Ma’ruza. Algoritmlarni baxolashdagi mezonlar. Algoritmlarni vaqt va hajm bo’yicha baholash


Download 149.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2022
Hajmi149.98 Kb.
#765995
  1   2   3
Bog'liq
algoritmlarni baxolash
577073, 577073, 577073, 577073, 577073, Venn diagrammasi test, ХАБИБИ


MA’RUZA. ALGORITMLARNI BAXOLASHDAGI MEZONLAR.
ALGORITMLARNI VAQT VA HAJM BO’YICHA BAHOLASH.
Reja
1) Algoritm tushunchasiga ta’rif berish
2) Algoritmlarni baholash kriteriyalari
3) Algoritmlarni tahlil qilishga doir misollar
Kalit so’zlar:algoritmni baholash, baholash kriteriyasi, asimptotik baholash, O(n),
O(logN), O(n^2) baholashlar
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma
Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy
nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-
Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta
amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha
algoritm bu qo’yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning
chekli ketma-ketligidir.
Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi:
1. Diskretlilik – ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi.
2. Ommaviylik – algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak.
3. Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga
tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak.
4. Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi
kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi
bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.
5.
Natijaviylik.
Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija
berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib
kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega
emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon
cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.

Download 149.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling