Ma’ruza. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati Reja


Download 89.5 Kb.
bet1/6
Sana07.10.2022
Hajmi89.5 Kb.
#833349
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma’ruza. Menejmentning rivojlanish tarixi
ЖИ ва ХИМ, 1, 1, 1, ПҚ-4004 06.11.2018, sinxron VARIANT, 11-sinf-ona-tili-konspekt, ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), OFARIN, УЙ СОТИЛАДИ

  1. Ma’ruza. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati



Reja:

      1. Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari

      2. Menejmentning shakllanish tarixi

      3. Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri



Tayanch so’z va iboralar:
Mehnat taqsimoti, Kapitalizm, “Temur tuzuklari”, «Ilmiy menejment» maktabi, «Teylorizm», mumtoz (ma’muriy) menejment maktabi, «Insoniy munosabatlar» maktabi, X (iks) va Y (igrik) nazariyasi, «Ijtimoiy tizim» maktabi, «Yangi» maktabi.

      1. Menejmentning shakllanish tarixi

Ishlab chiqarish har qanday mamlakat iqtisodiy faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, aynan u shu mamlakat aholisi hayot darajasini belgilab beradi.
Ishlab chiqaruvchilar ichki va tashqi bozorda muvaffaqiyatli raqobat olib borishlari uchun ilg’or texnika va texnologiyalarga hamda bunga muvofiq keluvchi tashkiliy tarkibga ham ega bo’lishlari kerak. Korxona madaniyati, axborotlar va inson resurslarini boshqarish bilan bog’liq ko’plab muammolar yuzaga keladiki, bu kabi muammolarni samarali hal bo’lishi, korxonaning texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqadigan foyda miqdoriga bog’liq bo’ladi.
XVIII asrga kelib kapitalistik ishlab chiqarishning paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq ravishda ishlab chiqarish jarayonlarini ilmiy tadqiq etish ishlari boshlandi. Mashinali ishlab chiqarish o’z o’rnini maxsuslashtirilgan mehnat faoliyatiga va qudratli, yuqori samarali mexanizmlarga asoslangan ishlab chiqarish tizimiga bo’shatib berdi. Bunda barcha jarayonlar tarkibiy davrlarga ajratilgan edi. Natijada ilmni ishlab chiqarishga keng qo’llash imkoniyati paydo bo’ldi, materialli ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan amaliy tadqiqotlar rivojlandi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdagi barcha halqalarning o’zaro uyg’unlashgan faoliyati ishlab chiqarishning barcha qirralari o’rtasida aniq me’yor va mezonga asoslangan aloqalar o’rnatish va unga qatoiy bo’ysunishni talab qilar edi. Bu davrga kelib ishchilar va mashinalar soni ularning ish unumdorligi va sur’ati o’rtasidagi mutanosibligini ta’minlash bo’yicha muammolar paydo bo’ldi. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashdan boshlab, ishlab chiqarishga mo’ljallangan mahsulotni yaratish, texnologik jarayonlarni loyihalashtirish va h.k. kabi ishlab chiqarishni boshqarishning ko’p qirrali vazifalari yuzaga keldi. Bu esa turli faoliyatlar o’rtasida muvofiqlashtirish va uyg’unlashuvni ta’minlashni talab etar edi.
Mehnat taqsimoti yuzaga kelishi natijasida boshqaruv- ishlab chiqarish faoliyatining mustaqil faoliyat turi sifatida ajralib chiqdi.
Ishlab chiqarish ko’lamining o’sishi, uning tarkibi va hajmining murakkablashuvi, maxsuslashtirilishi va kooperatsiyalashuvining rivojlanishi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining murakkablashishiga va kengayishiga olib keldi. Bu yerda gap nafaqat ishlab chiqarishni muhandis va texnik boshqarish haqida, balki ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funksiyalari hamda uning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolari haqida ham ketmoqda. Ishlab chiqarish bu muammolarsiz normal faoliyat olib bora olmaydi. Mehnat vositalarining takomillashuvi ham boshqaruv funksiyalariga ob’ektiv zaruriyatni oshirib yubordi. Boshqaruv kapitalistik ishlab chiqarish zamirida mehnatni tashkil etish funksiyasi sifatida yuzaga keldi.
Menejerlar, avvalo, yirik kapitalistik korxonalarda paydo bo’ldi. Korxona egasi korxona unchalik katta bo’lmagan va yollanma xodimlari kamchilikni tashkil qilgan kapitalistik ishlab chiqarishning boshlang’ich bosqichlaridagi korxonalarda ishlab chiqarishni o’zi boshqargan va o’zi bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan.
Kapitalizmning rivojlanishi barobarida alohida ishchilar va ishchilar guruhlarini bevosita nazorat qilish funksiyasi menejerlarga berilgan edi.
Boshqaruv faoliyati monopolistik kapitalizm sharoitida yangi vazifa va vakolatlarni o’zlashtirdi. Bu davr uchun boshqaruv tizimining kengayishi va uning funksiyalaridagi o’zgarishlarning yuzaga kelishi tavsiflidir. Murakkab, ierarxik boshqaruv tizimi faoliyatini ta’minlash uchun katta miqdordagi ichki va tashqi axborot talab qilinar edi. Bu axborotlar boshqaruv tizimining turli xil bo’g’in va bo’limlarida to’plagan edi. Bu esa axborotlarni olish, saqlash, shakllantirish, qayta ishlash bilan bog’liq ish hajmini orttirar edi. Bu holat maomuriyat va yordamchi boshqaruv xodimlari sonining oshishiga olib keldi.
Boshqaruv apparatida turli funksiyalarni bajaruvchi maxsuslashtirilgan bo’limlar paydo bo’ldi. Texnik tayyorgarlik va ishlab chiqarishni takomillashtirish; xodimlarni boshqarish va mehnatni tashkil etish; ishlab chiqarishni tezkor boshqarish va nazorat qilish; jihozlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish; material ta’minot va transport xo’jaligi; mahsulotni sotish; buxgalteriya va moliya kabi funksiyalarni ushbu bo’limlar bajarar edi.
O’zbekistonda boshqarishning ilmiy asoslari paydo bo’lishi o’zining chuqur tarixiy ildizlariga ega bo’lib, uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib Turkistonda Amir Temur xukmronligi vaqtida to’la shakllangan edi. Bu davrda yuqori intizom, ijtimoiy ximoya va oliy darajadagi boshqarish tizimiga ega bo’lgan kuchli davlatning bunyodga kelishi o’rta asr davridagi boshqarish uslublari o’zida eng ilg’or g’oyalarni mujassamlashtirganligidan darak beradi.
Boshqaruv tizimining samarali tashkil etilishi, uning insonparvarlik, iqtisodiy va oqilona usul bilan tashkil etilishi, uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.
Tarixiy manbalarga ko’ra markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishi bilan unda boshqaruvning ilmiy asoslari paydo bo’ldi, shuningdek uning asosiy qoidalari faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
Hozirgi menejment nazariyasi fanida ta’kidlangan boshqarishning, insoniy, iqtisodiy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo’yicha harakatlar A. Temo’rning “Temur tuzuklari”da o’z aksini topib, hozirgacha ham o’zining qimmatini yo’qotmagan, vaholanki, bugungi mustaqil gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim dastur sifatida amalda qo’llanilmokda, chunki u kimningdir xoxishi tufayli yuzaga kelgan o’tkinchi nazariya bo’lmay, balki tarix sinovlarida o’zining ilmiyligini chuqur isbotlagan yo’nalish sifatida foydalanilmokda.
Uning qonuniyatlari va qoidalari o’z davridagi boshqarish ilmi yuqori darajada bo’lganligi uchun ham Markaziy Osiyoda shunday katta davlat samarali boshqarilgan. U o’zining iqtisodiy asoslariga va ixcham tezkor boshqarish devoniga ega bo’lgan bo’lib, unda demokratiya, yakkaxokimlik, ilmiylik, ierarxiya, bilimdonlik tamoyillari o’z aksini topgan.
Lekin Amir Temur tomonidan yaratilgan boshqarish ilmiga amal qilmaslik, boshqarishda amaldorlarning nihoyatda ko’payib ketishi, ma’lum sinfiy tamoyillarning inkor qilinishi, asossiz to’lovlar, mayda va iqtisodiy jihatdan kuchsiz davlatlarni vujudga kelishi va natijada o’zaro kelishmovchilik tufayli Turkiston xududida mustaqil davlatlarning umuman barbod bo’lishi fikrimizning dalilidir.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida SHayboniyxon tomonidan temuriylar davlatini tiklash yo’lidagi urunishning barbod bo’lishi bilan birga davlatni boshqarish bo’yicha o’sha davrgacha amal qilgan ma’lum nazariyalar, g’oyalar ham unitilib ketdi. Keyinroq temuriylar sulolasi bo’lmish Zaxiriddin Muhammad Bobir bobosi A.Temur g’oyalaridan amaliy foydalandi va nazariy rivojlantirib, “Bobirnoma” asarida uni ilmiy asoslab berdi. Lekin mayda xonliklar va ruslar mustamlakasi davrida mamlakatimizda boshqarish ilmi inqirozga yuz tutdi.
Bu davrga kelib, boshqarishning yurtimizga tiqishtirilgan usuli yuqoridan boshqariladigan ma’muriy buyuruqbozlik usuli vujudga kela boshladi.


    1. Download 89.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling