Ma’ruza №14 (2 soat) Mavzu: Sopol buyumlarning ishlatilishi


Download 91.94 Kb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi91.94 Kb.
#1333547
  1   2   3   4
Bog'liq
14-маруза


Ma’ruza №14 (2 soat)
Mavzu: Sopol buyumlarning ishlatilishi.
Reja:

  1. Polbop sopol plitkalari.

  2. Maxsus sopol materiallari.

  3. Kislotabardosh sopol buyumlar.

Binolarning fasad yuzalariga, ichki devorlariga va pollariga qoplash uchun ishlatiladigan sopol materiallarning old yuzasi turli ranglarga bo‘yalgan, tabiiy rangli, silliq, bo‘rtma, sirlangan bo‘lishi mumkin. Sopol materiallar bilan qoplangan yuzalar manzarali xossalari bilan farqlanadi, ular puxta va nisbatan tejamlidir. Ularning orqa tomoni qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun rel’efli qilib tayyorlanadi.


Binolarning fasadlarini qoplash uchun asosan pardozbop g‘isht va toshlar, kichik o‘lchamli fasad plitkalari va gilam nusxa qoplama sopol materiallar ishlatiladi.
Pardozbop g‘isht va toshlar to‘g‘ri shaklli, qirrali va bo‘yog‘i bir xil bo‘ladi. O‘ng tomoni silliq, bo‘rtma va fakturalangan bo‘lishi ham mumkin. Pardozbop g‘isht va toshlarning rangi to‘q qizildan to oq sariq ranggacha bo‘ladi. Bunday materiallar yuqori sifatli va oson eriydigan oqish gillardan tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ular eng ko‘p ishlatilmoqda. Bulardan tashqari pardozlash materiallari sifatida “angobli” va “sirlangan” g‘ishtlar xam ishlatiladi. G‘isht va toshlar yaxlit va ichi kovak qilib yasaladi. Tayyorlash texnologiyasi yarim quruq yoki plastik usullarda-sopol g‘isht tayyorlash kabidir.
Pardozbop g‘isht va toshlar shakli va ishlatish joyiga qarab “oddiy” va “profilli” g‘isht va toshlarga bo‘linadi. Oddiylaridan devorlarning tekis qismlarida, profillilaridan esa karnizlar, tortqilar, belbog‘lar va hokazolarda foydalaniladi.


14-1-rasm. Me’moriy –badiiy fasadbop
Sopol plitalar.
Pardozbop g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi yuzalariga va kirish zallari, zina xonalari, o‘tish joylari va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi.
Fasadbop sopol plitkalar yarim quruq zichlash usulida tayyorlanadi. Fasad plitkalarning asosiy o‘lchami 250x140x10, poypeshbop plitkalarniki 150x75x7, “kabanchik” turlariniki 125x60x7 mm. Bundan tashqari “romb”, “gulbarg”, “diagonal”, “piramidali”, “to‘lqin”, “shar” turlardagi fasadbop me’moriy - badiiy plitkalar chiqariladi.
Fasadbop plitkalarning yuza qismi silliq, sirlanmagan va sirlangan, turli ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Sement qorishmasi bilan yaxshilab yopishishi uchun ularning orqa tomonida chuqurchalar o‘yilgan. Fasadbop plitkalarning suv shimib olishi 2-8%, sovuqqa chidamliligi kamida 8 bosqichga teng. Fasadbop plitkalardan devorlarning tashqi va ichki yuzasini qoplash uchun, alohida me’morchilik elementlarini pardozlash uchun, shuningdek turar joy va jamoat binolari kirish zallari va zina xonalarida foydalaniladi.
Gilamnusxa sopolak har xil rangli, sirlangan va sirlanmagan kichik o‘lchamli plitkalardan iborat. Bitta yoki bir necha rangli plitkalar “gilam” ko‘rinishida teriladi, bunda o‘ng yuzasi bilan kraft kog‘ozga yopishtiriladi. Qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun plitkalarning orqa tomoni taram-taram qilinadi. Gilamnusxa koshinkor plitkalarning o‘lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm bo‘lib, ulardan tayyorlangan gilamlar o‘lchami esa 724x464 va 672x424 mm ga teng bo‘ladi. Plitkalarning suv shimish darajasi 12%dan oshmasligi, sovuqqa chidamliligi esa kamida 25 bosqich bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda gilamnusxa – koshinkor plitkalar tashqi devor panellarini, transport va sport inshootlari, savdo va boshqa korxona binolari devorlarini qoplash uchun keng ishlatiladi.





Download 91.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling