Masala savolini o’zgartirish


Download 37 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi37 Kb.
#142946
Bog'liq
Maqola 2017. 2


Masala savolini o’zgartirish.

Maktabda o’qitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga , uni o’rab turgan muhitning o’zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o’rganilayotgan nazariy qoidalarni qo’llanish, kuzatilayotgan hodisalarni har-xil sonli bog’lanishlarni o’rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar yechish bola tafakkurini rivojlanishga katta yordam beradi.

Ma’lumki masala quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:


  1. Masala sharti- unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasida o’zaro bog’lanish ko’rsatilgan bo’ladi.

  2. Masala savoli- bunda bir yoki bir nechta kattaliklar qiymatlarini topish taklif qilinadi.

Demak, shart va savol masalani asosiy elementlaridan biridir. Biz “Masala shartini o’zgartirish” nomli uslubiy maqolamizda.( Farg’ona ziyosi 2016-yil 1-soni) masala shartini o’zgartirish orqali “yangi” masalalar tuzish usullarini bayon qilgan edi. Ushbu maqolamizda masala savolini o’zgartirish yordamida ham “yangi” masalalar hosil qilish usulini yoritamiz. Bu usulni mohiyatini quyidagi masalani yechish jarayonida tushuntirib o’taylik:

Masala: Mashina saroyida 56 ta avtomashina, ulardan 26 ta kam traktor va traktorlardan 3 marta kam kombayn bor. Mashina saroyida hammasi bo’lib nechta traktor va kombayn bor?

Yechish: 1) Nechta trktor bor? 56-26=30 ta

2) Nechta kombayn bor? 30:3=10 ta

3) Traktor va kombaynlar soni qancha? 30+10=40 ta

Jami: 40 ta

Masala: Savolini o’zgartiramiz.

Mashina saroyida hammasi bo’lib nechta avtomashina va traktor bor?

Yechish: 1) Nechta traktor bor. 56-26=30 ta

2) Hammasi bo’lib nechta avtomashina va traktor bor? 56+30=86

Javob: 86 ta

Masala: Mashina saroyida hammasi bo’lib nechta avtomashina va kombayn bor?

Yechish: 1) Nechta traktor bor? 56-26=30 ta

2) Nechta kombayn bor? 30:3=10 ta

3) Hammasi bo’lib nechta avtomashina va kombayn bor? 56+10=66 ta

Javob: 66 ta

Ushbu usulni boshlang’ich sinf o’quvchilariga birinchi sinfdan boshlaboq o’rgatish yaxshi samara beradi.

Boshlang’ich sinfda dastlab bir amal bilan yechiladigan masalalar o’rganiladi. Ularning matematik modelini quyidagicha ifodalash mumkin.



  1. “ta” ortiq munosabati uchun: a+b

  2. “ta” kam munosabati uchun: a-b

Bir amal bilan yechiladigan masalalarni savolini qanday o’zgartirish usulini quyida masalalarda ko’rib chiqamiz.

8-masala (79-bet)

Olmali yashik 10 kg, nokli yashik esa undan 3 kg yengil. Nokli yashikning og’irligi qancha?

Yechish: 10-3=7 kg

Masala savolini o’zgartiramiz:

Masala: Olmali yashik 10 kg, nokli yashik esa undan 3 kg yengil. Ikkala yashikning og’irligi qancha?

Yechish: 1) Nokli yashik necha kg? 10-3=7 kg

2) Ikkala yashik necha kg? 10+7=17 kg

10-masala (79-bet)

Bir likopchada 8 ta, ikkinchi likopchada birinchisidan 2 ta ortiq anor bor. Ikkinchi likopchada nechta anor bor?

Yechish: 8+2=10 ta

Javob: 10 ta

Masala savolini o’zagrtiramiz.

Masala: Ikkala likopchada nechta anor bor?

Yechish: 1) Ikkinchi likopchada nechta anor bor? 8+2=10 ta

2) Ikkala likopchada nechta anor bor? 8+10=18 ta

Jami: 18 ta

6-masala 80-bet

Bir bidonda 10 l, ikkinchisida undan 3 l kam paxta yog’i bor. Ikkinchi bidonda necha litr yog’ bor?

Yechish : 1) ikkinchi bidonda necha litr yog’ bor? 10-3=7 l

2) ikkala bidonda necha litr yog’ bor? 10+7=17 l

5-masala 97-bet

Bolalar maktab archasini bezatish uchun 7 ta qizil undan 3 ta ko’p ko’k o’yinchoq osildi. Archaga nechta ko’k o’yinchoq osildi?

Yechish: 7+3=10 ta

Masala savolini o’zgartiramiz

Bolalar maktab archasini bezatish uchun 7 ta qizil undan 3 ta ko’p ko’k o’yinchoq osildi. Archaga nechta ko’k o’yinchoq osildi? Archaga hammasi bo’lib nechta o’yinchoqlar osilgan.



  1. Ko’k o’yinchoqlar nechta? 7+3=10 ta

  2. Hamma o’yinchoqlar nechta? 7+10=17

Yuqoridagi masalalardan ko’rinadiki bir amal bilan yechiladigan masalalarni savolini o’zgartirish orqali ikki amal bilan yechiladigan masalalarni keltirish mumkin.

Yuqoridagi usul orqali birinchi sinfdagi 1-amal bilan yechiladigan masalalardan savolini o’zgartirish yordamida “yangi” masalalar hosil qilish mumkin ekan.

Birinchi sinfda ikki amal bilan ham yechiladigan masalalar bor. Ulardan ham yangi masalalar hosil qilish mumkin.

Yuqoridagi usul yordamida o’quvchilarni ikki amal bilan yechiladigan masalalarga tayyorlab boriladi. Bu esa o’quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.


Asimov A. Far DU dotsenti.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling