Ma’ruza. Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari va asosiy bo’limlari Reja


Download 68 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi68 Kb.
#1106145
Bog'liq
1-Ma’ruza.TGG


  1. Ma’ruza. Tarixiy geografiya fanining predmeti

vazifalari va asosiy bo’limlari
Reja:
1. Tarixiy geografiya fanining bahs mavzusi.
2. Tarixiy geografiyaning bo`limlari va asosiy vazifalari
3. Tarixiy geografiya fanining shakllanishi.
Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari
O`zbekiston mustaqil davlat bo`lgach, uning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari kengayib, geografik bilimlarga bo`lgan ehtiyoj ortdi. Zero geografiyani yaxshi bilib borgan sari kishining atrof-muhit, jamiyat va olam haqidagi tushunchasi chuqurlashib, mukammallashib boradi. Inson yer, suv va havo, umuman tabiatdagi har bir narsaning o`rni, vazifasi hamda qadr-qiymatini to`laroq anglab etadi. Geografiya fani o`z navbatida qator kichik-kichik sohalardan tashkil topgan bo`lib, ulardan biri tarixiy geografiyadir. Tarixiy geografiya er yuzining o`tmishdagi tabiati, re’lefi, iqlimi, suvlari, tuprog`i, o`simligi, hayvonot dunyosi, axolisi va xo’jaligidan iborat majmuani o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda tabiatni, jumladan, uning tarixini umumiy tarzda yoki ma’lum yilkalar bo’yicha inson faoliyati bilan bog`liq holda o’rganish qator muammolar - tabiatni muhofaza qilish atrof-muhitni sog`lomlashtirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ekologik va boshqa shu kabi muammolarni hal etishda ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, tarixiy geografik tadqiqotlar, tabiat va jamiyat taraqqiyotining o`tmishdagi holatini aniqlash hamda uni hozirgi jarayon bilan qiyoslab, tegishli nazariy xulosalar chiqarish, amaliy tadbirlar ishlab chiqarish va shu asosda ayrim mavjud muammolarni hal etish uchun zarur ma`lumotlar bera oladi.
Masalan, Markaziy Osiyo tabiatini har tomonlama o’rganish bugungi kunda jahondagi dolzarb muammolar qatorida turibdi (Orol dengizining taqdiri, suvlardan oqilona foydalanish, xo’jalikni kompleks rivojlantirish va h.k ).
Tarixiy geografiya tabiat va jamiyat taraqqiyotining o’tmishi bilan bog`liq keng tushuncha bo’lib, vaqt jihatdan uzoq davrni qamrab oladi va bu sohada tadqiqotlar turli manbalarga tayanadi. Agar ancha qadimgi davr uchun geologik o’rganishlar natijalari tarixiy davr uchun arxeologik topilmalar asosida qilingan xulosalar muhim bo’lsa, o’rta asrlar tarixi ko'proq yozma manbalardan o’rin olgan. Dastlabki yozma manbalar - bu turli joylardan topilgan tosh bitiklar va uzoq moziyda yozilib bizning davrimizgacha yetib kelgan kitoblardir. Ularda Markaziy Osiyoning milodgacha bo’lgan tabiati va xalqlari haqida xabarlar qayd etilgan (Axamoniylar davri bitiklari, Avesto, Maxabxarata va b.). Qadimgi Yunon olimlarining asarlarida va Xitoy solnomalarida ham bir muncha aniq muhim xabarlar bor.
O’rta asrlar davri uchun esa boy yozma meros mavjud bo’lib, ular asosan arab-fors va turkiy tillarda yozilgan. Tabiiyki tarixiy-geografik ma`lumotlar 1-chi navbatda geografik va tarixiy-geografik asarlardan ko’proq o’rin olgan bo’ladi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning "Kitob sur`at al-arz", Abu Zayd Balxiy al-Istaxriy va ibn Xavkal qalamiga mansub "Kitob al-masolik va-l mamolik", muallifi noma`lum "Hudud ul-olam", Najib Bakronning "Jahonnoma", Sam`oniy-ning "Kitob al-ansob", Xamdallox Mustavfiy Kazviniyning "Nuzxat al-kulub" (XI), Xofizi Abruning "Geografiya", Zahiriddin Muhammad Boburning "Bobur-noma" (XVI), Ruzbixon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro" (XI), Amin Ahmad Roziyning "Xaft iqlim" (XI), Sulton Muhammad Balxiyning "Majma` al-g’aroyib" (XI), Abulg`oziyning "Shajarai tarokima" (XVI1) va "Shajarai turk" (XII) Muhammad Tohirning "Ajoyib at-tabakot" (XII) Mahmud ibn Valiyning "Baxr ul-asror" (XII)
Xudoyberdi ibn Qushmuhammadning "Dil g`aroib" (XIX), Muhammad Soliqxo’janing "Tarixi jadidayi Toshkand" (XIX) kabi asarlari ana shular jumlasidandir. Qayd etilgan manbalarda O’rta Osiyoning keyingi ming yillikdagi tarixiy geografiyasi qamrab olingan va ulardan o’lkaning tog`, vodiy, dasht va cho’llari, ma`danlari, suvlari, o’simliklari, hayvonot olami, siyosiy-ma`muriy tarkibi, etnik holati, shahar va qishloqlari, xo’jaligi, xalqaro munosabatlari geografiyasi haqida ma`lumotlar olsa bo’ladi. Shu bilan birga tarixiy geografik tadqiqotlar uchun tarixiy va boshqa mavzularga oid asarlar ham foydalidir.
Markaziy Osiyo sayoramizdagi tabiati murakkab va madaniyati qadimiy yilkalardan bo’lib, uning tarixiy geografiyasini bitta ilmiy tadqiqotda qamrab olish mushkuldir.
Biz hammamiz maktabda O`zbekistonning, dunyoning fizik, tarixiy geografiyasini o’rganamiz. Tarixiy geografiya nimasi bilan farqlanadi. Hatto nomidan ham bo’linib turibdiki, bu fan o’tgan davrlarning iqtisodiy va siyosiy geografiyasini o’rganuvchi fandir. Bu fan "Geografiya tarixi" fanidan farqli o’laroq (Geografiya tarixi fani geografiya fanining paydo bo’lishidan, to rivojlanishiga qadar o’rganadi) jamiyatning turli davrlarda rivojlanish sharoitini o’rganuvchi aniq geografiyani tashkil etadi. Tarixiy geografiya alohida tuman-lardagi ishlab chiqarishning turli davrlarda o’sish haqidagi ma`lumotlarni aniqlashtiradi. Yoki tarixiy muhim voqea-hodisalarning bo’lib o’tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini o’rganadi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o’ganadi, ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo’lmaydi, chunki geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma`lumotlar tarixiy geografiya fani uchun juda muhimdir.
Tarixiy geografiya fanining materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa, tarix fanining rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir.
Tarixiy geografiya tarixiy bilimlarning asosiy tarmog`i bo’lib qoldiki, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o’rganib bo’lmaydi. Usiz tasavvurlarimiz to’liq va aniq bo’lmaydi, tarixiy geografiya bilan geografiya tarixini farqlay bilish kerak. Geografiya tarixiy geografiya fanining bo’limi bo’lib, geografiya fanining rivojlanishi tarixini, sayohatlar tarixini, yerning hududiy kashf etilishi bilan bog`liq holda o’rganadi. Geografiya fanining muammolari tarixiy geografiya fani oldida turgan muammolari bo‘lishi mumkin, o’tmishning aniq geografiyasi bo’lishi mumkin emas. Tarixiy geografiya o’tmish tarixning aniq geografiyasini o’rganadi.
Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sirasiga kirib, insoniyat tarixini o’tgan davrlari geografiyasini o’rganadi, bo’lib o’tgan voqea-hodisalarning ta-rixini haqiqiy baholash uchun o’sha davrning tarixiy geografiyasini yaxshi bilish kerak. Bu narsa O`zbekiston tarixini, O’rta Osiyo tarixini obyektiv, ilmiy asoslan-gan holda o’rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy geografiya zamonaviy geografiya kabi o’z bo’limlariga ega: tabiiy tarixiy geografiya, aholishunoslik tarixiy geografiyasi, xo’jalik geografiyasi yoki tarixiy-iqtisodiy geografiya, siyosiy-tarixiy geografiya, so’nggi bo’limga ichki va tashki chegaralar geografiyasi, siyosiy-ma`muriy bo’linishlar, shaharlar va qal`alar joylashishi, shuningdek, tarixiy voqea-hodisalar, harbiy yurishlar yo’llari, muxorabalar xaritalari, milliy ozodlik harakatlari geografiyasi ham kiradi. Fizik geografiya o’tgan bir necha ming yilliklar davomida o’zgarishsiz qoldi.
Lekin, kishilik jamiyati insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishi uchun landshaftlar uzgarishini urganish muximdir, chunki daryolar o’zanining o’zgarishi, vodiylar-ning yukolib ketishi, sug`orish sistemalarining paydo byilishi, kyil va dengizlar chegaralarining uzgarishi, yir-monlarning va xayvonot dunyosi ba``zi turlari yyiq bo’lib ketishi, insoniyat tarixini o’zgartiruvchi omillar bo’lib xizmat kiladi. Bu omillarning xammasi tarixiy fizik geografiya bulimiga kiradi. Agar kaysidir davlatning tarixiy geografiyasini urganmokchi bulsa, avvalo tari-xiy-iktisodiy va xujalik geografiyasini urganishimiz kerak. Tarixiy geografiyani urganish mobaynida urga-nuvchi turli-xil muammolarga duch kelishi mumkin. Ma-salan, Koraxoniylar davlati xududlarini X-XII asrlarda o’zgarib turishi, XVII-XVIII asrlarda Ashtarxoniylar davlati chegaralarining o’zgarib turishi, XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi, Qyikon va Xiva xonligining asosiy savdo yul-larining xaritasi. Chor Rossiyasi mustamlakasi bulgan Turkiston siesiy-ma``muriy ishlari. Amir Temur dav-ridagi voqea-xodisalar joylari, Moskva knyazligining IX- X asrlardagi davlatning yisishi, XIII-XIX asrlarda AKShdagi axolining yoyilishi va joylashishi kabi muam-molardir.
Qaysidir davlatning tarixiy-iktisodiy va tarixiy-siesiy geografiyasini urganishda avvalo, u davlatning iktisodiy va tarixiy geografiyasini davrlar davomida rivojlanishini kurib chikish darkor buladi. Masalan, Yirta Osiyo, AQSh, Rossiya imperiyasi, Frantsiya, Xitoy, Germaniya, Xindiston va boshka davlatlarning XVIII asrdan XX asr boshigacha byilgan davrdagi tarixiy geografiyasini urganishda, iktisodiy va siesiy geografiya elementlarini birinchi bulib urganib chikish kerak.
Bu elementlar axoli soni, uning milliy tarkibi, axo-lining joylashishi, axolining kaysi davlatlarda yasha-ganligi, bu davlatlar chegarasi, bu geografik xududdagi ichki ma``muriy byilinishlar tashkil etadi.
Muammoning eng qiyin tomoni, bu o’rganilayotgan xu-dudning iktisodiy geografiyasida kyirsatgichlarning qayd qilinishi ya``ni ishlab chikarish kuchlarining rivojlani-shi va joylashishini kursatishdir. Shundan sying, iqtisodiy va siyosiy geografiya asosiy elementlarning uzgarishlari analizini kilish mumkin. Masalan, AKShda 1861-1865 yillardagi fukarolar urushi davri, Rossiya-dagi isloxotlargacha va isloxotlardan keyingi davrlar, Germaniyaning qyishilishdan oldingi va keyingi davrlari kabilar kiradi.
Yuqorida qayd qilingan tarixiy geografiya predmeti xakidagi tushuncha zamonaviy tarixiy va geografik fan-larda kabul kilingan.
Tarixiy geografiya fanining muxim vazifalaridan biri, bu o’tgan davrdagi mamlakatlar siyosiy chegaralarini aniqlash, tarixiy voqea-xodisalar joyini aniqlash, o’rganilayotgan xudud yoki mamlakatdagi axoli joylashuvida bo’lib o’tgan o’zgarishlarni aniqlash kabilardir.
Tarixiy geografiyaning bir qismi siyosiy voqea-xodisalar tarixini urganish bilan urushlar bayoni va ular davlatlar chegarasini uzgartirishni urganish bilan hukumat faoliyatini ba`zida xukmdorlar, vazirlar va boshqa xukmdor shaxslarni urganish bilan uzviy boglikdir. Bunday voqea-xodisalarni yaxshirok tushunish uchun tarixiy geografiya juda kerakdir. Masalan, urushlar va ularning okibatlarini tyilaroq tushunish uchun qyishinlar xarakati, jangning borishi va bulib utgan joylarni ur-ganish darkor. Bu planda tarixiy geografiya bir kator tarixiy fanlar-paleografiya (qadimgi qyilyozmalarning xati va tashqi ko’rinishlarini o’rganuvchi fan), xronolo-giya(1-tarix fanining voqealar va xujjatlarning xronologik tartibdagi vaqtini aniqlash bilan shug`ullanuvchi yordamchi soxasi, 2-voqealarning sodir byilgan vaqti tartibidagi birin-ketin bayoni va ryiyxati), metrologiya (yilchovlar xaqidagi ta`limot), geral`dika (lotincha-jarchi Xeraldus, tarix fanining gerb (tamg`a) shunoslik bo’limi, dastlabki gerblar quldorlik va feodalizm jamiyatida zadagonlar sulolasi, xunarmandchilik kastalari yoki aloxida shaxarlarning ramziy nishoni sifatida vujudga kelgan va maxsus sur’atlar shartli belgilar bilan bir-biridan farq qilgan. Familiya yozilgan gerblar 12 asrda paydo bulgan. Feodal davlatlar saroyida gerblarni ro’yhatdan o’itkazish, sistemalash va yangi xillarini ishlab chiqish uchun aloxida xodimlar-gerbchilar ishlab turgan. 14asrdan boshlab, gerbchilar ustaxonasi tashkil topib,unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va xarbiy qurollarga gerb sur``atlarni tushurish odat tusiga kirgan) kabi fanlar katorida turadi. Shuningdek, tarixiy geo-grafiyaning mazmuni ayniksa, xozirgi zamon nuqtai-nazarida qaraganda kengroqdir. Tarixiy geografiya ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni, milliy ozodlik xarakatlarini kengroq o’rganadi.
Keng mazmunda tarixiy geografiyani tarixiy jarayonni o’rganuvchi tarix fanining bir bo’limi desak adashmaymiz. Yuqorida qayd etilganidek, tarixiy geografik izlanishlar tarix fani asoslanadigan manbalarga asos-lanadi. Tarixiy geografiya uchun kimmatli bulgan man-balar bular axoli ro’yhatlari, xujalik xisob-kitob daftarlari, yilnomalar, kadimgi geografiyaga oid kitob-lar kabilardir Tarixiy geografiya uchun katta axamiyatga ega bulgan manbalar yana bu arxeologik (kadimshunos) manbalardir U utgan davr iktisodiy geografiyasi uchun aloxida muxim axamiyatga egadir. Shuningdek, toponomik va antropologik manbalar xam tarixiy geografiya uchun muxim manbalar xisoblanadi. Darelar, kullar, shaxarlar va boshka geografik ob``ektlar nomlari ayniksa, shu xu-dudda kachonlardir yashagan xalklar bergan nomlar, shu xalklar bu xududda turli sabablarga kura kuchib ketishsa xam, ular bergan nomlar saklanib koladi. Toponomika (joy nomlari) xalklarning kaysi millatga tegishli ekanligini aniqlab beradi Xalklar turli joylarga kuchganlarida uz yashash joylariga nom beradilar. Odam-lar kuprok uzlari oldin yashagan joylarning nomlarini yangi yashash joylariga xam beradilar. Bu xolni biz AKSh shaxarlarini turli Yevropa davlatlari shaxarlari nomi bilan nomlanganligida kurishimiz mumkin. Bu nomlar usha shaxarlar axolining kaerdan kuchib kelganligi xakida ma``lumot beradi.
Tarixiy geografiya avvalo tarix fani kabi tarix me-todidan foydalanadi. Tarix fani metodologiyasi bu ob``ektivlik va tarixiylik metodlaridir. Arxeologiya, toponomika, antropologiya manbalari yuqoridagi prin-tsiplar asosida kayta ishlanadi. Tarixiy geografiya fan sifatida XI asrda vujudga keldi. Uning vujudga keli-shida ikki yirik tarixiy xodisa ya``ni X-XI asrlarda gumanizmning paydo bulishi va buyuk geografik kashfi-etlar (Vaska da gamma(1469-1524y) boshchiligida 4ta ke-madan kichik bir flotiliya 1497 yil ezida Lissabondan chikib 1498y baxorida Xindistonning garbiy kirgokla-riga borib etdi va Kalkutta sh ga tushdi, Genuyalik Xri-stofor Kolumb (1451-1506y) 1492yilda Ispaniyaning Ferdenant va Izobellaning hukumatiga Xindistonga garb tomondan saexat loixasini taklif kildi. Kolumb erning sharsimonligi xakidagi ta``limotga asoslanib, ish kurdi 3 kemadan iborat kichkina eskadra 1492 yilning 3 avgustida Palos gavanida Atlantika okeaniga junab ketadi. 1492 yil 12 oktyabrda Kolumb Karib dengizida markaziy Am-nrikaga yakin joydagi Vagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta kushni orollar Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. Kolumb ochgan kit``aga Amerika degan nom boshka bir Italiya Florentsiyalik Amerigo Vespuch-chi(1452-1512) nomidan olib berildi. Kartograflar Ko-lumb kashf etgan erlarni 1507 yildaek uz kartalarida "Amerigo erlari" degan umumiy nom bilan kursata bosh-ladi. Fernando Magellanning saexati geografik kashfi-etlar tarixida katta axamiyatga ega buldi. Geografik kashfietlar Yevropaning iktisodiy xaetiga goyat katta ta``sir kursatdi. Bu kashfietlar natijasida "Jaxon bo-zorining birdan kengayishi muomiladagi maxsulotlarning kupayishi Osie maxsulotlarini va Amerika xazinalarini kulga kiritishga intilgan evropalik millatlar urtasida rakobat paydo bulishi, mustamlakachilik sistemasi" yuz berdi. Savdo yullari butunlay uzgarib ketdi. Ilgari ev-ropa savdosida asosiy rol` uynagan urta dengiz geogra-fik kashfietlardan sung uz axamiyatini yukotadi. Asosiy savdo yullari Atlantika okeaniga va shimoliy (nemis) dengiziga kuchirilgan Ilgari evropadagi savdo-sotik ishlari eng tarakkiy kilgan Italiya urnini boshka mam-lakatlar Portugaliya, Niderlandiya va Angliya egalladi) ta``sir kildi. Uygonish davrida odamlarda antik davr-larga kizikish kuchaygan Antik (kadimgi) dunega kizikish antik davr geografiyasi bilan shugullanishga olib keldi. Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar-kadimgi dune atlasi edi. Uni XI asrning ikkinchi yarmida aflamand geografi A Orteliy yaratgan edi. U uz asariga ilova tarzida zamonaviy dune atlasini keltirgan edi. A Orteliy uz kartalarini kadimgi dune xakidagi kiskacha ma``lumotlar bilan keltirar edi. A Orteliyning asaridan sung tarixiy geografiya ilmiy tartibot sifatida vujudga keldi. Aytib utish kerakki Orteliyning uzi antik av-torlar ma``lumotlarini tankidiy nazarsiz kabul kilgan va shu ma``lumotlar asosida uz xaritalarini chizgan. A Orteliyning bu kamchiligini XII asrda Leyden (Gollandiya) universiteti professori Klyuver tugirladi. U tarixiy geografiya buyicha ikkita nomdor asar - Kadimgi Italiya va kadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasini ezdi. Tarixiy geografiyani rivojlantirish uchun XII-XIII asr Frantsuz tarixchilari va shu davr Frantsuz geografi J B Anvil` xam katta xissa kushdilar. Ular kadimgi dune tarixiy geografiyasi bilan birga urta asrlar tarixiy geografiyasini xam urganadilar. XIX asrning ikkinchi yarmida umumtarixiy ilmiy ishlar ijtimoiy-iktisodiy tarixni urganish xisobiga boyib boradi. Bu yunalish buyicha kuzga kurinarli kilingan ishlardan biri bu- 1936 yilda Kembridjda Darbi raxbarligidagi kollektiv tomoni-dan chikarilgan Angliyaning tarixiy geografiyasi tug-risidagi asarini aytishimiz xam mumkin A Orteliy-ning uzining aytishiga karaganda uning ishlari "Ta-rix nazarida geografiya" edi. Bu asar Angliyaning 1800 chi yilgacha bulgan tarixiy geografiyasi.
Yevropada tarixiy geografiyasi asoschilari safiga A.Orteliy F.Klyuver J.B.Anvil` Darbi kabi olimlarning Rossiyadan V.N.Tatiev N.N.Barsov S.M.Sere-donin L.A.Svitsin N.K.Lyubavskiy M.N.Tixomirov A.N.Nasonov I.A.Golubtsov (tarixiy geografiya asoschisi) Markaziy Osiyo tarixida tarixiy geografiya elementlarini A.R.Beruniy A.B.Narshaxiy Mirxond Xondamirning tarixiy asarlarida Z.M.Boburning mashxur "Boburnoma" sida kurishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasining muxim manba-lari antik davr olimlari Gerodot Polien Diodot Kvint Kurtsiy Ruf asarlari urta asrlarga oid R G Klavixo Ibn Batuta asarlarida zamonaviy olimlar A Berns Vitkevich P Demizov A Vamberi va boshkalar asarlarida aks etgan yana muxim manbalardan biri bu Abulgozi Baxodirxonning "Shajarai turk" asaridir. Undan tashkari XIX asr faylasufi va tarixchisi A Donish asarlarini xam kiritish mumkin. Tarixiy geografiyaning asosiy kismini erdamchi fanlar tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998.

  2. Hasanov M. Sayyoh olimlar. –T.: 1974.

  3. Ahmedov E.A. O`zbekiston shaharlari. –T.: O`zberiston. 1991.

  4. O`zberistonda etno-demografik jarayonlar. Xalqaro konferensiya materiallari. 1-2-qismlar. T.: 2005.

  5. Bobojonova D. O`zbekistonda demografik jarayonlar va ularning xususiyati. –T.: Fan, 1995.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling