MA’ruza yuksak urug’li o’simliklar Reja Urug’li o’simliklarning kelib chiqishi


Download 21.15 Kb.
Sana07.10.2020
Hajmi21.15 Kb.

6-MA’RUZA Yuksak urug’li o’simliklar

Reja

  1. Urug’li o’simliklarning kelib chiqishi

2. Morfologiyasi va anatomiyasi

3. Ko’payishi va nasllar gallanishi

4. Klassifikasiyasi

5. Ahamiyati



Tayanch iboralar: gametofit, urug’, qubba, mikrostrobil, megostrobil, mikropile, integument, nuselus,epidermis,

Yuksak o‘simliklar ichida urug‘li o‘simliklar progressiv evolyutsion yo‘nalish sari rivojlanib borgan. Ular sporali o‘simliklardan ancha murakkab tuzilganligi va tashqi muhitga moslashganligi bilan farq qiladi. Urug‘li o‘simliklar gametofit naslning yanada reduksiyalanishi va sporofitni esa murakkablanishi kuzatiladi.

Gametofit nasl o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Endi u tuproqda emas, balki sporofit naslda rivojlanadi. Urug‘li o‘simliklarda sporali o‘simliklarga xos bo‘lgan suv tomchilariga bogliqlik yo‘q. Jinsiy jarayon, ya‘ni urug‘lanish quruqlikda sodir bo‘ladi. Urug‘li o‘simliklarning yana bir ustunlik tomoni shundaki, changlanish va urug‘lanish jarayonlari urug‘chili o‘simliklarning o‘zida sodir bo‘ladi. Erkak gametalar harakatchanligini yo‘qotadi va urg‘ocho gametaga chang yo‘li orqali yetib boradi. Urug‘li o‘simliklar ham har xil sporali o‘simliklarnikidek, sporofit naslda meyoz bo‘linish natijasida mikro- va megasporalar hosil bo‘ladi. Ammo, mikromegasporalar tashqariga sochilmaydi, aksincha sporangiylar ichida o‘sadi. Shunday qilib, erkak va urg‘ochi gametofitlarlarning rivojlanishi mikro- va megasporangiylar ichida boradi. Urug‘ urug‘kurtakdan kelib chiqadi. Urug‘kurtak shakli o‘zgargan megasporangiy bo‘lib, u nutsellus va integument qavatlari bilan o‘ralgan. Urug‘da murtak va zahira oziqa moddalari bo‘ladi. Zahira oziq moddalar ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda turli yo‘llar bilan hosil bo‘ladi. Urug‘murtagida esa ildizcha, poyacha va bargchalarni ko‘rish mumkin. Xullas, urug‘ bu ko‘p hujayrali murakkab tuzilishdagi ona o‘simlikda rivojlanadi va qalin po‘stga ega. Shu sababdan urug‘lar qulay sharoitga tushishi bilan o‘sib, haqiqiy sporofit o‘simlik rivojlanadi. Urug‘ning kelib chiqishi o‘simliklar dunyosining evolyutsiyasida muhim davr hisoblanadi. Sporali o‘simliklarda esa spora bitta, uncha yaxshi himoyalanmagan, qulay muhitga tushsagina o‘sib o‘simta yoki maysacha hosil qiladi, keyinchalik shu maysachadan jinsiy organlar etilib, suv tomchilari yordamida urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklarga nisbatan quruqlikka yaxshiroq moslashgan va keng tarqalgan. Bundan tashqari sporada oziq moddalar urug‘larga nisbatan kam bo‘ladi. Shu sababdan sporalar tez-tez nobud bo‘lib turadi. Urug‘li o‘simliklar (Spermatophyta) ikkita bo‘limga bo‘linadi:

1. Qarag‘aytoifalar bo‘limi (Ochiq urug‘lilar) - Pinophyta

2. Magnoliyatoifalar bo‘limi (Yopiq urug‘lilar) - Magnoliophyta

Ochiq urug‘li o‘simliklarda urug‘ hosil bo‘ladi, lekin meva vujudga kelmaydi. Chunki, ochiq urug‘lilarda meva bo‘lmaydi, urug‘kurtak ochiq holda joylashadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda esa urug‘ ham, meva ham bor, ya‘ni urug‘ni tashqi tomondan meva o‘rab turadi. Shu sababdan ochiq urug‘li va yopiq urug‘ nomlari

kelib chiqqan. Ochiq urug‘li o‘simliklarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklar evolyutsiyasi yanada progressiv bo‘lgan.

Ochiq urug‘li o‘simliklar ham yuksak o‘simliklar singari juda

qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezozoy erasining boshlarida, taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo‘lgan. Paleozoy va mezazoy eralarida tog‘ ko‘tarilishi jarayonlari natijasida qurug‘lik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo‘lsa ham qurg‘oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o‘zgarishi qirqquloqlarni siqib chiqarib, ularning o‘rnini ochiq urug‘li o‘simliklar egallashiga sabab bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar,

asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog‘ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari har xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababli ochiq urug‘lilarni tasniflashda shu belgilar muhim rol o‘ynaydi. Ochiq urug‘li o‘simliklar, ba’zi olimlarning fikricha, eng qadimgi har xil sporali qirqquloqlardan

kelib chiqqan. Ochiq urug‘lilar ham boshqa urug‘li o‘simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiyalardan mikrospora, megosporangiyalardan megospora hosil bo‘ladi. Bu ikkala spora shakli, katta-kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ko‘pincha, mikro va megosporalar strobillarida (qubbalarda)

voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennetitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo‘lgan. Hozirgi paytda bu bo‘limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo‘lib, ular 68 turkum, 10 ta qabila va 6 ta sinfga kiradi. Bu bo‘lim vakillari yer yuzida keng

tarqalgan bo‘lib, shimoliy yarim sharda (nina bargli o‘rmon zonasi)

tayga o‘rmonlarini hosil qiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning chiqib kelishi, asosan devon davri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o‘sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Devon davrining oxirlarida arxeopterislar vujudga kelib, ularning bo‘yi 30 metrga yetgan. Arxeopterislarda o‘zak va ikkilamchi ksilemaning bo‘lishi ularni ochiq urug‘lilarga yaqinlashtirdi.

Lekin urug‘li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan. Umuman, bularda yog‘ochlik o‘rnida floema yaxshi rivojlangan.Ularda dastlabki barglar shakllanib borgan, bu esa ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishida katta rol o‘ynagan. Demak, ochiq urug‘lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o‘simliklardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu bo‘limga xos xususiyatlardan yana biri ‒ ularda qubbalarning bo‘lishidir:

epidermis ‒ po‘st;

mikrostrobil ‒ erkak qubba;

megostrobil – urg‘ochi qubba;

mikropile ‒ urug‘ yo‘li;

nutsellus ‒ urug‘kurtak mag‘zi;

integument ‒ urug‘kurtak qobig‘i.

Ochiq urug‘lilarga xos belgilardan biri ‒ ularda urug‘ning hosil bo‘lishidir. Urug‘ megasporofillarda mevacha barglarda ochiq holda joylashadi. Urug‘ ‒ urug‘kurtaklardan hosil bo‘ladi. Urug‘kurtak esa shakli o‘zgargan megasporangiydir. Ular megosporafilda ochiq holda o‘rnashgan.

Magnoliyatoifa o‘simliklarda esa urug‘kurtak urug‘chi tugunchasining ichida joylashgan bo‘ladi. Evolutsiya jarayonida makrosporangiy ‒ urug‘kurtakka, mikrosporangiya ‒ changdonga aylangan. Mikrosporalar esa changga aylangan. Hayotiy shakli jihatdan qarag‘aytoifa o‘simliklar daraxt, buta va lianalardan iborat.

Monopodial tipda shoxlangan bu o‘simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. O‘tsimon vakili bor-yo‘g‘i bitta bo‘lib,bennetitdoshlar oilasi vakili Williamsoniella hisoblanadi. U ham bo‘lsa qazilma holatda ma’lum. Qubbalar o‘q poya qoplag‘ich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo‘ltig‘ida

urug‘kurtak yoki changdonlar joylashgan. Shunga ko‘ra ular changchi (erkaklik) va urug‘chi (urg‘ochi) qubbalarga ajraladi.

Асосий адабиётлар:



  1. James D. Mauseth Botany an introduction to Plant Biology USA 2014. P. 766.

  2. Маткаримова А.А., Махкамов Т.Х., Махмудова М.М., Азизов Х.Я., Ваисова Г.Б. Ботаника. – Тошкент: “Фан ва технология”, 2019. 298 б.

  3. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника. Тошкент, «Ўзбекистон». 2002. - 322 б.

  4. Мустафаев С.М., Ахмедов Ў.А., Мустафаев М.С., Юлдашев Т.И. Ботаника. Тошкент, “Тафаккур бўстони”, 2006. 201 б.

Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling