Mashg’ulot turi Ajratilgan soat


-modul. Yordamchi maktabda matematika o‘qitish uslubiyatining umumiy masalalari


Download 5.51 Mb.
bet8/39
Sana19.09.2023
Hajmi5.51 Mb.
#1681592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
50267 матем. мажмуа 2019 4.09й.....

2-modul. Yordamchi maktabda matematika o‘qitish uslubiyatining umumiy masalalari






Tayanch iboralar: korreksiya, korreksion-tarbiyaviy ish, natural sonlar, asosiy miqdorlar, miqdorlar va ular o‘lchovlarini o‘rganish, ko‘p xonali sonlar, oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya, fanlararo bog‘lanish

Yordamchi maktabda o‘quvchilar bilan o‘quv – tarbiyaviy ishning hamma sistemasida aqli zaif o‘quvchilarni amaliy mehnat faoliyatiga tayyorlashni mukamallashtirishga, bolalarni o‘zini tutish madaniyatiga odatlantirishga, ijtimoiy xayotda foydali bo‘lishni bilishga, mehnatga tarbiyalashga yo‘naltiriladi.


Yordamchi maktab o‘quvchilariga o‘qitiladigan fanlar ichida matematika alohida ahamiyatga ega. U yordamchi maktab o‘quvchilarini umumiy foydali mehnatda ishtirok etishga tayyorlash va aqliy rivojlanishidagi kamchiliklarini korreksiyalash (tuzatish) uchun muhim ahamiyatga ega fanlarga kiradi.
Bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda matematikadan bilimlar berish juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, maydonni o‘lchash, biron – bir mahsulot uchun kerak bo‘lgan materialni oldindan hisob-kitob qilish, xarid qilishda hisobni bilish, vaqtni belgilab olish va shunga o‘xshash barcha bilim va malakalarni o‘quvchilar matematika darslarida o‘rganishlar kerak.
Yordamchi maktabning asosiy vazifasi – aqli zaif o‘quvchilarning aqliy jihatdan yetilishidagi kamchiliklarini bartaraf qilish, ularni ijtimoiy hayotda va qo‘llaridan keladigan ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir.
Aqli zaif o‘quvchilarning kelgusi kasblari, kundalik turmushlari uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va malakalarni o‘rgatish hamda bu bilim va malakalarini butun hayotlari davomida qo‘llay olishlarini shakllantirish matematika o‘qitishning bosh umum-ta’limiy vazifasidir.
Yordamchi maktab o‘quvchilariga matematika o‘qitish vazifalarini aniqlashda ana shu asosiy vazifalarga asoslanish lozim. Boshqa har qanday o‘quv fani kabi matematika kursi ham ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak.
Yordamchi maktabda o‘qish davomida o‘quvchilar quyidagi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak:
1.Natural sonlar va nol; natural sonlar qatori va uning asosiy xususiyati haqida tushuncha; oddiy va o‘nli kasrlar haqida tushuncha.
2.Asosiy miqdorlar (kesma uzunligi, baho, narsalarning massalari, figuralarning yuzi, jismlarning sig‘imi va hajmi, vaqt), miqdorlarning o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar haqida tasavvurlar.
3.Miqdorlar va ular o‘lchovlarini o‘rganishning ahamiyati, vaqt o‘lchovi va undan amaliy foydalana olish;
4.Oddiy o‘lchash malakalari, o‘lchash asboblaridan (chizg‘ich, tarozi, soat va boshqalar) foydalana bilish;
5.Ko‘p xonali sonlar va kasrlar ustida to‘rtta asosiy arifmetik amalni bajara bilish.
6.Sodda va murakkab (3-4 amalli) arifmetik masalalarni yecha olish.
7.Geometrik figuralarni farqlay olish, ularning xususiyatlarini bilish, bu figuralarni chizmachilik asboblari yordamida chiza olish.
Yordamchi maktabda matematika o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal qilish ko‘p jihatdan aqli zaif o‘quvchilarning bu kursni o‘rganishga tayyorgarlik darajasiga, aqli zaif bolalar bog‘chalarining tayyorlov guruhlari dasturida va yordamchi maktablarning birinchi sinflarida tayyorlov davri dasturida nazarda tutilgan rivojlantiruvchi va o‘rgatuvchi xarakterdagi masalalarni hal qilish darajasiga bog‘liq va ko‘p jihatdan shular bilan aniqlanadi.
Yordamchi maktab o‘quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilish uchun bo‘lajak o‘qituvchi aqli zaif o‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan matematika o‘qitish uslubiyatini chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.

Maxsus matematika o‘qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Yordamchi maktabda matematika o‘qitish uslubiyati boshqa fanlar va eng avvalo boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish uslubiyatiga bog‘liq. Bu uslubiyat tomonidan belgilangan qonuniyatlar aqli zaif o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olagan holda yordamchi maktabda matematika o‘qitish uslubiyati tomonidan ham ishlatiladi.


Maxsus matematika o‘qitish uslubiyati aqli zaif bolalar tarbiyashunosligi (oligofrenopedagogika) va umumiy ruhshunoslik fanlari (psixologiya) bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu fanlarning qonuniyatlariga tayanadi. Aqli zaif bolalarni tarbiyalash tarbiyashunosligi bilan umumiy tarbiyashunoslikning maqsadlari bir. Shu bilan bir qatorda aqli zaif bolalar tarbiyashunosligi umumiy tarbiyashunoslikning bo‘limi bo‘lmasdan, balki o‘zicha mustaqil fandir.
Maxsus matematika o‘qitish uslubiyati aqli zaif bola ruhshunosligi, tarbiyashunoslik ruhshunosligi va yosh ruhshunosligi bilan bog‘liq ta’lim va tarbiyaning ko‘pgina masalalarni hal qilishda yordamchi maktab o‘qituvchisi bu fanlarga oid ko‘pgina bilimlardan foydalanishi kerak. Aqli zaif bolalar, ruhshunosligi (oligofrenopsixologiya) ta’lim ta’sirida kishi ma’naviy qiyofasining shakllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi aqli zaif bolalarning ruhshunoslik xususiyatlarini, shuningdek aqli zaif bolalarning bilim, o‘quv va malakalarni o‘zlashtirishlarining ruhshunoslik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklarining rivojlanishini, aqli zaif o‘quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu fan yordamchi maktabda o‘quv-tarbiya ishini tashkil qilishda katta ahamiyatga ega.
Matematika o‘qitish uslubiyatining ta’limning boshqa uslubiyatlari bilan bog‘liqligi
Yordamchi maktab sharoitida matematika o‘qitishning umum-ta’limiy, korreksion-tarbiyaviy va amaliy vazifalari matematika ta’limining boshqa fanlar, ayniqsa mehnat ta’limi bilan chambarchas bog‘lab olib borilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Fanlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Aqli zaif o‘quvchilar turli o‘quv fanlaridan egallagan bilimlar orasidagi o‘zaro aloqani mustaqil aniqlay olmaydilar. Har bir o‘quv fani o‘qituvchi-sining, shu bilan birga matematika o‘qituvchisining vazifasi, turli o‘quv fanlariga oid darslardan egallangan bilimlar boshqa o‘quv faniga oid bilimlarni to‘ldirishi, boyitishi va keng qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsa-tishdir.
Matematika darslarida o‘quvchilarning tabiatshunoslik, jo‘g‘rofiya, tarix, rasm, chizmachilik, mehnat, jismoniy tarbiya va boshqa fanlardan olgan bilimlaridan foydalanishi shart.
Bu fanlarga oid ma’lumotlar arifmetik masala va misollar tuzish uchun material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, tarixiy voqealar haqida bilim berish, Vatanimiz va boshqa mamlakatlar chegaralarining uzunligi, mamlakatlar egallagan maydonlarning yuzlari, daryolarning uzunligi, tog‘larning balandligi, dengiz, ko‘llarning uzunligi va chuqurligi matematika darslarida arifmetik masala va misollar tuzishda, sonlarni taqqoslash va tahlil qilishda juda qiziqarli material bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan, matematik bilim boshqa darslarda keng qo‘llanilishi lozim.
Masalan, qo‘l mehnati darsida o‘quvchilar matematika darslari uchun qog‘ozdan gul solib kesadilar, plastilindan didaktik materiallar yasaydilar. Bundan tashqari, geometrik shakllarni (kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylanalar) qalamda aylantirib chiqadilar va qirqadilar, ularni farqlash va nomini aytishni o‘rganadilar. Matematika darslarida o‘quvchilar narsalarning quyidagi belgilari: uzun-qisqa, keng-tor, yo‘g‘on-ingichka va boshqalar bilan tanishadilar. Qo‘l mehnati darsida esa turli buyumlar tayyorlashda, masalan, o‘yinchoqlarni yasashda o‘quvchilar ularni mustahkamlaydilar.
Matematika darslari kabi qo‘l mehnati darslarida ham o‘quvchilarning fazoni aniqlashi rivojlanadi. O‘quvchilar qog‘ozning o‘rtasini, yuqori – quyi, o‘ng va chap tomonlarini ko‘rsatishni o‘rganadilar.
Jo‘g‘rofiya darslarida ayrim mavzularni o‘rganishda, masalan, masshtablarni hisoblash, maktab uchastkasining rejasini, o‘z turar joyining sodda rejasini tuzishda o‘quvchilarning matematika va chizmachilikda olgan bilimlari keng qo‘llanilishi mumkin. Chunki masshtab haqidagi tushuncha faqat o‘lchash malakalarining mustahkam asosidagina to‘g‘ri shakllanadi.
Tarix darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning vaqt tasavvurlarini aniqlaydi va kengaytiradi hamda tarixiy hodisalar orasida o‘tgan vaqtni hisoblashga oid masalalarni yechishda ularning bu ko‘nikmalaridan foydalanadi.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar miqdor ustida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar (masalan, uzunlik, massa kabi). Bu yerda miqdorlar, ayniqsa yugurishda, u yoki bu masofaga suzishda, balandlikka yoki uzunlikka sakrashda, o‘zining aniq ifodasini topadi.
Matematika ta’limi bilan ona tilining bog‘liqligi o‘ziga xosdir. Matematika darsida o‘qituvchi, o‘quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantirish, ularning matematik lug‘atlarini boyitish masalasini yechadi. Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, aniq, ravon matematik nutq matematika tushunchalarini o‘zlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Matematika o‘qituvchisi o‘quvchilarni faqat masala va misollarni to‘g‘ri yechishga emas, balki savodli yozishga, gaplarni to‘g‘ri tuzishga ham o‘rgatadi.
Ona tili darslarida sonlar va boshqa matematik atamalarni va ifodalarni yozishni mustahkamlash shart.
Matematika o‘quv mavzusi ham, matematika ta’limini mehnat ta’limi bilan bog‘lash masalasini yechadi. Matematika darslarida olingan bilimlar o‘quv ustaxonalarida, maktab tajriba maydonlarida, shu bilan birga o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotni o‘taydigan sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlatilishi va mustahkamlanishi lozim.
Tarbiyashunoslik va ruxshunoslik tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif o‘quvchilar bilimlarni egallagan taqdirlarida ham bu bilimlaridan mehnat va turmush masalalarini yechishda foydalana olmaydilar.
Matematik ta’lim jarayonini shunday tuzish kerakki, unda mehnat darslarida egallangan bilimlar hamda o‘quvchilarning mehnat tajribasidan matematika darslarida foydalanilsin, o‘quvchilarning bu fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi orttirilsin, matematik bilimlarning hayotiy zarurligi namoyish etilsin.
Matematika dasturida ko‘zda tutilgan bilim, o‘quv va amaliy malakalar (o‘lchash, hisoblash) faoliyatning har qanday turida, har qanday kasbda keng qo‘llaniladi. Biroq matematika va mehnat o‘qituvchilari bu bilimlarni qo‘llashga o‘quvchilarni o‘rgatishsagina va ularni amaliy-hayotiy masalalarga kiritsalargina, o‘quvchi bu bilimlarni mehnat darslarida qo‘llashi mumkin.
Faqat matematika va mehnat o‘qituvchilarining birgalikdagi harakatlari matematika va mehnat ta’limini o‘zaro boyitishi mumkin.

Nazorat savollari



  1. Yordamchi maktab o‘quvchilariga matematikani o‘qitishda qanday umumiy va maxsus vazifalar hal etiladi? Ularni misollar bilan to‘ldiring.

  2. Yordamchi maktab o‘quvchilariga matematikani o‘qitish mazmunini yoriting

  3. Matematika o‘qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini yoritib bering?

  4. Matematika o‘qitishning boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘liqligini aytib bering?

  5. Matematika dasturi va mehnat ta’limi dasturini qiyosiy tahlil eting.

  6. Fanlararo aloqani amalga oshirish mumkinligini ko‘rsating.






Download 5.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling