Ma’ruza.№4
Mavzu: Valikli va zarbli xarakatlanuvchi maydalagichlar
Mavzuni yoritish rejasi:
1. Valikli maydalagichning ishlashi va qo‘llanilishi
2. Bir valli maydalagichlar
3. Ikki valli maydalagichlar
4. Zarbli xarakatlanuvchi maydalagichlar.
Valikli maydalagichlar yopishqoq va nam materiallar — loy, bo‘r, nam mergel
hamda qattiq jinslami o‘rtacha va mayda maydalash uchun qo‘llaniladi.
Ishlash
prinsipi: ezish, qisman ishqalash, zarb va egish. Valiklar soni bo‘yicha
bir juvali,
ikki juvali va ko‘p juvali xillarga bo‘linadi. Ikki valikli maydalagichlar tuzilishi
jihatidan bir juft qo‘zg‘aluvchan podshipnikli va ikki juft qo‘zg‘aluvchan
podshipnikli xillarga ajratiladi.
Valiklar silliq, taram-taram va tishli bo‘lishi
mumkin.
Vallikli maydalagichlarni ikkinchi darajadagi sindirgichlarda, qo‘zg‘aluvchan
maydalovchi – saralovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular konstruksiyasini oddiyligi
va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Biroq boshqa
maydalagichlarga qaraganda
ko‘proq energiya sarf qilinishini talab etadi. Bo‘laklarning o‘lchamlari
maydalagichni yuklanish kengligining 0,85 qismidan oshmasligi kerak. Tanlangan
maydalagichning ish unumdorligi birinchi stadiyada berilgandan 10-25% yuqori
bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHunki 2 va 3 stadiyalarda
maydalagichdan tayyor mahsulot olish kerak.
Bir valikli maydalagichlar
Bir
valikli
maydalagichlar o‘rtacha
qattiqlikdagi mergellarni, bo‘sh
ohaktoshlarni, qattiq loyni, slaneslarni yirik maydalash uchun ishlatiladi. Bir juvali
tishli maydalagich bitta tishli valik va qo‘zg‘almas jag‘dan iborat. Jag
1
o‘qqa
o‘matiladi, uni bu vaziyatda prujinali tortqi tutib turadi,
shu tufayli mashinaga
maydalanmaydigan material tushib qolganda jag‘ orqaga surilib, unga yol beradi.
Valikning diametri 400—1600 mm, uzunligi diametridan 1,5—3 marta katta.
Uncha qattiq bo‘lmagan ohaktoshlar va mergellami hamda yumshoq jinslaming
o‘ta nam xomashyosini maydalash uchun jag‘- juvali maydalagich qo‘llaniladi
(13-rasm). U 100
mm balandlikdagi, chiqiqli aylanuvchi valik va shamirli
o‘matilgan qo‘zg‘aluvchan jag‘dan iborat. Jag‘ning pastki
uchini prujinali tortqi
tutib turadi.