Ma’ruza.№1
Kirish. Qurilish materiallarini maydalash qonuniyati va texnologik
uskunalarning tasniflari
Mavzuni yoritish rejasi:
1.
Tog‘ jinslarini maydalash usullari.
2.
Maydalashning asosiy qonunlari
3.
Jinslarning maydalanish darajasi.
4. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar klassifikatsiyasi
Tayanch iboralar: maydalash, sindirish,
maydalovchi va kukunlovchi
mashinalar, boshlangich bo‘lak, natijaviy bo‘lak.
1. Maydalash usullari va ularni zarurligi.
Har xil qurilish materiallarini mahsulot va konstruksiyalarini tayyorlash
uchun ishlatilayotgan xom ashyo va aralashmalarni maydalashga to‘g‘ri keladi.
Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan iborat.
Sindirish va
kukunlash bir biridan ajralmasdir. Sindirish natijasida tayyor mahsulot kattaligi 3
mm dan yuqori bo‘ladi, kukunlashda esa 3 mm dan kichik bo‘ladi. Sindirish
jarayoni sindiruvchi mashinalarda, kukunlash esa tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Sanoatda qurilish materiallarini sindirish va kukunlash
jarayonlari alohida
ahamiyatga ega. CHunki olingan mahsulot har xil qurilish materiali sifatida
(sement, ohak, sopol, temir-beton va b.q.) ishlatiladi.
Qurilish materiallarini
maydalash asosan ezish sindirish ishqalash, urish yoki birgalikda ta’sir qilishi,
ezish va ishqalash, urish ishqalash va boshqa hollarda.
Maydalash usullari sxematik ko‘rinishda rasmda keltirilgan.
Maydalovchi-kukunlovchi
mashinalarning
asosiy
texnik-iqtisodiy
ko‘rsatgichlaridan biri maydalash darajasidir. Boshlang‘ich bo‘laklar
razmerini,
natijaviy bo‘lak razmerlariga nisbatan maydalash darajasi. Maydalash darajasi
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
d
D
i
D - boshlang‘ich bo‘lak razmeri, m
d - natijaviy bo‘lak razmeri, m
Faqatgina birgina maydalovchi yoki kukunlovchi
mashinada yuqori darajada
maydalash darajasi olish mumkin emas, shuning uchun boshlang‘ich
mahsulotni
maydalash bir necha ketma-ket ishlayotgan mashinalarda amalga oshirish mumkin.
Maydalangan mahsulotning o‘lchamlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar ochiq va yopiq sikllarda ishlashi
mumkin. Ochiq siklda ishlagan holda qurilish
materiallari maydalovchi va
kukunlovchi mashinalardan faqat bir marotaba o‘tadi va bunda natijaviy mahsulot
tarkibida talab qilingan o‘lchamdan yuqori bo‘lgan zarrachalar uchraydi.
a) katta o‘lchamli - 350 - 100 mm. b) o‘rta o‘lchamli - 100 - 40 mm.
v) kichik o‘lchamli - 40 - 3 mm
YOpiq siklda ishlaganda esa natijaviy mahsulot tarkibidagi katta o‘lchamli
zarrachalar yana qayta maydalovchi mashinalardan o‘tadi.