Ma’ruza №10. Ishlab-chiqarish jarayonlar. Qazish yuklash ishlari


Download 40.15 Kb.
bet1/3
Sana05.08.2022
Hajmi40.15 Kb.
#791020
  1   2   3
Bog'liq
10 (1)
2 mavzu Qadimgi Grеtsiyadagi va Rimdagi хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya-1, 1amaliyKT, Rux velsevlash, Вали- курс иши-1, 90 talik titul, @ABITU matematika-23, Yakuniy nazorat 2-kurs 4-semestr sirtqi 2021-2022 yil, Junayev F, Pyotr I davrida islohotlar va uning ahamiyati kurs ishi 2, REZUME (1), essay number 3

MA’RUZA № 10. ISHLAB-CHIQARISH JARAYONLAR. QAZISH YUKLASH ISHLARI




Reja:

  1. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash.

  2. Tog’ jinslarini qazish va yuklash. Kon massasini tashish.

  3. Qoplovchi tog’ jinslaridan ag’darmalar hosil qilish.



Tayanch iboralar: tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, mexanik va burg’ulash portlatish usuli, qazish-yuklash ishlari, kon massasini tashish, qoplovchi tog’ jinsi, ag’adarma hosil qilish.

Karyerlarda kon ishlari ochish va qazib olish ishlari singari quyidagi ishlab chiqarish jarayonlaridan iboratdir:



  1. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash;

  2. Tog’ jinslarini qazish va yuklash;

  3. Kon massasini tashish ;

  4. Koplovi tog’ jinslaridan ag’darmalar hosil qilish va omborlarga joylashtirish.

  5. Foydali qazilmalarni boyitish.

Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash.
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayoni qazib olishning samaradorligini ta’minlash maqsadida, tog’ jinsining tabiiy holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashda pog’onadagi qattiq tog’ jinslari portlatish yordamida parchalanadi va o’rtacha qattiqlikdagi tog’ jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustahkamlik koeffistienti f=8 gacha bo’lgan tog’ jinslariga qo’llash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffistienti f=8 dan yuqori bo’lgan tog’ jinslariga qo’llaniladi. Ochiq kon ishlari amaliyotida tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qo’llaniladi. Portlovchi moddalarni tog’ jinsi massiviga qo’llashning 5 xil ko’rinishi mavjud:

  1. Kamera zaryadlarini qo’llash usuli (tog’li sharoitlarda transheyalarni hosil qilish uchun ommaviy portlatishlarda qo’llaniladi);

  2. Qozon zaryadlarini qo’llash usuli (baland va tik pog’onalarda zaryad massasini oshirish uchun qo’llaniladi);

  3. Skvajinali zaryadlash usuli ;

  4. Shpurli zaryadlash usuli (asosan, qurilish materiallarini qazib olishda ko’proq qo’llaniladi);

  5. Quyma zaryadlash usuli (ikkilamchi maydalash va yordamchi ishlarda qo’llaniladi).




Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling