MA’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana21.01.2020
Hajmi0.77 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

MA’RUZALAR  MATNI
1- MA’RUZA:  DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH.
REJA:
1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
2. Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allomalarining yondashuvlari.
3. Dinlarni tasniflashda G’arb olimlarining qarashlari.
Tayanch tushunchalar:  Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Fanning falsafa, tarix,
psixologiya,   sotsiologiya,   antropologiya,   arxeologiya   kabi   fanlar   bilan   bog’liqligi.   Din   va
dinshunoslik atamalarining ta’rifi.  Dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy  taraqqiyoti.
Dinlar   tarixi   Sharq   ilmlarining   uzviy   bo’lagi   sifatida.   Dinlar   tarixini   o’rganishda   Sharq
allomalarining   yondashuvlari.   Abu   Rayhon   Beruniy,   Ibn   Hazm   Andalusiy,   Abdulkarim
Shahristoniy   va   Abu   Mansur   Bag’dodiylarning   asarlarida   dinshunoslik   asoslari.   G’arb
dinshunosligining   o’ziga   xos   jihatlari.   Dinlarni   tasniflashda   G’arb   olimlarining   qarashlari.
Jahonning ilg’or ta’lim maskanlarida dinlar tarixini o’rganish va o’qitish tajribalari. 
1.1    
 
 Dinshunoslik   fanining   maqsad   va   vazifalari.
 
    Din  insoniyat  ma’naviy  hayotining
tarkibiy  qismidir.  O’zbekiston  Respublikasida  ziyolilar  oldiga  ma’naviy  barkamol  insonni
shakllantirish  vazifasi  qo’yilgan  bir  paytda  din  masalasini  chetlab  o’tish  mumkin  emas.   Mazkur
masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-
oydin.  Lekin  keyingi  paytda  paydo  bo’lgan  diniy  bo’lmagan  masalalarni  diniy  deb  atash,  har
qanday,  hatto  bir-biriga  zid  bo’lgan,  fikrlarni  tahlil  qilmasdan  turib  maqtash  uslubi  ham  o’zini
oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan
ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani
ancha  yo’l  bosib  o’tib,  ko’plab  ilmiy  natijalarga  erishdi.  Mustaqillik  yillarida  O’zbekiston
tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar.
Din  -  e’tiqod  hamdir,  bu  esa  har  bir  kishining  shaxsiy  ishi.  Lekin  shaxsni  har  qanday
missioner  tashkilotlar  ixtiyoriga  ham  tashlab  qo’yib  bo’lmaydi. Ozod  jamiyatda  har  bir  inson  o’z
shaxsiy  munosabatini  belgilab  olishi  uchun  unga  har  tomonlama,  boy, xolis-ilmiy  axborot  zarur.
Bunday  axborot  ko’p  qirrali  bo’lmog’i,  birovning  g’arazli  sharhisiz  asl  matnlar  shaklida  bo’lsa
maqsadga  muvofiqdir.  Eskirgan  ma’lumotlar  asosida  mutaxassis  bo’lmagan  mualliflar  tomonidan
yozilgan  asarlar  hozirgi  zamon  axborot  erkinligi  va  uning  etib  kelishi  oson  bo’lgan  sharoitlarda
o’quvchilarning  ko’z  o’ngida  mazkur  mualliflarning  obro’sizlanishiga  yoki  o’quvchini  noto’g’ri
tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi.
Din  va  Qonun  o’zaro  munosabatlarini  yaxshi  bilish  demokratik  jamiyat  poydevorini
mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni  turli  diniy  jamoa  a’zolarining  huquqlari,
majburiyatlari  haqida  to’la  ma’lumot  beradi.  O’quvchilarda  qonunga  hurmat  hissini,  o’zininggina
emas,  boshqalarning  ham  diniy  his-tuyg’ularini  hurmat  qilish,  tushunishga  harakat  qilish,  o’z
shaxsiy  fikrlarini  boshqa  kishilarga  tazyiq  bilan  o’tkazish  g’ayriqonuniy  xatti-harakat  ekanligi,
jamoat  joylarida  diniy  masalalarda  zo’ravonlik,  tajovuzkorlikka  yo’l  qo’ymaslik  dunyoqarashini
shakllantiradi.

O’zbekiston  Respublikasi  jahon  hamjamiyatiga  kirib  borayotgan  bir  sharoitda  uning
fuqarolari  turli  konfessiyalar  vakillari  bilan  muloqot  etishning  yuksak  madaniyatiga  ega  bo’lishi
ham juda muhimdir.
Din  tabiat,  jamiyat,  inson  va  uning  ongi,  yashashdan  maqsadi  hamda  taqdiri  insoniyatning
bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga
to’g’ri,  haqiqiy,   odil  hayot  yo’lini  ko’rsatadigan  va  o’rgatadigan  ilohiy  qudratga  ishonch  va
ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din  muayyan  ta’limotlar,  his-tuyg’ular,  toat-ibodatlar  va  diniy  tashkilotlarning  faoliyatlari
orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok
etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks
etishidir.  Din  komil  insonni  tarbiyalashda  salmoqli  tarbiyalovchi  qudratga  ega  bo’lgan  ma’naviy-
axloqiy kuchdir.
Din  nima  ekanligi  turlicha  izohlansa-da,  umumiy  nuqtai  nazar  shuki,  din  ishonmoq
tuyg’usidir.  Ishonmoq  tuyg’usi  insoniyatning  eng  teran  va  eng  go’zal  ruhiy-ma’naviy
ehtiyojlaridandir.  Dunyoda  dini,  ishonchi  bo’lmagan  xalq  yo’q.  Chunki  muayyan  xalq  dinsiz,
e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.
Dinshunoslikda dinga «dinning o’zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol
nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtai
nazaridan ham yondashuv mavjud.  Bu masala bilan ko’proq din sosiologiyasi shug’ullanadi. 
Sosiologik  nuqtai  nazardan  qaralganda  din  jamiyat  uchun  zaruriy  narsa,  ijtimoiy  hayotning
ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida
namoyon  bo’ladi.  Bu  degani  dinni  jamiyatdagi  bajaradigan  vazifalariga  ko’ra  o’rganish  mumkin
demakdir.
Dinning  vazifalari  deganda  uning  alohida  shaxsga  va  jamiyatga  ta’sir  qilish  yo’li  va  tabiati
nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va
umuman  jamiyatga  nima  beradi?  Insonlar  hayotiga  qanday  ta’sir  ko’rsatadi?  Shunga  o’xshash
masalalar o’rganiladi.
Dinning  ijtimoiy  vazifalari  haqidagi  ta’limotni  dinshunoslikda  funksionalizm  rivojlantiradi.
Funksi-onalizm  jamiyatga  ijtimoiy  tizim  sifatida  qaraydi:  unda  jamiyatdagi  har  bir  element
muayyan  funksiyani  bajaradi.  Dinning  jamiyatda  bajaradigan  ijtimoiy,  ma’naviy,  ruhiy  vazifalari
quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan
 
 ,   har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchiliktasalli beruvchilik
-  kompensatorlik  vazi-fasini  bajaradi.  Masalan,  insonda  doimiy  ehtiyoj  hosil  bo’lishi  hodisasini
olaylik.  Inson  o’z  hayoti,  turmush  tarzi,  tabiat  va  jamiyat  bilan  bo’lgan  munosabatlari  jarayonida
hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga
zaruriyat sezgan. Ana  shunday ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din  bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni
qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda. 
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-
farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. 
Shuningdek,   xristianlikda  har  bir  xristian  Iso  Masihning  qaytishiga  umid  qilgan  holda
hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso
Masih  qaytib  kelgach  barcha  izdoshlarini  saodatli  hayotga  etkazishi  haqidagi  ta’limotni  ilgari
suradi.
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy
orzu-istaklariga  oxiratda  erishishga  ishongan  holda  dunyo  orzu-havaslariga  ortiqcha  berilmay,
turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
2

I  kk
   inchidan
 
 ,   muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar
jamoasini  shu  ta’limot  doirasida  saqlashga  harakat  qilgan  va  hozirda  ham  shunday.  Bu  ijtimoiy
hodisa  dinning  birlashtiruvchilik  -  integratorlik  vazifasi  deb  ataladi.  Din  hamisha  muayyan
ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini
ta’minlash  maqsadida  din  xalqlarning  ijtimoiy  hayotiga,  axloqiy  munosabatlariga,  shuningdek
adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni
bir  millat  va  yagona  maslak  egalari  ekanliklari,  yagona  xudo -  YAhvening  eng  sevimli  bandalari
ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda  ham  e’tiqod  qiluvchilarni  bu  dinga  yanada  ko’proq  jalb  etish  uchun  diniy
memoriy,  tasviriy,  musiqa  san’ati  turlaridan  unumli  foydalaniladi.   Xristianlikda  maxsus  ikona
chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan
 
 ,    har  bir  din  o’z  qavmlari  turmushini  tartibga  solib,  nazorat  qiluvchilik  -
regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari
tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarda
ado  etilishi,  Ramazon  oyida  bir  oy  ro’za  tutilishi,  ro’za  (‘iyd  al-fitr)  va  qurbon  (‘iyd  al-adho)
hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To
   ’  rtinchidan
 
 ,    din  aloqa  bog’lashlik,  birlashtiruvchilik  -  integratorlik  vazifasini  ham
bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda
bo’lishini  ta’minlashga  intiladi.  Bunda  u  yoki  bu  dinga  e’tiqod  qiluvchi  kishilarning  o’z  dinidagi
boshqa  kishilar  bilan  aloqador  ekanligi,  o’zaro  huquq  va  burchlarining  borligi,  urf-odat  va
ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
B
  e  shinchidan
 
 ,    dinning  integratorlik  vazifasi  bilan  legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik
vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sosiolog
T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud
bo’la  olmaydi.  Buning  uchun  u  qonun  darajasiga  ko’tarilgan  axloq  normalarini  ishlab  chiqishi
kerak.  Din  bunday  normalarni  qonunlashtiribgina  qolmay,  ularga  bo’lgan  munosabatni  ham
belgilaydi».
O
   ltinchidan
 
 ,    din  vazifalarining  falsafiy,  nazariy  jihatlari  ham  mavjud.  Bu  vazifa  insonga
yashashdan  maqsad,  hayot  mazmunini,  dorulfano  va  dorulbaqo  dunyo  masalalariga  o’z
munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz
yashaganmi,  degan  savolga  turli  fikrlar  bildirilgan.  Bu  -  dinning  tarixiyligi  masalasi  bo’lib,  unga
ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir
muddat  insoniyat  dinsiz  yashagan  va  jamiyatning  muayyan  bosqichida  -  yuqori  paleolit  davrida,
bundan  20-40  ming  yil  avval  din  paydo  bo’lgan»,  deyilgan.  Ikkinchisi,  «dinning  kelib  chiqishi
insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib
chiqishi  muammosini  hal  qilish  mumkin  bo’ladi.  E.Taylor  kabi  evolyusion  yo’nalishdagi
pozitivistlarning  chiqargan  xulosasiga  ko’ra,  dinning  ildizini  «faylasuflik  qilgan  yovvoyi  odam»ga
taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan
hodisalarning  haqiqati  haqida  savol  bergan.  Unda  fikrlash  yuqori  darajada  bo’lmagan.  Shundan
so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan».
3

Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni
uchratganda  din  paydo  bo’ldi».  Bunda  din  yomon  niyatli  kishilarning  o’ylab  topgan  narsasi  bo’lib
chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik  qilgan  yovvoyi  odam  konsepsiyasi  bo’yicha  «ibtidoiy  odam  yolg’iz  holdagi
chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik
hayotida  kerak  emas  edi.  Shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  ibtidoiy  odamning  fikr  yuritishi  uning
kundalik  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lgan.  Bu  faoliyatning  tabiati,  shart-sharoitlari
birgina  odamga  tegishli  bo’lib  qolmay,  barchaga  barobar,  ijtimoiy  gruppa,  qabila,  urug’, xalqqa
tegishli edi».
Dinning kelib chiqishi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan», degan fikr
ham  tanqidga  uchragan.  Boshqa  fikrga  ko’ra,  «din  -  bu  jamiyatdagi  kishilarning  baravariga  o’z-
o’zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga
kelish mumkin», deydilar.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo
u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish - bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni
insoniyatdan,  insoniyatni  dindan  ajratib  bo’lmasligini  tarixning  o’zi  isbotladi.  «Kommunistik
jamiyatda  din  yo’q  bo’lib  ketadi»  deyilgan  fikrning  aksicha  kommunizm  xayoliy  narsayu,  din
doimiy  ekanligi  amalda  isbotlandi.  Demak,  din  insoniyat  bilan  birga  dunyoga  kelgan.    muqaddas
tushunchalar borki, ular Vatan va xalqman, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog`liqdir.
Agarki har qaysi ijodkor o`z asarlarida ana shu o`lmas g`oyalarni bosh maqsad qilib qo`ysa, ularni
badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom
ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o`zining ijtimoiy vazifasini to`liq ado etishga erishgan
bo`ladi.
1.2    
 
 Dinlar   tarixini   o’rganishda   Sharq   allomalarining   yondashuvlari.
 
      Dinni  kelib
chiqishini  o’rganish,   uni  falsafiy   jihatdan  tahlil   qilish  juda   qadimgi   davrlardan   boshlangan.
Xususan,   xalqimiz   e’tiqod   qilgan   dinlardan   biri  zardushtiylik  haqidagi   dastlabki   falsafiy
mushohadalar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda boshlangan. Shunday holatni boshqa din shakllari
tarqalgan qadimgi Yunonistonda ham kuzatish mumkin.
Sharqda  din  kelib  chiqishi  to’g’risidagi  qarashlarning,   din  falsafasining   rivojlanishi   islom
paydo   bo’lgan   davrdan   keyin,   ya’ni   VIII-IX   asrlarda   kalom-falsafasining   shakllanishi   bilan
bog’liqdir.   Dinlar   falsafasi,   din   kelib   chiqishi   haqida   mushohada   yuritish   Sharqda   ancha   oldin
boshlangan bo’lsada, ammo  ilmiy-falsafiy   o’rganish, ilmiy tadqiq  qilish asosan XVIII asrning
ikkinchi yarmi va XIX asrda jiddiy tus oldi.
Dinshunoslik  fanining  falsafasi shundaki, u dinning paydo bo’lishi va rivojlanish  tarixini,
uning ta’limoti, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganishda falsafiy ta’limotga suyanadi. Zero, bu
fan  jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy  hodisalarni-mafkura
va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjid va| diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini falsafiy
tahlil qilishni  ko’zda tutadi.
Islom   dinida   ilohiyot   falsafasining   shakllanishi   davriga   qadar   xilma-xil   ilohiyot   oqimlari
vujudga kelgan. Masalan,  jabboriylar, qadariylar, mu’taziliylar, musji’iylar va boshqalar vujudga
kelib, ularning har biri ilohiyot masalalarini o’ziga xos talqin qilgan. Ortodoksal ilohiyot oqimi
kalom (keyinchalik islom falsafasi) deb nom olgan. Bundan tashqari islomdagi barcha yo’nalishlar
va mazhablarda ham ilohiyotchilik ta’limotlari mavjud.
Islom dunyosida falsafiy, shu jumladan ilohiyot falsafasining vujudga kelishi VIII-asrning
ikkinchi yarmida mu’taziliylar va mutakallimlar faoliyati bilan bog’liqdir. Mu’taziliylar g’oyalariga
4

e’tirozli   fikrlarni  ash’ariylar  (ularni  mutakallimlar   ham  deyiladi)   ilgari   suradilar.  Abu Mansur
Moturidiy  (870-944)  Abul-Hasan al-Ash’ariylar  (874-935) kalom   ilmining   taraqqiyotiga  ulkan
xissa qo’shganlar. Bu oqimning yirik vakillari:  al-Baqilloniy  (1027 y.v.),  Ibn Furaq  (1015 y.v.),
Abu Ishaq al-Isfara’iniy (1085 y.v.), ash-Shaxrstoniy (1135) va Faxriddin ar-Roziydir.
Bu   oqim   tarafdorlari   tabiatda   sabab   va   oqibat   kategoriyasi   mavjudligini   tan   olmaydilar.
Borlikdagi barcha narsa va mavjudotlarning yaratilishi va rivojlanishini Xudo ijodi va karomati
bilan   bog’laydilar.   Ash’ariylar   aqlni   diniy   an’anachilikdan   (naqldan)   ustun   qo’yadi   va
musulmonlarning hayotini boshqaruvchisi shariat deb hisoblaydilar.
Tasavvuf va tasavvuf falsafasi O’rta va Yaqin Sharq, Turkiston, Xuroson, va boshqa islom
tarqalgan  mamlakatlarda diniy-falsafiy tafakkurning o’ziga xos yo’nalishi sifatida shakllandi va
keng   quloch   yozdi.   Individual   va   ijtimoiy   ongda   shakllangan   tasavvufiy   g’oyalar   islom   dini
ta’limoti va talablarini kishilarda mustahkamlanib o’ziga xos ahamiyati bo’ldi.
Islom   dunyosida   buyuk   tasavvufchilar   va   ularning   qarashlari.   Buyuk   tasavvufchilardan
Ibrohim Ibn Adqam, Abu Yazid Bistomiy, Mansur al-Xalloj, Abu Bakr ibn Muso al-Vasitiy al-
Farxoniy,   as-Sulomiy,   Yusuf   Hamadoniy,   Axdoad   Yassaviy,   Najmiddin   Kubro,   Jaloliddin
Rumiylar  o’rta   asrlarda   Turkiston,   Xuroson   va   Eronda   etishib   chiqib   tasavvuf   madaniyatini
rivojlantirishga munosib hissa qo’shganlar.
Bundan   tashqari   bu   davrda   boshqa   mamlakatlarda   xususan   arablardan   etishib   chiqqan
mutasavviflar  Zunnun Misriy, Hasan al-Basriy, Ibn al-Farid, Ibn al-Arabiy  va boshqalar ham
tasavvuf rivojiga o’z salmoqli hissalarini qo’shdilar.
Tasavvuf ta’limotida borliq, bilish muommosi, axloqiy kategoriyalar kabi inson hayoti bilan
bog’liq ko’pgina narsalarga munosabat bildirgan.
Bu ta’limot bo’yicha bilishdan maqsad bu ilohiy mohiyatni, ilohiy haqiqatni bilishdir. Ya’ni
bilish (ma’rifat) ilohiy kuchning uning barcha artibutlari (xossalari, xususiyatlari) bilan bilishdan
iborat.
Islom falsafasi shakllangandan so’ng o’rta asr musulmon madaniyati, ma’naviy hayotga oid
masalalarni bemalol mushohada qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu Markaziy Osiyo halqlari milliy-
diniy mafkurasining shakllanishiga kuchli ta’sir etdi. Yana bu falsafada imon butunligi, e’tiqod
sobitligi uchun kurash jarayonida diniy bag’rikenglik, sabr-toqatlilik va hurfikrlilik mayllariga ham
yo’l ochildi.  Shuning uchun bu davrda turli din vakillari  o’rtasida  muhim masalalar  yuzasidan
muhokama va munozara qilish imkoniyati vujudga keldi.
Islom falsafasidagi g’oyaviy bagrikenglik tufayli, uning mazmunida dunyoviy-ratsionalistik
va insonparvarlik mayllari kuchayiib, umumbashariy ahamiyat kasb eta boshladi. XII asrga kelib
musulmon madaniyati va islomning xuquqiy sistemasi-Shariat (Marg’inoniy va boshqalar) ishlab
chiqildi.
Kalom  falsafasiniig   yirik   yo’nalishi   vakillaridan   biri   -mo’’taziliylardir.   Ular   Damashq   va
Bag’dod xalifaligi hayotida VIII-IX asrlarda muhim o’rin tutganlar. Al-Hasan al-Basriy (vafoti 728
yil) davrasidan shogirdlari Vosil ibn Ato (vafoti 748 yil) va Amr ibn Ubay (vafoti 761 yil) ajralib,
alohida bo’lib chiqadilar va «mo’’tazila» (ajralganlar) nomini oladilar. Ular al-adliyyun, al-adliyya,
axl al-adl; axd al-adl vat-tavhid kabi nomlar bilan ham atalganlar. Bu nomlar ular tayangan besh
asosning dastlabki ikkitasi bilan bog’langandir. Mo’’taziliy  Abul Huzayl al-Allof  (849 yil vafot
etgan) davriga kelib tugal yoyilib bo’lgan bu besh asos quyidagilar: 1) «Adolat» (al-adl) ilohiy
adolat insonning iroda erkinligini taqozo etadi. Alloh faqat yaxshilik (al-aslah) ijodkori bo’lib, u
umr davomida belgilab qo’ygan narsalar tartibining buzilishiga yo’l qo’ymaydi. 2) «Yakkaxudolik»
(at-tavhid) Allohning yagonaligini e’tirof etish, ko’pxudolik (politeizm) va xudoni odam qiyofasida
tasavvur   qilish   (antropomorfizm)ni   inkor   qilish.   3)   «Va’da   va   taxdid»   (al-va’d   val-vaid)-
5

mo’’taziliylar bilan birga xorijiylar ham e’tirof etgan bu qoidaga ko’ra Xudo mo’minlarga jannat,
kofirlarga   do’zax   va’da   qilgan   bo’lsa,   o’z   va’dasida   turishi   lozim,   ya’ni   Payg’ambar   (s.a.v.)
shafoatlariyu, Allohning Rahmon, Rahimligi ham yordam bermasligi kerak. Chunki inson xatti-
harakati   uchun  to’liq   javob   berishi  lozim.  4)  «Oraliq   holat»   (al-manzila  baynal  -  manzilatayn)
-gunoh kabira qilgan musulmon mo’minlar katoridan chiqariladi (murji’lar fikriga qarshi), lekin
kofir bo’lib qolmaydi  (xorijiylar  fikriga  ko’ra), balki  oraliq hayotda bo’ladi.  Bu qoida birinchi
mo’’taziliylarniig Hasan al-Basriy davrasidan ajralib chiqishiga sabab bo’lgan edi. Hasan al-Basriy
unday musulmonlarni munofiq deb hisoblagan. 5) «Yaxshilikka da’vat va yomonlikdan qaytarish»
(al-amr bil-ma’ruf van-nahy anil-munkar) - barcha vositalar bilan (zo’rlik qilib bo’lsa xam) bu
hukm bajarilishi lozim.
Abbosiylar xalifaligi davrida al-Mamun (813-833) va uning izdoshi al-Mutasim (833-842) va
al-Vosiq (842-847) mu’taziliychilik asosiy davlat dini bo’lib turdi. Bu din vakillari har tomonlama
qo’llab-quvvatlanib   katga   davlat   tizimida   turli   rahbarlik   lavozimlari   ham   berildi.   Qur’onning
yaratilganligini inkor etuvchi ilohiyotchilarga salbiy munosabatda bo’lindi. Mu’taziliylar aqidalarini
qabul qilmagan ilohiyotchilar al-Mamunning 827 yildagi "mixna" nomli farmoyishga asosan chora
ko’rildi. Mo’’taziliylarning qazo va qadar masalasidagi fikrlari qadariylarnikiga yaqinligi uchun
ularni qadariylar deb ham atashadi, lekin ularning o’zlari buni inkor etadilar. Allohning zoti va sifati
haqida jahriylarning fikrlari bilan yaqin bo’lganligi uchun ularni bir-biridan ajratmaydilar.
Sharq aristotelizmining asoschisi al-Kindiy (800-879)ning falsafiy qarashlari mo’’tazshshylar
ta’limotiga juda yaqin edi, Shuning uchun halifa Mutavakkil (847-861) yillar boshqargan davrida u
ham ta’qib ostiga olingan. Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh bo’lib, u azaliy va tanho,
lekin   tabiatdagi   barcha   narsalar   materiyadan   tashkil   topgan,   materiya   eoa   olov,   suv,   havo   va
tuprokdan   iborat.   Kindiy   materiya,   shakl,   fazo,   vaqt   va   xarakatdan   iborat   besh   substantsiya
kontseptsiyasini ilgari surgan. U birinchi bo’lib, aklning to’rt xil (aqliy, imkoniy, erishilgan va
namoyon bo’ladigan tarzda) ko’rinishi haqida fikrlar majmuasini ishlab chiqqan.
Mo’’taziliylar  hokimiyat  masalasida  xalifa  bo’lish lozimligini  uqtirdilar.  Ilk mo’’taziliylar
xalifa   kurayshlik   bo’lishi   shart   emas,   deb   hisoblaganlar,   lekin   keyingi   davrlardagi   ayrim
mo’’taziliylar esa qurayshlik loyik odam bo’lsa boshqa kishi xalifa bo’lishi mumkin emas, deb
hisoblaganlar.  Ularning fikricha,  imom  ilohiy  ko’rsatma  bo’yicha  hokimiyat  tepasiga kelmaydi,
balki u ijtimoiy, etnik chiqiyidan qat’iy nazar, musulmon jamoasidan saylanishi lozim. Xorijiylarga
o’xshab ular adolatni imom uchun eng zaruriy sifat, deb hisoblaydilar va o’zlarining beshinchi
aqidalariga   ko’ra,   adolatsiz   imomni   hatto   kuch   bilan   lavozimidan   chetlatish   lozimligini
ta’kidlaydilar.
Falsafiy tafakkurning shakllanishida va Markaziy Osiyo xalkdari milliy-diniy mafkurasining
qaror topishida Marg’inoniyning “Al-Hidoya” faqat o’rta asrlarda yoki hozirgi kunlardagina emas,
balki   u   shariat   qomusi,   qonun   chiqarish   asosi   bo’lishidan   tashqari   har   qanday   ta’lim   va   tahsil
sohasida asosiy manba’ bo’lib xizmat qilmoqda.
Islom  nafaqat diniy ta’limot,  balki dunyoqarash sifatida  keng tarqala  borishi bilan, uning
nazariy, falsafiy, huquqiy tamoyillarini ishlab chiqishga e’tibor kuchaya boshladi. Natijada IX-X
asrlarga kelib Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari. Ya’ni diniy ilmlar shakllana boshladi.
Masalan, Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turadigan hadislar, ya’ni Muhammad payg’ambarning
nasihatlari, so’zlari, rivoyatlarni to’plashga qaratilgan maxsus yo’nalish-hadisshunoslik rivojlandi.
Bu   jarayonda   qadimiy   an’analarga   boy   bo’lgan   Markaziy   Osiyoda   yetishib   chiqqan   allomalar
Imom Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy, Naqshband, Kubro va boshqalar katta xissa qo’shganlar.
Islom falsafasi, xususan islomiy qadriyatlarni targ’ib va tashviq qilish natijasida kishilarda
imonli   insonlar   jamoasi   shakllanib   insof,   diyonat,   vijdon,xalol-poklik,   insonparvarlik,
6

kambag’alparvarlik, hayri-ehsonli bo’lish kabi axloqiy fazilatlar mustahkamlanib bordi. Zero, islom
ilohiyoti nuqtai nazaridan imon va e’tiqod (ixlos) bir "o’lchov tarozusi"ni, bundan inson o’z xatti-
harakatlarini o’zi qabul qilgan dunyoqarash negizida baholaydi, ya’ni Alloh yo’lidan tashqariga
chiqmaslik uning tafakkur va turmush tarziga aylanadi.
Dinshunoslik, ayniqsa,  dinlar  falsafasi, hurfikrlilik  g’oyalari  bilan  ham  uzviy bog’liqlikda
rivojlangan. Dastlabki hurfikrlilik g’oyalari Markaziy Osiyoda - deizm, panteizm, mo’tazililar, bu
o’lkada yashagan, ijod qilgan ulug’ mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning
ijtimoiy-falsafiy qarashlarida,  Ibn Rushdning  «Ikki haqiqat»  ta’limotida olg’a surilgan edi. XVII
asrda Boburning nabirasi Shoh Akbar, so’ngra XVIII asrda frantsuz faylasuflarining dinga, diniy
tashkilotlarga   munosabati   XIX   asrda  ilmiy   dinshunoslik  xususida   yangi   oqim,   yo’nalish   va
nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan.
Shunday   qilib,   islom   ta’limoti   tarixida   amalga   oshirilgan   nazariy   va   amaliy   ishlar
Movarounnahr, Xuroson va Eronda, umuman O’rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari diniy-falsafiy
tafakkurida birinchidan, ilmiy-falsafiy, madaniy ahamiyatga ega bo’ldi; ikkinchidan, ular qoldirgan
ilmiy-madaniy   meros  dinshunoslik  va  dinlar   falsafasi  fanlarining   shakllanishiga   zamin   bo’lib
xizmat qildi.
Islomning   paydo   bo’lishi   va   uning   ta’limotini   ilmiy   nuqtai   nazardan   o’rganish,   umuman
islomshunoslik masalasi XX asrning 30-yillarga kelib sobiq sovet tuzumida jiddiy ravishda o’rtaga
qo’yildi. Uzbekiston olimlari esa islom tarixi va islomshunoslik bo’yicha 50-60-yillardan boshlab
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Akademik  I.Mo’minov  rahbarligida tadqiqotchi olimlardan
A.Ortiqov,   M.Usmonov,   S.Azimov,   O.Suxareva  va   boshqalar   ilmiy   ishlar   olib   bordilar.   70-80-
yillarga   kelganda   islom   va   uning   ta’limoti,   islomshunoslik   sohasida   akademik  M.Xayrullaev,
N.Ibragimov, olimlardan J.Bozorboev, I.Jabborov, Ibrohim Karimov, A.Ochildiev, T.Toshlonov,
I.Xo’jamurodov, I.Xudoyberdiev, O.Bozorov, A.Abdusamedov va boshqalar dinlar tarixi ta’limoti
va dinshunoslik faniga munosib hissalarini qo’shdilar.
Olimlarning   bu   sohadagi   izlanishlari   natijasida   XIX   asrning   oxiri   XX   asrning   boshlarida
dinshunoslikda qator nisbatan mustaqil fan tarmoqpari: dinlar falsafasi, din tarixi, din psixologiyasi
va   din   sotsiologiyasi   vujudga   keldi.   Ular   dinning   o’ziga   xos   tomonlarini   tadqiq   qilish   bilan
shug’ullanlar . Bu fanlar to’plagan nazariy va amaliy ma’lumotlar dinshunoslik va dinlar falsafasi
uchun ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillik sharofati bilan islom, uning ta’limotini o’rganish, islomshunoslik va dinshunoslik
sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr ichida
Qur’oni   karimning   o’zbek   tiliga   uchta   tarjimasi   taqdim   qilindi   va   ko’plab   yangi-yangi   asarlar,
to’plamlar, maqolalar chop etilmoqda.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling