MA’ruza mashg’uloti rejasi


Download 178.5 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi178.5 Kb.
#117491
Bog'liq
4-mavzu taqdimot


 

MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

1. AutoCAD grafik tizimiga kirish va u haqida umumiy ma’lumotlar.

2. AutoCAD grafik kutubxonalardan foydalanish.

3. AutoCAD foydalanuvchi interfeysi. Standart va boshqa jixozlar panellari. Primitivlar.

4. Tushuvchi menyular, buyruqlar va xolat qatorlarii, ekran menyusi va boshqa vositalardan foydalanish.

 

Tayanch iboralar: AutoCAD grafik tizimi, AutoCAD foydalanuvchi interfeysi, jixozlar panellari, buyruqlar, holat qatori, ekran menyusi , qatlamlar.



 

1.AutoCAD dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.

AutoCAD – bu juda keng imkoniyatlarga ega bo’lib ikki va uch o’lchovli konstruksiyalash bilan bog‘liq bo’lgan chizma ishlarini avtomatlashtiruvchi kuchli grafik dasturdir. Uning yordamida nafaqat detalning chizmalarini, balki konstruksiyalash masalalarini ham hal qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz.



4-MAVZU: AUTOCAD GRAFIK TIZIMI VA UNDAN FOYDALANISH ASOSLARI

Arxitektorlar, muxandislar va boshqa mutaxasislar mazkur dastur yordamida turli xildagi mahsulotlarni yaratish, ularning chizmalarini ko’rish, pechat qilib chiqarish va boshqa loyihalarda ulardan foydalanish, chizmalarni o’zaro almashtirish kabi ishlarni sifatli va tez bajarishlari mumkin bo’ladi.AutoCAD amaliy dasturi 1982 yilda Autodesk kompaniya xodimlari tomonidan yaratilgan bo’lib, u muntazam ravishda takomillashmoqda va turli versiyalari paydo bo’lmoqda. Bugunga kelib AutoCAD 2009 versiyasi foydalanuvchilarga taqdim etildi.

AutoCADning biror versiyasi yozilgan kompakt-disklar installyatsiya qilingandan keyin 30(eskiroq versiyalari ko’proq) kun ichida ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi(tijorat maqsadida).

AutoCAD grafik tizimiga kirish

  Kompyuterda loyihalash muammosi hozirgi paytda insoniyat faoliyatining barcha jabhalarida keng miqyosda qo’llanilishi lozim bo’lgan shartli omildir. Demak, bo’lajak quruvchi injenerlarning nazariy bilimlari asosida ham loyihalarni kompyuterda amalga oshirish imkoniyatlari yotmog‘i kerak.

Biz bilamizki, hozirgi zamon kompyuterining imkoniyati shu darajaga etishdiki, ularda bajarilgan tasvirlarning sifati qo’lda bajarilgan tasvirdan mutlaqo farq qilmaydi. Tabiiyki, asosini chizma va tasvir tashkil etgan arxitektura, texnika va mashinasozlik yo’nalishini loyihalash ishlarida kompyuterni qo’llash, hozirgi zamonning eng dolzarb talablaridan biridir.

Kompyuter texnologiyasidagi dasturlash va texnik vositalarining hozirgi zamon darajasi an’anaviy qo’l bilan chizish va loyihalash ishlarini yangi informatsion texnologiyalarga asoslangan holda komyuterda bajarish imkonini yaratadi.



   Mazkur o’quv qo’llanma AutoCAD tizimida ishlashga mo’ljal-langan bo’lib, undagi har bir ishlovchi oldiga eng avvalo loyiha-lash va chizmachilik, hamda Microsoft Windowsning operatsion tizi-mi bo’yicha mukammal boshlang‘ich bilimga ega bo’lishlik talabi qo’yiladi.Bizga ma’lumki, chizmachilik va loyihalash aniq grafik va chizmaviy ko’rsatmalardan foydalanishni asoslaydigan jiddiy informatsiya majmuyidan iborat bo’lgan sohadir. Chunki aniq so-halar (arxitektura, mexanika, elektrik tizimlar, texnologik ja-rayonlar, geodeziya, qurilish muxandisligi va hakazolar) hamda chizmachilik qoidalari oddiy chizma doskasidan kompyuterda av-tomatik bajarilish jarayoniga o’tib bo’ldi. Shuning uchun ham AutoCAD tizimidan foydalanish, yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishga cheksiz imkoniyatlar yaratadi.

3. AutoCAD foydalanuvchi interfeysi. Standart va boshqa jixozlar panellari

Primitivlar kompyuterga o’rnatilgan AutoCAD tizimini ishga tushirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Rabochiy (Ish) stolda mavjud bo’lgan AutoCAD tizimini “Sichqoncha” ko’rsatgichi yordamida ochish;

2. Paneli zadach - fayllar qatoridagi AutoCAD tizimini “Sichqoncha” ko’rsatgichi yordamida ochish;

3. Explorer tizimidagi AutoCAD tizimini “Sichqoncha” ko’r-satgichi yordamida ochish;

4. Kompyuter ongida saqlangan chizma faylini yoki shablonni “Sichqoncha” ko’rsatgichi yordamida ochish.



AUTOCAD GRAFIK KUTUBXONALARDAN FOYDALANISH

AutoCAD tizimi chaqirilgach, ekranda uning grafik oynasi yoki boshqacha qilib aytganda ish stoli paydo bo’ladi (4-shakl). AutoCAD ning oxirgi toifa (versiya) larida uningish stoli bir xilda qolgan. Shuning uchun 2005 yil AutoCAD ish stolida ishlashni o’rgangan foydalanuvchi 2006 yil yoki 2008 yil AutoCADi da farqini sezmasdan o’tib ishlashi mumkin. Albatta, farq bor, lekin, biz o’rganadigan qismida ular katta emas. Shu bois uning birorta aniq toifa (versiya)si haqida emas, balki – umuman AutoCAD haqida gap yuritamiz.



Shaklda belgilashlar quyidagicha:

1 – dastur oynasi nomi, bu erda dastur toifasi (ayni paytda AutoCAD 2006) va ishlatilayotgan faylni nomi keltirilgan;

2 – tushuvchi menyular qatori: agar kursorni bu qatordagi birorta so’zlardan biriga olib kelinsa shu so’zga tegishli bo’lga va chizish, o’zgartirish va shular kabi buyruqlarni o’z ichiga oluvchi tushuvchi menyu paydo bo’ladi;

3 – o’zida fayllarni va ish stolining asosiy qismi bo’lgan grafik maydonni boshqarish uchun ishlatiladigan belgilarni o’z ichiga oluvchi standart jixozlar paneli;

4 – ob’ektlar xususiyatlari paneli: masalan, to’g‘ri chiziqning turi, rangi va qalinligini o’zgartirish uchun ishlatilish mumkin;

5 – bog‘lash paneli: o’tqazilayotgan chiziqlarni chizma elementlariga “bog‘lash” buyruqlarini o’z ichiga oladi;

6 – chizish paneli: chizmaning har xil elementlarini hosil qilish uchun qo’llaniladigan buyruqlarni o’z ichiga oladi;

7 – redaktorlash paneli: chizma elementlari o’zgartirish yoki ularni o’girish uchun ishlatiladigan belgilarni o’z ichiga oladi;

4– shakl

8 – ekran menyusi: tushuvchi menyu qatori buyruqlarini takrorlab chizmalarni bajarishda va tahrirlashda yordamchi vosita sifatida hizmat qilishi mumkin;

9 – holatlar qatori: kursorning ma’lum xolatdagi koordinatolarini (kursor – bu grafik maydondagi sichqoncha yordamida harakatlanadigan kesishma) va chizish rejalarini boshqarish tugmalari o’z ichiga oladi;

10 – buyruqlar qatori: unga menyuni yoki asboblar panelini ishlatishda bajariladigan buyruqlar nomlari paydo bo’ladi.

3,4,5,6 va 7 panellar jixozlar ponellari deb yuritiladi. Ularni tarkibi foydalanuvchining xoxishiga ko’ra o’zlashtirishi to’ldirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.

Shuni ham aytish kerakki Respublikamizda qo’llaniladigan AvtoCAD tizimining yozuvlari va buyruqlari (rus va ingliz tillarida) bo’lishi mumkin.

Shuning uchun keyingi tushuntirilishlarda buyruqlarning rus yoki ingliz tillaridagi nomlari keltiriladi.

Endi ish stolining elementlarini batafsil ko’rib chiqamiz.



  Tushuvchi menyular qatori (4 – rasm, 2- son belgisi) quyidagi maxsus so’zlardan iborat bo’ladi.

Fayl (File) – fayil bilan ishlash buyruqlari: yaratish, olish, saqlash, qog‘ozga chiqarish, fayillarni boshqa farmatga o’tqazish va boshqalar;

Pravka (Edit) – ish stoli grafik maydoni qismlarini tahrir qilish asboblari va almashish buferi bilan ishlash;

Vid (View) – ekranni boshqarish buyryqlari, varaq fazosidan moden fozosiga o’tish, kerakli asboblar ponellarini o’rnatish va boshqarish;

Vstavit (Insept) – bloklarni, tashqi ob’ektlarni, boshqa ilovadvgi ob’ektlarni qo’yishni taminlash buyruqlari; birligini, chizma chegaralarini o’rnatish, qatlamlar bilan ishlash;

Instrumentы (Tools) – tizimni va foydalanuvchi ekranini boshqarish vositasi; dialog oynalari yordamida chizish va bog‘lash parametrlari o’rnatamiz;

Chercheniye (Draw) – Chizish elementlarini bajarish buyruqlari;

4. Tushuvchi menyular, buyruqlar va xolat qatorlarii, ekran menyusi va boshqa vositalardan foydalanish.

Razmer (Dimension) – o’lcham qo’yish va o’lcham parametrlarini boshqarish buyuruqlari;

Izmenit (Modify) – Chizma elementlarini o’zgartirish, tahrir qilish va yo’qotish buyruqlari;

Okno (Window) – foydalanuvchi tomonidan ma’lum bir paytda ishlatilib turgan fayillar nomini o’z ichiga oladi.

Spravka (Helo) – ingliz tilida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi;

Eskprress (Express) – ba’zi yordamchi buyuruklar (proyeksion chizmalarda ishlatilmaydi)ni o’z ichiga oladi.

Savollar

1. AutoCAD grafik tizimiga nimalarni bilasiz ?

2. AutoCAD tizimi asosini bayon qiling.

3. AutoCAD foydalanuvchi interfeysi bayon qiling.

4. Tushuvchi menyular qatori izhor qiling.

5. Jixozlar panellari haqida gapirib bering.



6. Holatlar qatori uz ichiga nimalarni qamrab oladi?
Download 178.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling