Ma’ruzadan yozma ish 2-Variant


Download 31.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2020
Hajmi31.48 Kb.
#157164
Bog'liq
yozma-ish


                   Ma’ruzadan yozma ish

                               2-Variant

   1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy 

va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy 

adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:

1) 

bilish vazifasi 



- har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental 

ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar 

hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 

tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;

2) 

amaliy vazifa 



– amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan 

unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni 

qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning

har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni 

ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni 

tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini 

topishdan iboratdir;

3) 


uslubiy vazifasi 

– iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning tamoyillari, 

olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq 

fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;

4) 

g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi 



– ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida 

talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini 

shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat 

manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul 

qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, 

mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot 

nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini 

tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.

2. Qadimgi Bobildagi iqtisodiy g’oyalar.

Bobil (Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapi qonun to’plamlari (jami282 ta) diqqatga 

sazovor. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo’jaligini rivojlantirishni 

qo’llab quvvatlash bo’lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. 

Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo’lmagan umuman, xususiy

mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z 

olaytirgan , unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to’plami 

davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini 

ko’rsatgan. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham iqtisodiy 

ravnaq topgan.



3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va tarkibiy 

tuzilishi 

MAZMUNI

Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy 



va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy 

va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy 

faoliyatining asosiy tomonidir.

Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki 

boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining iste’moli 

uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu 

mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan 

hamda bir-birlari bilan o’zaro ma’lum munosabatda bo’ladilar. Ishlab chiqarish 

jarayonida bo’ladigan bu munosabatlarning shakllari va xususiyatlarini o’rganish hamda 

ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan 

iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o’sib boruvchi 

ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo’lidir. Moddiy ne’matlar 

ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish 

xususiyatlari ko’’gina iqtisodchi olimlar tomonidan ko’rsatib berilgan. Ular mehnat 

kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol 

qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun 

hech qanday ijtimoiy shakllarga bog’liq bo’lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, 

mehnat bo’lmaganda kishi bilan tabiat o’rtasida modda almashinuvi ham mumkin 

bo’lmas edi.

Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining 

shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga 

keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi 

bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol to’ib boradi, ya’ni kishilar o’zining 

mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib 

boradi.

Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun 



maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli 

uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy 

shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.

Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma 

mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir 

(tushunchadir).

Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan 

foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon 

murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kom’yuter 

texnikalarini, zamonaviy radio va televidenie vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan 

yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va 

sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan 

iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, trans’ort va aloqa, 

qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik 


va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining 

shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga 

keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab 

chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat 

mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni 

yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.

Turli mulk shakllarining teng huquqliligi qaror to’ayotgan hozirgi o’tish davrida aholiga 

turli xizmatlar ko’rsatish miqdori ham o’smoqda. O’zbekiston YaIMda xizmatlarning 

ulushi 2004 yilda 37,6 foizni tashkil qildi. Bu esa Res’ublikamiz hukumatining keyingi 

yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kom’leks 

tadbirlari (individual mehnat faoliyati, ijara, er,

 

mulk, tadbirkorlik, soliqlar to’g’risidagi 



qonunlar) natijasidir.

Xo’jalik yuritishning yangi shakli va usullarining aholiga xizmat ko’rsatish, qishloq 

xo’jaligi mahsulotlarini, turli chiqindilarni qayta ishlash usullarining iqtisodiyotimizga 

kirib kelishining ob’ektiv sababi mehnatkashlarni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash 

sohalarini rivojlantirishdir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat faoliyatining muhim tomoni bo’lgan uy 

xo’jaligi imkoniyatlaridan foydalanish (kasanachilik, hunarmandchilik, nonvoylik, uy 

bog’cha va yaslilari ochish, re’etitorlik, qo’shimcha dars o’tish) ichki imkoniyatlardan 

foydalanishning munosib yo’llaridan biri hisoblanadi, chunki bu usul qo’shimcha binolar 

qurilishini talab qilmaydi va mablag’ni tejashga imkon beradi va shu bilan birga 

xizmatlar turini va miqdorini ku’aytiradi.

Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro’zg’or ishiga to’g’ri kelmoqda. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uy-ro’zg’or ishlariga 

yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqtiga qaraganda ko’’roq 

ekan. Buning ustiga uy-ro’zg’or ishlari talaygina quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga 

o’xshash boshqa misollar maishiy xizmatlar ko’rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, 

uy-ro’zg’or ishlarini mexanizastiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – 

uskunalarni ko’’lab ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko’’ bo’lsa 

shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi.

TARKIBIY TUZILISHI

Ishlab chiqarishni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: 

moddiy ishlab chiqarish 

va 

xizmat ko’rsatish 



sohalariga bo’linadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) 

zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy 

ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas 

bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

Res’ublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining

YaIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (3-

jadval).


Moddiy ishlab 

chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi 

bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 

korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar — 

stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. 

Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab 

chiqariladi.


Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida ikkinchi 

bo’limda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi 

mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o’z 

navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o’rtasida doimo 

iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.

Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotining hamma

bosqichlari uchun xos bo’lgan umumiy hodisa bo’lsa-da, kishilar, sohalar, korxonalar 

o’rtasida ma’lum shakldagi o’zaro munosabatsiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning 

uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda 

amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga oshadi.

4. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va salbiy jihatlari.

Afzalliklari

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bizning oldingi bayon qilgan tahlillarimizdan va 

fikrlarimizdan ma’lumdir. Bu tahlillardan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq.

1) 

Resurslarni taqsimlashning samaradorligi



. Bozor tizimi resurslarni samarali 

taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni 

jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U 

ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va 

ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, 

bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud 

resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

2)

 Erkinlik 



– bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy 

erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’’lab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini 

uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday 

uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri — markazdan boshqarish 

va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy 

hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan 

uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini 

namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma 

va kor’orastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, 

susqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. 

Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni 

ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni 

xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda 

boshqa ko’’lab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:

- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining 

yuqori darajasi;

fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal 

sur’ati;


turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga 

yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.



Salbiy jihatlari

Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat 

mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. 

Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud.

1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy 

mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat 

qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kom’aniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz 

raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik 

ta’sirining ‘asayib borishiga olib keladi.

2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga 

olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real ka’italdan 

foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kom’leksli, markazlashgan va qat’iyan bir 

butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib to’ishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo 

manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng 

miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. 

Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng 

yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’’ miqdordagi mayda firmalar 

emas, uncha ko’’ bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.

Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat 

bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham ‘utur 

etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni 

taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.

Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi 

tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday 

iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf 

qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.

Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan biri - shundan iboratki, u

ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib bozorga taklif 

qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan 

ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.

Tovarlar hajmi bilan ‘ul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf 

eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - ‘ulning 

qarsizlanishi - inflyastiya bilan birga boradi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy 

jihatlari ham mavjud:

- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish 

mexanizmining mavjud emasligi;

- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi;

- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi;

- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;

- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning ‘asayishi va inflyastiya 

jarayonlarining mavjudligi.



Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling