Ma’ruzadan olgan bilim,ko’nikma va malakalaringiz asosida quyidagi savollarga javob yozing


Download 21.16 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21.16 Kb.
#219808
Bog'liq
TOPSHIRIQ-1


TOPSHIRIQ-1

Ma’ruzadan olgan bilim,ko’nikma va malakalaringiz asosida quyidagi savollarga javob yozing.



  1. O’qitish metodlari deyilganda nimani tushunasiz?

Наr bir metod ma`lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuisidan foydalanish mumkin.

Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:



O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang`ich sinflardan yuqori sinflariga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlari qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarini qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasini bog`liq holda o’zgaradi.

Didaktikada munozaralariga sabab bo’layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma`lum», — ekanligini ta`kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, — «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g`oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish — favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak»



  1. O’qitish metodlarining turlarini ayting.

Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo’lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko’p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.

Tushuntirish o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo’llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o’rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o’quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko’zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko’p hollarda o’qituvchining ko’rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi. Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo’llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o’quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi.

Namoyish metodi o’rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo’l keladi va ayni chog’da predmetning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi haqida to’laqonli ma’lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor haratiladi, so’ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o’rganishga o’tiladi. Ko’rsatish ko’p holatlarda o’rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko’rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.

Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi. Qayd etilganidek, ushbu metodlar o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.

Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o’tkazish metodlari bo’lib, ular ko’proq tabiiy fanlar asoslarini o’rganishda qo’llaniladi. Bu metod o’quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko’rish, o’lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko’nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o’quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o’lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.


  1. Boshlang’ich sinflarda qanday o’qitish metodlari ishlatiladi?

Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta'lim turlari, ta'lim sohalari hamda ayrim belgilari bo'yicha turlarga ajratiladi

Uzluksiz ta'lim turlari bo'yicha maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, tayanch ta'lim, maktabdan tashqari-qo'shimcha ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi pedagogik texnologiyalariga bo'linadi. Shu bilan birga, ta'lim sohalari bo'yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san'at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta'lim pedagogik texnologiyalari mavjud.

Hozirda mavjud bolgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o'tishimiz kerakki, pedagogic texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo" lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya'ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo'lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e'tibor ta'lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo'yicha turlarga ajratiladi.


  1. Induksiya,deduksiya va analogiya metodlarining mohiyati nimadan iborat?

Induktiv xulosa - metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir.

Deduksiya metodi - bilishning shunday yo‘liki, bu yo‘l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.

1+2=33 - 2=13 - 1=2

Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga o‘tishdir.



Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir.

Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qilinadi.
Download 21.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling