Маркетинг фаолиятини таҳлил қилиш ва истиқболлаш


Download 190.33 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi190.33 Kb.
#241973
Bog'liq
1-мавзу


1-MAVZU: “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari” fanining mazmuni, predmeti va metodi.

Reja:
  • Fanning mazmuni.
  • Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
  • Fanning predmeti va ob’ekti. Fanning metodi. Fanning “Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi ”va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

“Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish, zamonaviy pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini yaratish, sopol buyumlar ishlab chiqarishda xom ashyo tarkibi, pardozbop g‘isht va toshlar, yog‘och materiallar, polimer pardozlovchi materiallar va buyumlar, to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, issiqlikni izolyatsiya qiluvchi materiallarning tuzilishiga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

X-XV asrlarda va undan keyingi davrda Urta Osiyo xalklari xashamatli inshootlar kurishda rangli gisht, turli xil rangda sirlangan sopol tax- tachalarni bezak koplamalar sifatida ishlatishgan. Buxoroda X asrda ku­rilgan Ismoil Somoniy makbarasi, XI asrda kurilgan minorai Kalon, Samarkanddagi SHoxi Zinda va Amir Temur makbaralari (XII-XV asrlar) va sh.k. lar usha davrning mashxur me’morchilik yodgorliklaridir.

XIX asrning birinchi yarmiga kadar asosiy arxitekturabop material- lardan yana biri sifatida yogoch ishlatilgan. YOgoch sinchli zilzilabardosh binolardan xozirgi kungacha buzilmay turganlari mavjud. Ayniksa yogochdan uyib ishlangan ajoyib nakshdor ustunlar, eshik va raxlar xozirgi kunda xam shark san’atini boyitib turibdi.Kurilish korishmalarini tayyorlashda, asosan, boglovchi moddalar sifatida oxak, gips, gil, tog mumi, trepel va boshka materiallar ishlatilgan. Korishma tarkibini yaxshilashda ok gil, xayvonot koni, suyak elimlari va sh. k kushilmalardan samarali foydalanilgan.

“Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari” fanini o‘zlashtirishda talaba ta’limning innovatsion usullaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda o‘quv-uslubiy ta’minot (darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, modul topshiriqlari)dan foydalanilish tavsiya etiladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda turli metod va vositalardan, xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o‘yinlar, portfolio, keys-stadi, shuningdek, kompyuter dasturlaridan internet tizimlaridan foydalanish mumkin.



“Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari” – ixtisoslik fani hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talaba o‘quv rejada rejalashtirilgan “Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi ”fanidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Download 190.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling