Masalalarni yechish va dasturlarni ishlab chiqish, dastur tushunchasi, masalani tayyorlash va yechish bosqichlari, masalani qo’yilishi, hisoblash jarayonining algoritmlashtirish, dastur tuzish


Download 33.36 Kb.
bet1/3
Sana12.05.2022
Hajmi33.36 Kb.
#667565
  1   2   3
Bog'liq
5a
Ko\'p o\'z. fun-si 2-Ma\'ruza, Каррали Инт-1, a24b7ec4aba0533a370a276a83ded3e6, Rivojiddin shaxsiy ish rejasi lotin, IES da suv tayyorlash va yoqilg\'i ishchi, Dars jadval Masumov, Uslubiy kursatma amaliyot, Ishchi dastur-yuqori xarorat 2021, 10-tajriba mashguloti, 15-amaliy ish, 4-маъруза, funktsionalnye-napitki-s-ispolzovaniem-nastoev-lekarstvennyh-rasteniy, 3-ma\'ruza, Axborot-resurs-markazlarida-axborotlashtirish, Ozgarmas-tok-generatorlari.Qisqa-tutashgan-va-faza-rotorli-dvigatellar.

5-MAVZU: KOMPYUTERDA MASALALARNI YECHISH BOSQICHLARI.


Ishdan maqsad: Masalalarni yechish va dasturlarni ishlab chiqish, dastur tushunchasi, masalani tayyorlash va yechish bosqichlari, masalani qo’yilishi, hisoblash jarayonining algoritmlashtirish, dastur tuzish vazifalarini o’rgatish.


Nazariy qism
EHMda biror masalani yechishdan avval dasturni tayyorlashda quyidagi bosqichlardan o`tish zarur:

  1. Masalani matematik ifodalash.

  2. Masalani yechimini algoritmini ishlab chiqish

A) Masalani yechish uchun hisoblash usulini tanlash
B) Algoritm sxemasini ishlab chiqish

  1. Biror bir algoritmik tilda dasturni tuzish

EHMda masalani yechish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

  1. Dasturni sozlash va uni yechishga tayyorlash

  2. Masalani biror EHMda yechish

  3. Yechim natijalarini muhokama qilish.

Agar masala yechimi ma`lum ilmiy-texnik yoki iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lsa, u holda oxirgi bosqich quyidagicha bo`ladi:


Davlat reestrida masala yechimini qayd qilish va uni ko`paytirish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlash.


Konkret masalalarni yechishda ushbu keltirilgan bosqichlardan ba`zi birlari tushirib qoldirilishi mumkin, chunki bu bosqichlar aslida shartli bo`lib, ularning mazmun va mohiyati masalaning harakteriga bog`liqdir.
Masalani matematik ifodalash bosqichida masalani shartlari matematik ifodalanadi, formulalar aniqlanadi va ularni yechish yo`llari belgilanadi.
EHMda masala yechimini algoritmini tuzish va dasturlash uchun masalaning matematik bayoni matematik simvollar ko`rinishidan masala yechimining arifmetik va mantiqiy amallar ketma-ketligidan iborat bo`lgan protsedurasiga aylantirilishi kerak, yoki boshqacha aytganda masala yechimini usuli tanlanishi kerak.
Oddiy matematik usullar yordamida hisoblash formulalari bilan masala yechimini aniq qiymatini hosil qilib bo`lmaydigan masalalar yig`indisi matematik analizning qariyb hamma masalalariga xosdir.
Hisoblash matematikasi sohasiga tegishli bo`lgan sanoq usullari deb ataluvchi usullar orqali bunday masalalar arifmetik masalalar ko`rinishiga keltiriladi va yechiladi.
Sanoq usullari asosan taqribiy bo`lib, ular keng qamrovli masalalarni yechishga moslashgan va masala yechimimi kerakli yuqori aniqlik darajasini ta`minlay oladi.
Injenerlik amaliyotida yoki iqtisodiy hisoblarda uchraydigan amaliy har qanday matematik masala uchun sanoq usulidagi yechimi ishlab chiqilgan. EHMda masala yechish uchun u yoki bu sanoq usulini tanlash bir tomondan masalaga qo’yiladigan talablar bilan (yechim aniqligi, natijani olish tezligi, dasturni tayyorlashga sarflanadigan harajatlar), ikkinchi tomondan EHM va dastur tomonidan sanoq usuliga masalani mashinada yechish uchun qo’yiladigan talablar bilan belgilanadi.
Kompyuterlar uchun mo`ljallangan dasturlardan buxgalterning, agronom, statistikachi, konstruktor va boshqa mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil etish mumkin. Shuning uchun kompyuterdan samarali foylanish uchun u bilan ishlayotgan dasturning belgi va xossalarini bilish zarur. dasturlarning uchta turi mavjud.

Download 33.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling