Mashg’ulot: 7 mavzu


Download 19.75 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi19.75 Kb.
#108232

MASHG’ULOT: 7

MAVZU:FARMASEVTIKA KORXONALARIDA FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH TIZIMINI TASHKIL QILISH.

1. Faoliyat xavfsizligini boshqarish?

2. Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish?

3.Xavfsizlikni ta’minlash himoya vositalari?

1. HFXni boshqarish deganda ko‘zda tutilgan natijalarga erishish "inson-muhit" tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz.

HFXni boshqarish - bu obyektni ongli ravishda xavfli holatdan, xavfsiz holatga o‘tkazishdir. Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

2. "Inson-muhit", "inson-ishlab chiqarish” va boshqa tizimlar murakkab ko‘p tenglamali va qismli tashkil qiluvchilardir. Xavflar identifikatsiyasini ijobiy yechishda bu tizimlarni tahlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozitsiya qilish) muhimdir.

Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma’noda xavf va uning xavfli turkumlarini ifodalaydi. Shuning uchun faoliyatni loyihalashda ma’qul bo‘lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan holda uni yetarli darajada detallashtirish (elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muhimdir (1-jadval). Xavfsizlik sharoitlarini loyihalash juda qiyin jarayon bo‘lib, insondan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi.



Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish



Harakat tartibi

Harakat natijalari

1

Loyihalanayotgan yoki ma’qul ob’ektni tashkil qiluvchi (element)larga ajratish

Aniqlashtirilgan:

  1. Mehnat sharoitlari

  2. Mehnat vositalari, mashina, inshoot, binolar

  3. Mehnat ozuqalari, yarim tayyir maxsulotlar

  4. Energiya (elektrik, pnevmatik)

  5. Texnomantiqiy jarayonlar, operatsiyalar, harakatlar

  6. Tabiiy-iqlimiy omillar

  7. O‘simlik, hayvonlar

  8. Hizmatchilar

  9. Ish joylar,sexlar, bo‘limlar

2

Yaratilgan har bir elementlar uchun xavflar identifikasiyasini tuzish

Xavflar ro‘yxati

3

”Sabab va xavflar daraxt” larini qurish

Xavflar sababi

4

Xavflarni son va sifat jihatidan baholash, ularni xavf-xatarning ruxsat etilgan qiymat va darajasi bilan taqqoslash

Himoyalanish mumkin bo‘lgan xavflar va sabablar ro‘yxati

5

Maqsadni aniqlash

Erishilgan zarur bo‘gan mehnat sharoitining sonli o‘lchamlarini aniqlash

6

Obyektlarni xavfsiz ko‘rsatkichlari bo‘yicha kompleks baholash

Qabul qilingan integral yoki balli ko‘satkichlar

7

Mumkin bo‘lgan xavfsizlik prinsip, usul va vositalari tahlili

Prinsip, usul va alternetivalarini to‘plash

8

Har bir alternativ bo‘yicha talofot va yutuqlarning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish

Ma’qul bo‘lgan variantni tanlash

9

Ma’qul bo‘lgan prinsip, usul va vositalarni tahlil qilish

Aniq usul, prinsip va vositalarni tanlash

10

Hisoblar samaradorligini baholash

Aniq yechim (tadbir)lar texnik, ijtimoiy va iqtisodiy samara ko‘rsatkichlar

3. Xavfsizlikni ta’minlash o‘z ichiga murakkab jarayonni oladi va uni elementar tashkil etuvchilarga, ya’ni dastlabki holatlar, g‘oyalar, prinsiplar deb ataluvchilarga bo‘lish mumkin. Prinsip so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, boshlanish, g‘oya, asos demakdir. Ishlab chiqarishning turi, texnomantiqiy jarayonlarning afzalliklari, qo‘llaniladigan jihozlarning har xilligi bularning hammasi xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarining ko‘p xilligiga shartlanadi.

Prinsiplar muhim uslubiy ahamiyatga egadir.

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha to‘laqonli profilaktik ish ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha ishlarida, ishlab chiqarish obyektlarini qayta qurish va foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik prinsiplarini hisobga olish bilan amalga oshiriladi.

TEST

1.A

2.A

3.A

4.A

5.A

Mashg’ulot: 8

Mavzu: Farmatsevtika korxonalarida sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o’rganish, hisobga olish tartibi.

1. Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari.

Avvalo shuni aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart (“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining22- moddasi). Ish beruvchi dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan shaxslarning ishlashiga ruhsat bergani, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalarga zid holda ishga qo‘ygani uchun javob beradi. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda xodimning ishga yaroqliligi masalasi har bir alohida shaxsiy tarzda, tananing funkional holati, patomantiqiy jarayon xarakteri va qanday ifodalangani, yoshi, kasb tayyorgarligi, ish staji va mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hal qilinadi. Kasbga yaroqlilik, salomatligiga qarab vaqtincha yoki doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi xulosa ish beruvchi tomonidan bajarilishi zarur.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlansa, xodimlar tashxis va kasallikning kasbga aloqadorligini oydinlashtirish maqsadida maxsus tekshiruvga tegishli tibbiyot korxonalariga, jumladan sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tibbiyot oliy o‘quv klinikalariga yuboriladilar.

Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik varaqasi berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug‘i bilan kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish, va hisobga olish tartibi haqida Yo‘riqnoma ham tasdiqlangan. Mazkur yo‘riqnoma barcha davolash profilaktika korxonalari uchun zaruriy va asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

– kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstantsiyalarga zudlik bilan xabar qilish;

– kasb kasalliklari xodisalarining maxsus tekshiruvini o‘tkazish;

– zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta’sirini bartaraf etish va ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish;

– O‘zbekiston Respublikasi kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish usullarini amaliyotga joriy etish;

– aholi salomatligi haqidagi ma’lumotlarning umumiy tizimida ayrim xastaliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Xulosa, Mazkur yo‘riqnoma xodimlar va aholi orasida kasb kasalliklarini tekshirish, qayd qilish va hisobga olishning umumiy tartiini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart

2. Kasb kasalliklarida beriladigan imtiyozlar.

Kasb kasalligiga tashxis qo‘yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida, mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat qobiliyatini tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda ushbu ro‘yxat asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ro‘yhatga noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokneozlar, tebranish kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta’sir ko‘rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili-kasb omili ta’sir ko‘rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi shunday o‘zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana ta’siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifi, etimantiqiy omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat staji, muayyan ishlab chiqarish sohasidagi aniq mehnat sanitariya-gigiena sharoitlari hisobga olinishi zarur. Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik varaqasi berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi.



3.Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko’rsatish.

O‘zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

– kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstantsiyalarga zudlik bilan xabar qilish;

– kasb kasalliklari xodisalarining maxsus tekshiruvini o‘tkazish;

– zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta’sirini bartaraf etish va ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish;

– O‘zbekiston Respublikasi kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish usullarini amaliyotga joriy etish;



– aholi salomatligi haqidagi ma’lumotlarning umumiy tizimida ayrim xastaliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.

TEST

  1. A

  2. A

  3. B

  4. B

Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling