Masala. Qanday 4 ta har XIL sonlarni ko‘paytirganda 40 sonini hosil qilish mumkin?
Download 0.52 Mb.
|
2-3 sinf masalalar 1
Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish , Iqtisodiyot asoslari (M.Mahkamova, I.Masteyeva, N.Yuldasheva) (1), 1-мавзу семинар топшириғи., resources, texnolog yangi, 7-mavzu (3), 11-mavzu (2), 17-mavzu (2), 16-mavzu (2), 18-mavzu (1), 10-mavzu (1), Baza mustaqil ish , gʻulomov-asilbek-6-labaratoriya, Eshmamatova Dilnoza
3-sinf Masala. Qanday 4 ta har xil sonlarni ko‘paytirganda 40 sonini hosil qilish mumkin? Izoh: Bu ko‘paytmani topish uchun 40 sonining bo‘luvchilarini bilish lozim. 40 sonining bo‘luvchilari 1,2,4,5,8,10,20 va 40 sonlari. Ko‘paytuvchilarga 8,10,20,40 sonlarini olib bo‘lmaydi. Chunki bu sonlarni bitta songa ko‘paytirganda ko‘paytma 40 ga teng bo‘ladi. Shuning uchun ko‘paytmaga kichik sonlar olinadi. 40 sonini quyidagi 4 ta son ko‘paytmasi ko’rinishida yozish mumkin: 40=1*2*4*5 Boshqa holda yozib bo‘lmasligini o’quvchilarga tushuntiriladi. Masala: to‘qqizta jo‘janing oyoqlari soni to‘rtta otning oyoqlari sonidan nechtaga kam? Izoh: Masalani yechish uchun o‘quvchilar jo‘jada va otda nechta oyoq borligini bilishi kerak. Jo‘jada 2 tadan, otda esa 4 tadan oyoq borligini o‘quvchilarga tushuntirib o‘tish lozim. Masala yechimi quyidagicha bo‘ladi: 9 ta jo‘ja x 2=18 ta oyoq, 4 ta ot x 4=16 ta oyoq. Farqi 18-16=2 ta ortiq. 2-masala: 24 m arqon uch joyidan teng qirqilsa har bir bo‘lakning uzunligi necha metr bo‘ladi? Izoh: O‘quvchilar bu masala yechimini oddiygina 24:3=8 m. dan deb yechib qo‘yishlari mumkin. Lekin masala shartiga ko‘ra arqon uch joyidan qirqilsa u to‘rt bo‘lakga bo‘linishini o‘quvchilarga tushuntirib o‘tiladi. Masala yechimini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 24:4= 6m har bir bo‘lak 6m dan 3-masala: 60,50,40,30,20,10 sonlar orasida ( +) va (-) ishoralarini shunday qo‘yish kerakki, natija 70 chiqsin. Izoh: Masalani yechish uchun o‘quvchilarga 60+10, 50+20, 40+30 yig‘indilarning qiymati 70 ga tengligini tushuntirib o‘tish kerak. Ikki son yig‘indisidan boshqa sonlar yig‘indi va ayirmasi 0 ga teng ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. 1-holat: 60+10=70 ni olamiz. Sonlar orasidagi ishoralarni quyidagicha qo‘yb chiqamiz: 60+50-40-30+20+10=70 Uchburchakning perimetri 20sm. Uchburchakning bir tomoni 1dm dan 12mm kalta, ikkinchi tomoni 2smdan 24mm uzun. Uchburchakning teng yonli ekanini isbotlang. Bu uchburchak teng tomonli bo’ladimi? CDE uchburchakning yuzi ABDC to’g’ri to’rtburchakning yuzidan 2marta kichik ekanligini isbotlang. Ushbu ko’paytmada birinchi ko’paytuvchilarning o’rinlari almashinib ketgan. Ikkinchi ko’paytuvchilar bir xil son bo’lib, ular niqob ostida yashiringan. Birinchi ko’paytuvchilar o’z o’rinlariga qo’yib yashiringan ko’paytuvchini toping. Ikkita ko’paytma berilgan 3 * 4 * 5 va 2 * 3 * 4 * 5 * 6 * 7 * 8 Ikkinchi ko’paytma birinchi ko’paytmadan necha marta katta? Do’konda 6ta 15, 16, 18, 19, 20 va 31 metrli idishlar bor edi. Bir kishi 2ta, ikkinchi kishi3ta idish sotib oldi. Olingan ikkita idishning sig’imi olingan 3ta idishning sig’imidan 2 marta kam. Do’konda qanday sig’imli idish qoldi? 12ta gugurt cho’pidan qutidagicha tenglik hosil qilindi. 1 dona gugurt cho’pining o’rnini o’zgartirib to’g’ri tenglik hosil qiling. Quyidagi rim raqamlarida yozilgan sonlarni arab yozuvidagi sonlar bilan moslang. Yangi yil sovg’alari uchun apelsin sotib olindi. Agar har bir sovg’aga 3 donadan apelsin solinsa, 1dona ortib qoladi, agar 4 donadan solinsa bitta sovg’aga 2dona yetmaydi. Nechta apelsin sotib olingan va nechta sovg’a tayyorlash kerak? Bolaning nechta opa-singlisi bo’lsa shuncha akasi bor, uning opasining esa singillari aka-ukalaridan 2marta kam. Oilada nechta o’g’il va nechta qiz bor? Velosipedchi bir biriga qarab yo’lga chiqdi. Birinchisi A qishloqdan 20km/s tezlik bilan, ikkinchi B qishloqdan 15km/s tezlik bilan harakatlangan bo’lsa, ular uchrashgan vaqtda qaysi velasipedchi A qishloqqa yaqin bo’ladi? 2-sinf Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling