Маъруза Тишли узатмалар


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.04.2022
Hajmi1.02 Mb.
#627945
Bog'liq
w7Hx259AKOBl2WrA7vdgjUkDVwlJshCiDxWN02ok
ro\'yhat, ro\'yhat, 3-Nazariy ped nazariya, 3-amaliy topshiriq (1), kurs ishi tartib, amaliy, Sanjar, dildira, must komp graf, 4 mavzu BR, amaaliy mashgulot(2), 10-mavzu tayyor, 6-mavzu tayyor, mustaqil ish ., «Umumiy pedagogika» fanidan test topshiriqlari (1)


 
 
 
 
Tishli uzatmalarning tasnifi. 

TISHLI UZATMA - aylanma harakatni bir valdan ikkinchi 
valga ularda joylashgan aylanuvchi qismlar(g‘ildiraklar)dagi 
tishlarning o‘zaro ilashishi xisobiga uzatishga mo‘ljallangan 
mexanizm.
Eng oddiy tishli uzatma o‘zaro 
ilashgan ikkita tishli g‘ildirakdan 
tuzilgan bo‘lib, kichkina tishli 
g‘ildirak SHESTERNYA,
kattasi G‘ILDIRAK
deyiladi. 


Tishli uzatmalar quyidagi belgilarga ko‘ra tasniflanadi: 
1. Uzatmadagi vallarning o‘zaro joylashishiga qarab: 
a) vallarining o‘qlari parallel 
joylashgan-silindrsimon tishli 
g‘ildirakli uzatmalar; 
b) vallarining o‘qlari kesishgan - 
konussimon tishli g‘ildirakli 
uzatmalar;. 
v) vallarining o‘qlari ayqash 
joylashgan - chervyakli, vintli va 
gipoidli tishli uzatmalar 


2. Tishlarning g‘ildirak geometrik o‘qiga nisbatan joylashishi bo‘yicha: 
b) qiya tishli;
a) to‘g‘ri tishli;
c) shevron tishli; 
d) egri tishli. 


3. Tishli g‘ildiraklarning o‘zaro joylashishi bo‘yicha:
a) tashqi ilashishli; 
b) ichki ilashishli.  


4. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha:
a) ochiq;
b) yopiq, yaʼni yopiq korpusda
joylashgan (Reduktor);  


5. Tishlarning profiliga ko‘ra:  
a) evolventali;
b) sikloidali;
c) Novikov tipidagi 


6. Vallar geometrik o‘qlarining nisbiy harakati bo‘yicha: 
a) geometrik o‘qlar qo‘zg‘almas bo‘lgan 
qatorli uzatmalar; 
b) qo‘zg‘aluvchan geometrik 
o‘qli planetar uzatmalar; 


7. G‘ildiraklarining aylana tezligi bo‘yicha: 
a) sekin yurar (= 3¸4 m/s); 
b) o‘rtacha tezlikli (4 m/s < u < 15 m/s); 
c) yuqori tezlikli (u > 15 m/s). 





 
 
Tishli uzatmalarning afzalliklari va kamchiliklari: 
Afzalliklari: 
1. Amalda xoxlagan quvvatni (50000 kVt va undan yuqori) aylana tezliklarning 
keng chegaralarida uzatish mumkin. 
2. Uzatishlar soni doimiy. 
3. Ixcham, ishonchli va uzoq muddat ishlaydi. 
4. F.I.K. yuqori (h = 0,97...0,98) va xizmat ko‘rsatish oson. 
5. Vallarga va tayanchlarga tushadigan bosim kuchlari nisbatan kichik. 
7. Gildiraklarni turli-tuman materiallardan tayyorlash mumkin. 
Kamchiliklari: 
1. Uzatishlar sonining cheklanganligi, bir juft tishli g‘ildirak uchun Umax = I2,5. 
2. Bikr ishlaydi, shuning uchun titrash va shovqin manbai xisoblanadi hamda 
zarbli va keskin o‘zgaruvchan yuklanishlarga yaxshi chidamaydi. 
3.Katta aniqlikdagi tishli g‘ildiraklarni tayyorlash nisbatan murakkab va 
qimmatroq. 
 
 


 
 
 
 
 
 
Ishlatilishi haqida maʼlumotlar. 
Tishli uzatmaning turi uning bajaradigan vazifasi, yuklanish xususiyati va ishlash 
sharoitiga qarab qabul qilinadi. 
Sikloida profilli tishlar sekin yurar va kam yuklangan uzatmalarda; Novikov tipidagi 
tishlar katta quvvatlarni uzatishda, qolgan xollarda esa evolventali tishlar ishlatiladi. 
Aylana tezlik u < 5 m/s bo‘lganda to‘g‘ri tishli, u > 5 m/c da qiya tishli, og‘ir yuklangan 
uzatmalarda esa shevron tishli g‘ildiraklar ishlatiladi. 
Tashqi ilashishli uzatmalar harakat yo‘nalishini teskarilatish zarur bo‘lganda, ichki 
ilashish esa yo‘nalishni bir xil saqlash uchun qo‘llaniladi. 
Mashinaning konstruksiyasi imkon berganda uzatmalarni har doim yopiq yoki yarim 
yopiq korpusga moylanadigan qilib joylashtirish zarur. 
Planetar uzatmalar pog‘analar sonini ko‘paytirmasdan ancha katta yoki kichik uzatish 
nisbatlarini olish, hamda harakatni bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda uzatish 
imkonini beradi. Biroq bu uzatmalar nisbatan yuqori aniqligda tayyorlash va 
yig‘ishni talab qiladi, hamda ularni yig‘ish uchun ko‘proq vaqt sarflanadi. 


Nazorat savollari 
1.Tishli uzatmani tasnifini ayting? 
2.Tishli uzatmani asosiy afzalligi nimadan iborat, boshqa uzatmaga 
nisbatan? 
3.Tishli uzatmani asosiy kamctiligi nimadan iborat, boshqa uzatmaga 
nisbatan? 
4.
Tishlarning profiliga ko‘ra qanday turlaini bilasiz 

5.Nima uchun evolvent profilli tishli uzatma keng ishlatiladi? 
6.Tishlarning g‘ildirak geometrik o‘qiga nisbatan joylashishi 
bo‘yicha 
qanday turlaini bilasiz ? 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling