Masala va mashqlar


Download 194.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1384632
Bog'liq
Topshiriq



Masala va mashqlar 
1-Masala 
Aytaylik, mamlakatning real YaMM 2019-yil 3,5 mlrd. dollar, 2020-yili esa 4,5 mlrd. dollarni 
tashkil etdi. Aholisi esa shu davr ichida 2 mln. kishidan 2,3 mln.kishiga ko‘paydi. 
a) YaIMni o‘sish sur’ati; 
b) YaIMni aholi jon boshiga o‘sish sur’atini hisoblang; 
YaIM hajmi, o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga o‘sish sur’atiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish 
mumkin? Fikringizni izohlang.
2- Masala 
YaIM 2019-yili 18 mlrd. dollarni 2020-yili esa 25 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shu davrda narxlar 
25% o‘sgan. Nominal va real YaIM o‘sish sur’atini hisoblang. Iqtisodiy o‘sishga qanday omillar ta’sir 
qiladi? 
3- Masala 
O‘zbekistonda 2020-yili yaratilgan YaIM hajmi joriy baholarda 77790,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 
Bu 2019-yilga ishlab chiqarilgan YaIMdan 15959,4 mlrd. so‘mga ko‘p. Aholi esa 29,5 mln. kishiga yetdi. 
2019-yili esa 29,1 mln. kishi edi. Narx o‘rtacha 7,6% ga ortdi desak, nominal va real YaIM o‘sish sur’ati, 
YaIMning aholi jon boshiga qanday o‘zgarganini hisoblang. 
Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayapti? 
Izohlang. 
 
 
4-masala 
Quyidagilar berilgan: 
Кo‘rsatkichlar 
mlrd. so‘m 
1. Foizlar
2. Yalpi xususiy investitsiyalar
3. Ish haqi va maosh 
4. Кorporatsiya foydasi 
5. Biznesga egri soliqlar 
6. Renta to‘lovlari 
7. Кorporatsiya foydasiga soliq
8. Tovar va xizmatlar sof eksporti
9. Tovar va xizmatlarning davlat xaridlari
10. Sof xususiy investitsiyalar
11. Mulkdan daromadlar
12. Davlat korxonalariga sof subsidiyalar
13. Aholiga transfert to‘lovlari
14. Aholi iste’mol xarajatlari
12 
55 
218 
113 
22 
20 
50 

90 
45 
21 

23 
280 
Ular asosida:
a) YaIMni daromad va xarajatlar bo‘yicha hisoblang; 
b) sof milliy mahsulot hajmini hisoblang; 
d) milliy daromad hajmini hisoblang. YaIMni hisoblashning qanday usullari bor? YaMM YaIMdan 
nimasi bilan farq qiladi? Izohlang. 

Download 194.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling