Marshrutlash protokollari marshrutlash tamoillari aloqa kanali holati protokollari


Download 30.33 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2022
Hajmi30.33 Kb.
#478704
  1   2   3   4
Bog'liq
MARSHRUTIZATSIYANING PROTOKOLLARI
Foydali qazilmalarni boyitish usullari-разблокирован (1), 66666, MARSHRUTIZATSIYANING TAMOILLARI, Bir jinsli taqsimlangan BB deganda nimani, kurs ishi udar, Каромиддин, Каромиддин, Каромиддин, Biotexnologiya testi, 1-2 variant test javoblari, 1-2 variant test Jismoniy tarbiya, 1-2 variant test javoblariI, moliya 20.05 qolda yoziw, Ahil jamoa nima

MARSHRUTIZATSIYANING PROTOKOLLARI
REJA:


  1. MARSHRUTLASH PROTOKOLLARI

  2. MARSHRUTLASH TAMOILLARI

  3. ALOQA KANALI HOLATI PROTOKOLLARI 



Marshrutlash protokollari
Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.
Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi.
Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishiga aylantiradi.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud:
— halqasimon;
— shinali;
— yulduzsimon.
Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi.
Tarmoqning shinali boglanishida ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi.
Yulduzsimon bog’lanishda markaziy kompyuter mavjud bo’lib, unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo’ladi.



Download 30.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling