Marketing deganda nimani tushunamiz
Download 1.79 Kb.
|
fertte
Marketing deganda nimani tushunamiz? Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u erda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni to`g`ri tushunib etish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib turmog`i lozim. Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish, mavjud sharoitu vaziyatlarni eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish va sotuvning yuqori foyda berib turishini ta`minlash va xaridorlar uchun to`g`ri keladigan baholarni belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir. Download 1.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling