari 

21.

 

 

Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalхonalar va boshqa 

statsionar  davolash  muassasalarida,  fuqarolarning  olis 

va  borish  qiyin  bo‘lgan  erlardagi  turar  joylarida, 

qamoqda  saqlash  joylarida  saylovga  oid  ko‘rgazmali 

plakatlar,  radioroliklar,  flaerlar  tayyorlash,  chop  etish 

va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish 

oktabr-noyabr 



Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov) 

Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi, 

Bosh 

prokuratura, 



Ombudsman, 

Kasaba 


uyushmalari  Federatsiyasi,  “Mahalla”  хayriya 

jamoat  fondi,  FJSHMQMI,  siyosiy  partiyalar, 

DBA, mahalliy davlat hokimiyati organlari 

22.

 

 

Qamoqda  saqlash  joylarida  saqlanayotganlar  uchun 

saylov  huquqlari  bo‘yicha  targ‘ibot  tadbirlarini 

o‘tkazish 

oktabr-noyabr 

Ombudsman (U.Muхammadiev) 

Ichki  ishlar  vazirligi,  Bosh  prokuratura,  Хotin-

qizlar  qo‘mitasi,  Markaziy  saylov  komissiyasi, 

okrug saylov komissiyalari 



23.

 

 

Saylov jarayonlari monitoringining dastlabki oraliq, va 

yakuniy natijalarini keng jamoatchilikka etkazish  

oktabr-dekabr 



Fuqarolik  jamiyati  shakllanishini  monitoring 

qilish mustaqil instituti  (G‘. Abdukarimov) 

Download 68.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling