Mashinasozlikning asosini mashinalarni loyixalash va ishlab chiqarish tashkil etadi. Mashinalar o`z navbatida jamiyat turmush farovonligini ko`rsatadi


Download 59.11 Kb.
bet1/6
Sana16.09.2023
Hajmi59.11 Kb.
#1679608
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1K63 D=800 hisobot



Kirish.
Mashinasozlikning asosini mashinalarni loyixalash va ishlab chiqarish tashkil etadi. Mashinalar o`z navbatida jamiyat turmush farovonligini ko`rsatadi. Ular ish unumdorligini, mehnat samaradorligini va mahsulot sifatini oshiradilar. Mustaqillikning boshlang’ich davridayoq, mamlakatimizda mashinasozlikni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi. Ko`plab qo`shma korxonalari mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi. Mashinalarga yuqori aniqlik va tezlik, issiqlikka chidamlilik, kichik vazn va xajm, mustahkamlik va ishonchlilik kabi yuqori talablar qo`yilgan. Bunday talablarni oshib borishi mashinasozlar oldiga murakkab konstruktorlik va texnologik savollarni qisqa vaqt ichida yechish masalasini qo`ymoqda.
Xar bir mamlakatning shu jumladan bizning mustaqil O`zbekistonimizning iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy ravnaqi barcha xo`jalik ishlar darajasining ko`tarilishi orqali belgilanadi. Bu ayniqsa xalq xo`jaligining yetakchi tarmoqlaridan bo`lmish mashinasozlikka taaluqlidir. Shuning uchun mashinasozlik rivojlanishiga umumiy ishlab chiqarishni rivojlanishiga nisbatan ortiqroq e’tibor beriladi.
Mustaqil O`zbekiston Respublikamiz mashinasozligi oldida yaqin yillarda mo`ljallagan ulkan va ma’suliyatli vazifalar turibdi. Bular jumladan xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida yuqori darajasida ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan energiya va metalni iqtisod qilish texnologiyalarini keng qo`llash, mashinasozlik mahsulotlarini texnik darajasini va sifatini oshirish, zararli va og’ir qo`l mehnatini yengillashtiruvchi mashina va jixozlarni chiqarish, materiallarga ishlov berish dastgohlari sifatini yaxshilash. Jamiyatning moddiy tеxnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning tеxnik taraqqiyotini rivojlanishini bеlgilovchi soha mashinasozlikdir. U sanoatning turli tarmoqlarini yangi tеxnika, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlaydi. Shu sababli mashinasozlik ishlab chiqarishning barcha soxalarini rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatuvchi sanoatning muhim ko`rsatkichlaridan biridir.
Mashinasozlikning asosini mashinalarni loyixalash va ishlab chiqarish tashkil etadi. Mashinalar o`z navbatida jamiyat turmush farovonligini ko`rsatadi. Ular ish unumdorligini, mеhnat samaradorligini va mahsulot sifatini oshiradilar. Mustaqillikning boshlang`ich davridayoq, mamlakatimizda mashinasozlikni rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratildi. Ko`plab qo`shma korxonalari mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi. Mashinalarga yuqori aniqlik va tеzlik, issiqlikka chidamlilik, kichik vazn va xajm, mustahkamlik va ishonchlilik kabi yuqori talablar qo`yilgan. Bunday talablarni oshib borishi mashinasozlar oldiga murakkab konstruktorlik va tеxnologik savollarni qisqa vaqt ichida yеchish masalasini qo`ymoqda.
Tokarlik stanogi mashi nasozlikda asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha gʻarakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlikrevolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va koʻp shpindelli karusel (shpindeli tik joilashgan), koʻp keskichli va boshqa turlari bor.
Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur boʻyicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga xam boʻlinadi. Oddiy va universal Tokarlik stanogilar detallarni donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish.da, avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilar koʻplab koʻp seriyalab ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Tokarlik stanogining asosiy qismlari: qirindi va sovituvchi suyuqlik toʻplanadigan togʻorasimon tub; stanina, support va ketingi babka qoʻzgʻaluvchan) hamda ularni yoʻnaltirgich; shpindel va tezliklar kutisi joilashgan qoʻzalmas old babka; uzatmalar qutisi; fartuk; support; karetka; koʻndalang salazkalar; keskich oʻrnatiladigan burilma qism; elekr dvigatel. Karetka va koʻndalang salazkalar qoʻlda yoki avtomatik tarzda suriladi. Tokarlik stanogining elektr dvigateli bir yoki koʻp tezlikli asinxron dvigateldan iborat. Baʼzan, boshqa yuritmalar (mas., gidravlik yuritmalar) ham qoʻllanishi mumkin. Hozir yirik korxonalarda, asosan, dusturli avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilari ishlatiladi (qarang Karusel stanokRevolver stanok); 2) yogʻochga ishlov berish stanogi qam xuddi metallga ishlov berish stanogiga oʻxshaydi. Unda aylanma sirtli yogoch buyumlarga yoʻnib ishlov beriladi. Uning buyum markazga mahkamlanadigan va yon tomoniga mahkamlanadigan turlari bor.

Download 59.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling