Masalan, 8-chizmada keltirilgan elementar yacheyka markazidagi tugun


Download 127.34 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi127.34 Kb.
#638000
Bog'liq
14.15.16
Kompyuterni tashkil etish №1, Boģcha, 31304932740048-Loan-20211130101221008, молия мустақил иш, 17.18.19, referat kk, referat med tex, Документ Microsoft Word (3), Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi, Бизнес Режалаштириш Амалий Назорат Иши, Маъруза-9, IMG 20220301 123345 702, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (2), 1 Axborat texnalogiyasi Zayniddin

-o’qi bo’yicha musbat va manfiy yo’nalishlarni bildiradi (1.7- chizma). Ekvivalent yo’nalishlar oilasi siniq qavs bilan belgilanadi XOY yoqning diagonali [110] bilan belgilanadi. |111| - kubning fazoviy diagonali. Kubik singoniyada agar h=u, k=v, l=w bo’lsa, [uvw] yo’nalish (hk1) tekislikka perpendikulyar bo’ladi.
Elementar katakdagi tugun koordinatalari holatini aniklash uchun ham belgilash qabul qilingan. Tugunlar translyatsion vektorlarning qancha qismini tashkil etsa, o’sha sonlar bilan belgilanadi.
Masalan, 1.8-chizmada keltirilgan elementar yacheyka markazidagi tugun
koordinatasi ni tashkil qiladi.
Ushbu sonlar qavssiz yoziladi.
Аgar tugunlar yon yekdor markazlarida bo’lsa, (yoqiy markazlashgan elementar katak) ularning koordinatalari quyidagicha yoziladi . Kristall tuzilishlar tavsifi keltirilgan jadvallarda oldin odatda, elementar katak turi
va o’lchamlari beriladi, keyin tugunlar koordinatalari keltiriladi.

1.5.Kristall atomlarining va molekulalarining bog’lanish turlari

Kristall panjarasi kristallarni farqlashi, kristalning geometrik tuzilishi to’g’risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Lekin ushbu bilim kristaldagi atom yoki molekulalarni kristall panjarasi tugunlarida tutib turuvchi kuchlarning tabiati haqida maʼlumot bera olmaydi. Shuning


uchun kristallarni ularni tashkil qiluvchi atomlar yoki molekulalar orasidagi taʼsir kuchlariga qarab ajratish va o’rganish maqsadga muvofik buladi. 1.1-chizmada atomlar molekulalarining boglanishiga ko’ra besh turdagi bog’lanishlar mavjud ekanligi ko’rsatilgan. Bular molekulyar, vodorod, kovalent (atom), ion va metall bog’lanishlardir.
1.5.1.Atom bog’lanishli (kovalent, gomeoqutbiy) kristallar
Аtom boglanishli kristallar tugunlarida biror moddaning atomlari joylashgan bo’ladi. Аtom bog’lanish ikki qo’shni atomlar orasida umumiy valent elektronlari bo’lishi bilan tushuntiriladi. Gaz holatdagi H2, N2 O2 molekulalaridagi atomlar ham kovalent ravishda bog’langandir. Bog’lanish hosil qilishda har bir atomdan bittadan elektron ishtirok etadi. Bu elektronlar bir atomdan ikkinchisiga o’tishi ham mumkin, shuning uchun bunday bog’lanish kuchlarini almashish kuchlari, bog’lanish energiyasini esa almashish energiyasi deb ataladi. Аtom bog’lanishga kremniy kristali misol bo’la oladi (1.9-chizma). U olmossimon kristall panjarasiga ega bo’lib har bir atom atrofida 4 ta yaqin qo’shnisi bor. Ushbu atomlar tetraedr ko’rinishidagi fazoviy panjara hosil qilib markazda kremniy atomi joylashgan bo’ladi. Qo’shni ikki atom orasidagi boglanishni hosil qilishda har bir atomdan bitta, ikki atomdan ikkita elektron qatnashadi. Kovalent bog’larning muhim belgilaridan biri ularning to’yingan bog’lanish ekanligidir, yaʼni ularda har bir bog’da ikkitadan elektronlar qatnashadi. Ikkinchi belgisi shundan iboratki, kovalent bog’lanishlar qo’shni atomlar oraligi bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. Buni boglanishning yo’naltirilganligi yoki anizotropiyasi deb ataladi. Kovalent boglanish har xil atomlar orasida ham hosil bo’lishi mumkin (masalan, SiC kremniy karbidi, AlN alyuminiy nitridi va boshqalarda). Ko’p hollarda elementlar jadvalining II, III, IV, V guruh elementlari kovalent bog’ hosil qiladilar.
1.5.2 Ion (geterotqutbiy) boglanishli kristallar
Bunday kristallarning panjarasi tugunlarida ionlar joylashgan bo’ladi. Turli ishorali ionlar orasidagi masofa bir xil ishorali ionlar orasidagi masofadan kichik bo’ladi, shuning uchun turli ishorali ionlar orasidagi tortishish kuchi bir xil ishorali ionlar orasidagi itarish kuchidan kattadir. Lekin tortishish kuchlari ma’lum bir r0 masofagacha taʼsir qiladi. Аgar ionlar orasidagi masofa r0 dan kichkina bo’lsa ular orasida itarish kuchi paydo bo’ladi. Kristaldagi qo’shni atomlar orasidagi tortishish va itarish kuchlari kvant mexanikasi orqali tushuntiriladi. Baʼzi masalalarni yechsihdagina biz ion bog’lanishli kristallardagi uzaro taʼsir kuchlarini elektrostatik Kulon kuchlari deb olishimiz mumkin. Ion kristallari ko’p hollarda elementlar davriy sistemasi I-chi va VII guruh elementlari birikishidan hosil bo’ladi. Ion kristallning har bir ioni atrofida muayyan K sondagi boshqa ionlar joylashali. Ushbu ionlar sonini koordinatsion son — K deb ataladi. Koordinatsion sonning qiymati panjarlardagi ionlarning radiuslari nisbati bilan aniqanadi. Ushbu sonni qanday aniqlash 1.4- jadvalda keltirilgan.
Bu yerda ionlarning radiuslar nisbati.

M isol tariqasida osh tuzi (NaCl) kristali tuzilishini ko’rib chiqamiz.
Na atomining effektiv radiusi
xlor atominiki esa


demak


Yuqoridagi jadvaldan ushbu kristal uchun koordinatsion son K=6 ekanligini aniqlaymiz. Bu kristaldagi har bir ionni atrofida 6 ta ion o’rab turishini anglatadi. ( 1.10-chizma).
Darhaqiqat, osh tuzi kristali sodda kubik tuzilishga egadir. Kristal tuzilish ko’p jihatdan kristaldagi ionlarning effektiv radiuslari nisbatiga bog’iq. NaCl kristalida xlor ioni radiusi natriy ioni radiusidan deyarli ikki barobar katta shuning uchun ularning o’rtasida yana bir ioni joy-----
Download 127.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling