Mashinasozlikda aniqlik. Maqsad: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi
Download 0.63 Mb.
|
машинасозликда аниклик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinasozlikda aniqlik
- Yig’uv birlikmalarining aniqligi
7-mavzu. MASHINASOZLIKDA ANIQLIK. MAQSAD: mashinasozlikda aniqlik tushunchasi, aniqlikka erishish usullari. aniqlikni tekshirisli va baholash usullari, aniqlikka ta'sir ko'rsaluvchi asosiy omillar, ularning kelib chiqish sabablari va xatoliklarni bartaraf etish usullarini o’rganish, yig'indi va uni tashkil etuvchi xatoliklarni aniqlash va hisoblash bo'yicha nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllanlirish. Mashinasozlikda aniqlik atamasi ostida ishlab chiqariadigan buyumlarni ular uchun oldindan tayinlangan parametrlarga mos kelish darajasi tushuniladi. Detalning aniqligi deganda uning o’lchamlarini chizma talablariga mos kelishi tushuniladi hamda quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi: O’lchamlarining aniqligi; Yuzalari shaklining aniqligi; Yuzalarning bir-biriga nisbatan joylashuv aniqligi; Yuzаlarning g’adir-budirligi; Yuzaning to’lqinsimonligi; Yuza qatlamining fizik-mexanik xususiyatlari. Yig’uv birlikmalarining aniqligi deganda ,uyumning parametrlarining qiymatini GOST 23887-79da keltirilgan konstruktorlik hujjatlarga mosligi tushuniladi. Mahsulotning sifati uning elementlariga ishlov berilish aniqligiga koʻp jihatdan bogʻliq. Aniqlik detallarning va yigʻma birliklarning geometrik koʻrsatkichlari hisoblanadi. Mashina va mexanizmlarni loyihalashda kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari xam bajariladi. Aniqlik - bu xar qanday mashina va asbobning asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tugʻiladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil boʻlgan detalning aniqligi bir qator omillarga bogʻliq boʻladi va quyidagilar bilan ifodalanadi: a) Detalning yoki uning alohida konstruktiv elementlarining toʻgʻri geometrik shakldan ogʻishi; b) Detalning haqiqiy oʻlchamlarini uning nominal oʻlchamlaridan ogʻishi; v) Detalning yuzalarini, oʻqlarini oʻzaro aniq joylashishdan ogʻishi (masalan: oʻzaro paralellikdan ogʻish, oʻzaro perpendikulyarlikdan ogʻish va shu kabilar). Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bogʻliq boʻladi. Detalning aniqligi qancha yuqori boʻlsa, uning tannarxi ham shuncha yuqori boʻladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling